BRYANSK haqida malumot bilib oling.
BRYANSK — RFdagi shahar, Bryansk viloyatining maʼmuriy markazi. Desna sohilida. T. y. tuguni. Aholisi 460,5 ming kishi (1997). Bryansk dastlab 1146-yilgi solnomada tilga olinadi. Bryansk yirik industrial va madaniy markaz. Bryanskda mashinasozlik, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjalygi mashinasozligi z-dlari va metallsozlik yetakchi oʻrinda. Qurilish materiallari (silikat gʻisht, temirbeton buyumlari z-dlari, gʻishtohak k-ti va b.), yengil (kamvol k-ti, kanoptola fkalari va b.), oziq-ovqat (un va goʻsht k-tlari, sut z-di va b.), kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Bryanskda 4 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, 2 muzey bor.
Ensiklopediya.uz
BRYANSK