BRETTONVUDS BITIMI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRETTONVUDS BITIMI haqida malumot bilib oling.

BRETTONVUDS BITIMI — 1944-y. 1—29-iyulda 44 mamlakat ishtirokida Bretton Vuds (AQSH)da oʻtkazilgan valyuta moliya konferensiyasida imzolangan bitim. Xalqaro valyuta fondы (XVF) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankini tuzish loyihalari toʻgʻrisidagi bu konferensiyada Xalqaro valyuta fondi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ustavlarining tarkibiy qismi boʻlgan «yakunlovchi hujjat» imzolandi. BV. b. ga kura, Xalqaro valyuta fondi aʼzolari boʻlgan mamlakatlar oʻz valyutalari kursini AQSH dollari yoki oltinda belgilashga oʻtdilar. Bu bitim asosida shakllangan BrettonVuds valyuta tizimi 70-y. lar boshiga qadar amalda boʻldi. 1971-y. dan Gʻarbiy Germaniya markasi va Gollandiya guldeni kurelarining erkin belgilanishi hamda AQSH dollarni rasmiy kurs buyicha oltinga almashtirishdan bosh tortishi natijasida bu tizim barham topdi (k,. Yamayka valyuta tizimi).

Ensiklopediya.uz
BRETTONVUDS BITIMI