BRAZZAVIL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRAZZAVIL haqida malumot bilib oling.

BRAZZAVILKongo Respublikasining poytaxti. Kongo daryosi quyi oqimining oʻng sohilida. Mamlakatning eng yirik port shahri. B. Kongoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 650 ming kishi (1997).

Brazzavilga 1880-y. fransuz sayyohi va mustamlakachisi Pyer Savornyan de Brazza asos solgan. Brazzavil 1910—58 y. larda Fransiya Ekvatorial Afrikasi federatsiyasi va Oʻrta Kongoning maʼmuriy markazi. 2-jahon urushi davrida general de Goll boshchiligidagi «Ozod Fransiya» harakatining asosiy tayanch punktlaridan biri boʻlgan. 1958— 60 y. lar Muxtor Kongo, 1960-y. dan Kongo Respublikasi poytaxti.

Brazzavil mamlakatning transport, asosiy savdo-sanoat va moliya markazi. Dare porti. T. y. va shosse orqali dengiz porti PuentNuar bilan bogʻlangan. Brazzavilda ip yigirish, toʻqimachilik, kimyo (plastmassa buyumlar, sunʼiy matolar, boʻyoq i. ch.), sigareta, gugurt fkalari, oziq-ovqat sanoati va b. korxonalar, xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan aeroport bor. Baliq quritiladi va dudlanadi. Kema tuzatish korxonalari ishlab turibdi. Hunarmandchilik (yogʻochdan turli buyumlar yasash, badiiy keramika) rivojlangan. Shahar yakinida GES qurilgan. Markaziy Afrika tadqiqot inti, Paster inti, unt, milliy muzey bor.

Ensiklopediya.uz
BRAZZAVIL