BOGʻLOV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOGʻLOV haqida malumot bilib oling.

BOGʻLOV — singan, chiqqan, lat yegan, tirnalgan, yorilgan, jarohatlangan aʼzolarni ifloslanish va b. taʼsirlardan saqlash, shuningdek gavdaning biror qismini qimirlamaydigan qilib qoʻyish va bosib turish uchun qoʻllaniladigan vosita. Bogʻlovlar qattiq va yumshoq hamda oddiy va murakkab boʻladi. Mahkamlovchi, bosuvchi, taxtakachlovchi (q. Immobilizatsiya), qotiruvchi (q. Gips bogʻlov) va shina B. lar bor. Mahkamlovchi Bogʻlovning plastirli, yelimli va bintli turi koʻp ishlatiladi. Bogʻlovlar boshoqsimon, sakkizsimon, spiralsimon va h. k. shakdda boʻladi. Ular jarohatni toza saqlash, yara seli va yiringni shimish, shikastlangan toʻqimaga shifobaxsh taʼsir koʻrsatish, infeksiyaga qarshi kurashish maqsadida ishlatiladi. Bogʻlov tayyorlashda turli bogʻlov materiallaridan foydalaniladi. Dokadan salfetka, bint va tamponlar tayyorlanadi. Yaraga bevosita bogʻlanadigan Bogʻlov materiallari sterillangan boʻlishi lozim q(. Antiseptika, Aseptika). Gigroskopik boʻlmagan paxtani isituvchi kompresslarda ishlatish, shina ostiga qoʻyish yoki gips B. da qoʻllash mumkin. Sterillangan va sterillanmagan Bogʻlov materiallari: salfetka, bint, paxta oʻrami, bogʻlov paketa va b. dorixonalarda sotiladi.

Ensiklopediya.uz
BOGʻLOV