Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlari bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish to’liq malumot oling
Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan
vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan bitimlar tuzishga;
mol-mulkni taqsimlashga;
vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga garovga yoki ijaraga berishga;
vasiylikdagi shaxsning turar joyini ayirboshlashga;
vasiylikdagi shaxs nomidan meros va (yoki) hadya olishdan voz kechishga haqli.
Agar vasiyning yoki homiyning harakatlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga qarashli mol-mulkning qiymati pasayishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, barcha hollarda, xususan:
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’vodan voz kechilganda;
sud muhokamasida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan kelishuv bitimini tuzishda;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs da’vogar bo‘lgan ijro ishini yuritish bo‘yicha qarzdor bilan kelishuv bitimini tuzishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsati talab etiladi.
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruxsati talab etiladi.
Prokuratura organlariga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Foydali Maslahatlar
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlari bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish