O‘rindoshlik asosida ishlashga doir cheklovlar to’liq malumot oling

O‘rindoshlik asosida ishlashga doir cheklovlar to’liq malumot oling

orindoshlik asosida ishlashga doir cheklovlar 1

18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda o‘rindoshlik asosida ishlashiga, agar o‘rindoshning asosiy ishi xuddi shunday sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lsa (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari mustasno) va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yilmaydi.

Agar o‘rindoshlik asosida ishlash xodimning, boshqa shaxslarning sog‘lig‘iga yoki ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligiga ziyon etkazishi mumkin bo‘lsa, ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda mehnat shart-sharoitlari hamda tartibining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, muayyan kasb, mutaxassislik va lavozimlarga nisbatan o‘rindoshlik asosida ishlashga cheklovlar belgilashi mumkin.

Foydali Maslahatlar
O‘rindoshlik asosida ishlashga doir cheklovlar