O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavallud topgan kun to’liq malumot oling
O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov 1941- yili Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Neko’z qishlog’ida dunyoga keldi. O’rta maktabni 1958- yili oltin medal bilan tugatgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetiga kirib, uni 1963- yili muvaffaqiyatli bitirdi. 1963- yildan boshlab turli nashriyotlarda muharrir, Yozuvchilar uyushmasida kotib, mualliflar huquqini himoya qilish uyushmasida rahbar vazifalarida xizmat qilib keldi. Hozirgi kunda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisidir. Abdulla Oripovning ijodi talabalik yillaridayoq boshlanib, uning birinchi she’rlar to’plami „Mitti yulduz» 1965- yili chop etilgan. Keyinchalik shoirning „Ko’zlarim yo’lingda» (1967), „Onajon» (1969), „Ruhim» (1971), ,,0’zbekiston», „Qasida» (1972), „Xotirot» (1974), „Yurtim shamoli» (1974), „Hayrat» (1979), „Hakim va ajal» (1980), „Najot qal’asi» (1980), „Yiilar armoni» (1983), „Saylanma» (1996) she’riy to’plamlari bosilib chiqqan. Mazkur to’plamlarga kirgan she’rlarni ko’zdan kechirar ekanmiz, ularda shoirning ijodi, badiiy mahorati yildan yilga o’sib, sayqallashib, kamol topganiga guvoh bo’lamiz. “Saylanma” to’plamidagi fikrlar tug’yoni, tug’yonlar ummoni bizni hayratga soladi. Ayniqsa, Istiqlol g’oyasi, el-yurt mustaqilligi, ona-Vatanini ozod va obod ko’rish istagi satrdan satiga sayqal topib, ajib bir porloqlik hosil qiladi. Shoirning 60- yillarda yozilgan „Men nechun sevaman O’zbekistonni», „0’zbekistonda kuz», „Kuz» kabi she’rlaridayoq Istiqlol nurlari jilva qilgandek boiadi.Abdulla Oripov dostonnavis va dramaturg sifatidaham ma’luqi va mashhurdir. Xususan, uning „Jannatga yo’l» dostoni va „Sohibqiron» (1996) she’riy dramasi shoirga katta shuhrat keltirgan asarlardir. Ayni paytda u O’zbekiston Respubllkasi Davlat madhiyasining muallifi hamdir.Abdulla Oripov iste’dodli taijimon sifatida Dantening „Ilohiy komediya» asarini o’zbek tiliga yuksak mahorat bilan o’girgan. A. Nekrasov, L. Ukrainka, Shevchenko, R. Hamzatov, Q. Quliyev asarlarini ham ona tiliga tarjima qilgan.O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotining sovrindori, Kaliforniya (AQSH) Fan, Ta’lim, Sanoat va San’at Xalqaro akademiyasining haqiqiy a’zosidir. Mustaqilligimizning yetti yilligida unga birinchilardan bo’lib, ,,0’zbekiston Qahramoni» unvoni berildi.

Biografiya
O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavallud topgan kun
Related Posts