Kim bo’lsam ekan mavzusida tadbir senariysi to’liq malumot oling
Kim bo’lsam ekan
Mundarija
скрыть
Ushbu tadbir orqali o’quvchilarni o’zlari sevgan kasb- hunarlariga muhabbat ruhida tarbiyalash , yaxshi insonlar bilan faxrlanish hissini uyg’otish , ularning qilgan ishlari , qoldirgan meroslarini o’rgatish , o’quvchilarni mehr – oqibatli , xushmuomala bo’lishiga va o’z maqsadiga erishish yo’lida tinimsiz izlanishga undash .
Dasturni 2 ta boshlovchi olib boradi .
Hamma :
Assalomu alaykum
Xush kelibsiz aziz mehmonlar ,
Baxt uchun kurashib , yongan insonlar
Poyqadamingiz muborak bo’lsin
Nur tomar chehrangiz ziyoga to’lsin
1 – boshlovchi : Xush kelibsizlar aziz ustozlar va mehmonlar ,
bugungi 5 – sinf o’quvchilarining “ Kim bo’lsam ekan «
mavzusida o’tkaziladigan tadbirga xush kelibsiz
2 – boshlovchi :
Ushbu tadbirimiz sizga xush kayfiyat taqdim etsa biz juda
xursand bo’lardik .
Hamma :
Men — g’unchaman bahor bo’lgim keladi
Men – shabnamman , nahor bo’lgim keladi
Men — zarraman – olam bo’lgim keladi
Men — bolaman , odam bo’lgim keladi
Yurtlar ko’pdir bir – biridan ziyoda
O’zbekiston go’zal diyor dunyoda
Hur o’lkamda baxtli yashash – tilagim
Istiqlolni qutlar jajji yuragim
Men – jilg’aman , ummon bo’lgim keladi
Men – yog’duman — cho’lpon bo’lgim keladi
Men – uchqunman , bo’lgim kelar alanga
Farzand bo’lib yaray aziz Vatanga !
1 – boshlovchi :
Inson paydo bo’lgandan buyon butun umri davomida mehnat evaziga yashab kelmoqda . Hattoki insonni yashash uchun hamma imkoniyatini tabiatdan olishi mumkin bo’lgan ibtidoiy jamoa davrida ham odazod o’z qornini to’ydirish , ehtiyojlarini qondirish uchun yovvoyi hayvonlarni ovlash , daraxtlar , qorlar orasidan o’ziga zarur narsalarni topish uchun mehnat qilar edi .
2 – boshlovchi :
Ma’lumki odamlarning ehtiyojlarini ta’minlash uchun yer yuzida 50.000 dan ortiq kasb bo’lib , ana shu kasblarning barchasi odamlarga xizmat qiladi . Har bir yosh avlod o’ziga shu kasblardan birini tanlab olib , ko’pchilik qatori insonlar safida turib mehnat qilishi shart .
1 – boshlovchi :
Inson o’zining bolalik davridan mehnat qilishga o’rganib , biror o’ziga yoqqan kasbni egallab borishi , kelajakda mehnatsevar inson bo’lib yetishmoq uchun harakat qilishi kerak .
2 – boshlovchi :
Odam umrining eng quvnoq , xushchaqchaq bolalik deb atalgan oltin davrini behuda va bemaqsad o’tkazib yubormasligi lozim . Shu sababli ko’proq mehnat foydali ish bilan shug’ullanishga odatlanmog’I kerak .
Donolar aytibdilar :
Oltin topmaginu o’rgangin hunar
Hunarning oldida xasdir oltin — zar
1 – boshlovchi :
2 – boshlovchi :
Hunar o’rganib , ilm – odob egasi bo’lgan odam jamiyat orasida o’z o’rnini topadi . Mehnat qilib o’z insoniylik burchini o’taydi .
Donolar aytibdilar :
Hunarli kishilar gapirmaydilar
Qarab tur , hunarning o’zi gapirar
1 – boshlovchi :“ Usta ” ertagiga beramiz . O’quvchilarimiz ushbu ertakni sahna orqali namoyish etishadi . ERtak yakunida o’quvchilar fikr -= mulohazalar tinglanadi .
2 – boshlovchi :
Baxtli bo’lish bu , mehnatni sevish va rohatni mehnatga ko’rishdir . Mehnatni sevish , g’ayrat va matonat bilan ishlashning 3 ta shirin mevasi bor ; tan salomatligi , ko’ngil rohati , zehnning ortishi .
1 – boshlovchi :
Kasb – hunar o’rganishdan or qilma mehnat qilishni o’rgan . Yurt va elning rivoji ham hunarga bog’liq . Eng halol va eng yoqimli yeyish va kiyish hunardan hosil bo’ladi . Hunar — yashirin xazina
2 – boshlovchi :
Kuni kelib dunyo tasodiflari tufayli mol – mulkdan ajralsang ham , hunardan hech qachon ajralmaysan . Hunar sening doimiy hamrohing madadkoringdir .
Insonning hunari uning boyligi
Pul tugaydi biroq hunar tugamaydi
1 – boshlovchi :
Kasblar ko’pdir duyoda
Bir – biridan ziyoda
Kasb – hunarni egallab
Ishtiyoqqa egarlar
Orzuli bo’lsa yurak
Bajo bo’lar istak
Agronom
Bo’lsamikka agronom
Juda jarangli bu nom
O’stirar edim paxta
Butadamas daraxtda ….
Buyoqchi :
Yo bo’lsammi buyoqchi
Uning ishiga boqchi
Bo’yalgan zahot xona
Go’zallashadi yana …..
Duradgor
Yo bo’lsammi duradgor
Bu ishga ko’p hikmat bor .
Ayting-chi , kim birpasda ,
Ketmonga yasar dasta
Elchi :
Sen ham maslahat berchi
Yo bo’lsamikkan elchi
Samalyot qo’nar shu on bu manzil Farangiston
Deyman : Azizlar salom
“ Bonju” hammamiz omon !….
Fazogir
Yo bo’lsammi fazogir
Yerni aylanib gir – gir ,
So’ng esa qo’nsam oyga
Oy bilan qilib poyga …
Geolog
Yo bo’lsammi geolog
Yursam , kezsam tog’ma-tog’
Ma’danga to’la zamin
Juda uzoq oylab men
Topsam ko’plab ma’danlar
Hayrob qolsa odamlar …
Haydovchi :
Yo bo’lsammi haydovchi
Qo’l ko’tarsa yo’lovchi
Mashinam g’iz – g’iz etsa
Darrov manzilga eltsam
Ixtirochi :
Yo bo’lsam ixtirochi
Bu ishning ko’p quvonchi
Bu ishga bo’lgan usta
Ixtiro qilsam yuzta …
Jurnalist :
Yo bo’lsammi journalist
Xabar yozsam juda tez
Va electron pochtadan
Yuborsam uni birdan …
Kulol
Yo bo’lsammikan kulol
Sizni qilib hayron lol
Yasasam ko’za idish
Juda maroqli bu ish ….
Lug’atshunos
Yana bir o’ylab ko’rsam
Yo , lug’atshunos bo’lsam
Juda ham ko’plab so’zdan
Turli lug’atlar tuzsam ….
Militsioner
Yo militsioner bo’lay
Doim postimda turay
Sezgir bo’lsam bag’oyat
Bo’lmas biror jinoyat
Nonvoy
Yo bo’lsammikan nonvoy
Hamma ko’rib desa voy
Yaratsam katta tandir
Va yopsam bir uy patir
Oshpaz
Yo bo’lsammikna oshpaz
Hamma qilardi havas
O’ylab topsam bir taom
“O’zbekiston ” bersam nom …
Pardozchi :
Eshiting quloq osib
Pardozchi ham zo’r kasb
Pardoz qilsam yuzungiz
Tanimaysiz o’zingiz …
2 – boshlovchi :
Odamning barakali va badavlat bo’lishi uchun kasb – hunardan qimmatliroq mato yo’q va ulug’lik hamda saodat osmoni uchun esa qobiliyatdan yorqinroq yulduz yo’qdir .
1 – boshlovchi :
Oltining xarj bilan oxir bo’lar kam
Hunar shunday ganjki , kamaymas hech dam
Ularning farqin aytsam agarda
Hunar chashma erur , oltin-chi shabnam
(Xurramiy )
Sahna orqali o’quvchilarimiz tomonidan mehnatsevarlik va dangasalikni oqibatlari yoritilgan hammamiz sevib o’qiydigan “ Zumrad va Qimmat ” ertagini tomosha qilamiz .
2 – boshlovchi :
Kasb hunar egasi ta’madan xolidir
U o’z hunarining fazilati tufayli o’z mehnati bilan halol topib , halol yeydi .
Kim mehnatla qadam qo’ydi tog’ – cho’lga
Xazina kalitin kiritur qo’lga
( X. Dehlaviy )
Mashaqqat chekmagan topmast xazina
Tun ortidan kelar kunduz hamisha
( S. Sheroziy )
O’z manglay teridan non yegan kishi
Hotam minatidan ozod yoz – qishi
(S. Sheroziy )
Orzu , tilak yo’li mehnat tagida
Xazinaning mo’li mehnat tagida
( Abu Shukur Balxiy )
Mehnat tagidadir , ey oqil har ganj
Ganj topmas hech kimsa tortmas esa ranj
( A. Firdavsiy )
Kosibdan shodu xurram yo’q jahonga
Hunardin yaxshi dur ham yo’q jahonda
( N. Xusrav )
Kim mashaqqat chekdi – topdi g’azna ham
Kim tirishqoq bo’ldi – ko’p topdi karam
( J. Rumiy )
Hech kimga yalinmas hunarli inson
Rizqin o’z bog’idan topadi bog’bon
( S. Nasafiy )
Zabt etayin desang sern ilmu hunar
Insof kamolni et o’zingga rahbar
( A. Bedil )
Kim hunarni desa u dono bo’lur
Nodonlar qudrat deb boylikni bilur
Hunarsizlardan uzoq – uzoq ket
Mardlar kabi sen hunar talab et
( X. Dehlaviy )
Guharni hunarsiz dema hech guhar
guhar narxin orttirgan asli hunar
( A. Balxiy )
Qimmatli guhardan qimmatroq hunar
Hunar bo’lsa ishda yaraydi guhar
( A. Balxiy )
Hunar birla aqlni birikkan hamon
Har bu ish jahonda yurishgay ravon
Firdavsiy
Hunar o’rgan chunki hunarda ko’p sir
Yopiq eshiklarni ochar , ochar birma – bir
( N. Ganjaviy )
Biliming osmonga yetgan bo’lsa ham
Boshqalar ilmiga quloq sol har dam
( A.Sh . Balxiy )
Ilmdan yaxshiroq xazina bo’lmas
Qo’lingdan kelgancha tera olsang bas
( Rudakiy )
Odamlar aqlining chirog’I bilim
Balodan saqlanish yarog’I bilim
( Ro’dakiy )
Bilim bilan bo’lur odamda iymon
Bilimdan devni bog’lamoq oson
(Firdavsiy )
Bilimsizlik bilan ishga kirishsang
Foydasi bo’lmaydi qancha tirishsang
(Firdavsiy )
Bilimdan shod bo’lur doim dilu – jon
Bilimsiz olamda hayron sargardon
( N. Xusrav )
Ilm barcha hunarning toji bebaho
Ilm — hamma qulfning kaliti a’lo
( A. Jomiy )
Kasbning eng yaxshisi kishining o’z qo’li bilan bajarilgan ishi va halol savodidir .
( hadis )
Ilm o’rganish har bir musulmon uchun farzdir . ( hadis )
Beshikdan qabrgacha bilim ista ( Hadis )
1 – boshlovchi :
Surilganligini aytasiz .
2 – boshlovchi :
Shuning bilan bugungi 5 – sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan “ Kim bo’lsam ekan ” mavzusidagi tadbirimiz yakunlandi , ustozlarimizga shuni va’da beramizki voyaga yetib , albatta o’zining sevgan kasbning mohir ustasi bo’lib , xalqimizga vatanimizga chin dildan xizmat qilamiz .
1 – boshlovchi :
Buning uchun ustozlarimizning barcha o’g’it va pand – nasihatlariga quloq solgan holda barcha fanlarni a’lo baholarda o’zlashtirib odobli , kamtarin , mehnatsevarlik bo’lishga so’z beramiz .
Dasturni Miraziz A’zamning “ Qo’lni qo’lga beraylik ” she’ri bilan hikoyasiga yetkazamiz .
Bir bu ozod diyorning
Eng umidbaxsh unimiz
Birinchi sentabrda
Mustaqillik kunimiz
Birinchi sentabrda
Yangi hayot boshlandi
Go’zal hayot qurishga
Dadil qadam tashlandi
Quramiz buyuk davlat
Qoldirib izimizni
Xalqlar aro oq bo’lar
Ko’rasiz yuzumizni
Qo’lni qo’lga beraylik
Vatan bo’lsin guliston
Hurlar aro hur bo’lsin
Mangu buyuk Turkiston
Darsliklar
Kim bo’lsam ekan mavzusida tadbir senariysi