Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i to’liq malumot oling
Mulkida soliq solish ob’ekti deb tan olinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilaridir.
Agar ko‘chmas mulk mulkdorining joylashgan erini aniqlash imkoni bo‘lmasa, shuningdek ko‘chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchidir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari, qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan ob’ektlar, boshqa imoratlar, binolar va inshootlar soliq solish ob’ektidir.
Foydali havolalar:
Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali
Ko‘chmas mulk va er solig‘i
Ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomasini soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish
Jismoniy shaxslarga mol-mulkni ijaraga berishdan olingan jismoniy shaxsning daromadlari to‘g‘risidagi dastlabki tarzdagi deklaratsiya
Mol-mulk solig‘i kalьkulyatori
Foydali Maslahatlar
Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i