O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti to’liq malumot oling

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti to’liq malumot oling

ozbekiston davlat konservatoriyasi huzurida botir zokirov nomidagi milliy estrada sanati instituti 1

O‘zbekiston Respublikasi 16.10.2021-yildagi PQ-5261-son Prezidentining qarori bilan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etildi.

Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tarkibida faoliyat yuritadi
Milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaydi.

Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanib, ta’lim davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutiga o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
Professional ta’lim: vokal san’ati (estrada xonandaligi)
Professional ta’lim: cholg‘u ijrochiligi (estrada cholg‘ulari)
Dirijyorlik: estrada orkestri dirijyorligi
Vokal san’ati: estrada xonandaligi
Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari
Texnogen san’at: musiqiy ovoz rejissyorligi

Magistratura mutaxassisliklari
Vokal san’ati: estrada xonandaligi
Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab yangi ochiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura

I. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

Bastakorlik san’ati
San’atshunoslik: musiqashunoslik

II. Magistratura mutaxassisliklari

Ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi
Musiqa san’ati

Institut bitiruvchilariga oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi.

Foydali Maslahatlar
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti