Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash borasidagi vazifalar to’liq malumot oling

Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash borasidagi vazifalar to’liq malumot oling

oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taminlash borasidagi vazifalar 1

Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda barcha oila a’zolarining mas’ulligini oshirish, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish;
erta nikoh, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh, erta tug‘ruq, oilaviy ajralishlarning yuzaga kelish sabablari hamda shart-sharoitlarini tahlil qilish, bu borada ilmiy, amaliy hamda fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash;
asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlar, ijobiy urf-odatlar va an’analar asosida oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning oldini olishda davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash;
oilaviy munosabatlarda xotin-qizlar va erkaklarning o‘rni haqida jamiyatda shakllangan salbiy qarashlarni o‘zgartirish, bu borada ommaviy axborot vositalari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishda xotin-qizlar bilan bir qatorda erkaklarning mas’uliyati hamda rolini oshirish;
oilaviy hayotga oid muammolar, psixologik-pedagogik, huquqiy va boshqa masalalar yuzasidan xotin-qizlar va erkaklar uchun maslahatlar berish tizimini yanada takomillashtirish;
oilalarni yoshlarning axloqiy negizlarini buzishga olib keladigan, oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek ota-onasiga va oilaning boshqa a’zolariga nisbatan hurmatsizlik munosabatini shakllantiradigan, jinslardan birining ustunligi g‘oyasiga asoslangan noto‘g‘ri tasavvurlardan himoya qilish;
xotin-qizlar va erkaklarning oilaviy munosabatlardagi huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari to‘g‘risida axborot-ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshirish.

Foydali Maslahatlar
Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash borasidagi vazifalar