Musofirlar haqida sher eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling
Musofirlar haqida tasirli va manoli sherlar to‘plami. Musofirchilik chindan ham ko’p narsani o’rgatadi, ko’p narsaga mutlaqo boshqa ko’z bilan qaray boshlaysiz.
Musofirlar dardi
Yuribmanku mehnat qilib,
Yurtdan olis makonlarda,
Har kun halol rizqim terib,
Ishlayapman sovuqlarda.
Goh mag‘lubman goho g‘olib,
Hatto ba’zan bekor qolib,
Sog‘inchimni kuyga solib,
Yashayapman musofirda.
Otajonim men yaxshiman,
Onajonim ishim yengil,
Akam ukam yuribdimi,
Qalay o‘zi erka singil.
Qishloq ancha o‘zgargandir,
Chiroy ochib gullagandir,
Do‘stu jura qadirdonlar,
Sog‘u salomat yurgandir.
Bu yerlarda dardkashim yo‘q,
Biror yaqin sirdoshim yo‘q,
Ammo havotir olmanglar,
Ustim butu qornim ham to‘q.
Yaqin qoldi diydor oni,
Men qaytaman tugasa qish,
Sog‘indimda vatanimni,
O‘zimizda ham ko‘pku ish.
Musofir bola nolasi
Baxt izlab mana dunyoni kezdim,
O’zga yurtlarda qadringiz sezdim,
Hayot tashvishidan judaham bezdim,
Sizdan bo’lak mening kimim bor ona.
Rizqim teray deb musofir bo’ldim,
Mexnatan o’lmadim sog’inchdan o’ldim,
Sizlarni sog’inib sog’inchdan so’ldim,
Sizdan bo’lak mening kimim bor ona.
Alam bilan qo’lga qalam olaman,
Rasmingizga qarab o’yga tolaman,
Bag’ringizga ona qachon boraman,
Sizdan bo’lak mening kimim bor ona.
Qancha mehr berdiz onajon bizga,
Yosh to’lar ikki shu morg’ok ko’zga,
O’g’lingiz Muslimbek sher yozdi sizga,
Sizdan bo’lak mening kimim bor ona.
Musofir yigit nolasi
Yiroq ketdim, ado etmay burchimni,
O’ylamadim, ko’rdimda o’z kunimni,
Men nodonni har kun tilab umrimni
Uyda mening ota-onam kutmoqda.
Qalbingda ayt zarracha bormi mehr?
Ko’zlaringni aylabdi-ku, nafs so’qir.
Xudoyberdi aqlingni yig’gin, axir
Uyda mening ota-onam kutmoqda!
Musofir erkaklar
Bazida ko’ngliga qil ham sigmaydi,
Asl erkaklar aslo ishdan qochmaydi.
Musofirni dardini kofir bilmaydi,
O’zga yurda musofir yurgan erkaklar.
Bu hayot kimga shirin kimgadir taxir,
Dard kelganda sher yozar dard qo’shib Qodir.
Chunki u ham musofir bir oddiy shoir,
O’zga yurtda musofir yurgan erkaklar.
Azobini yashirib kulgan erkaklar.
Tezroq qayting O‘zbekistonga
O‘z otasin sotgan kaslarga,
Vatan nima bilmas pastlarga,
Almashmang, yolg‘onni rostlarga,
Tezroq qayting O‘zbekistonga.
Quloq tutmang aslo nodonga,
Ishonmang hech, biror yolg‘onga,
Musofirda yurgan do‘stlarim,
Tezroq qayting O‘zbekistonga.
Musofirning alami
Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini,
Yor vasliga to‘ymasidan yurak-bag‘rin tuzlab ketar,
Beshikdagi bolasining diydorini zor sog‘inib,
O‘z-o‘ziga orzularin, armon bilib so‘zlab ketar.
Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamini,
Ular yashar ohu faryod, ko‘ngilu shod nolam deya.
Sovuqlarda qotsa hamki, sabr etar barchasiga,
Mehnat qilar, otam deya, onam, deya, bolam deya…
Sen qaydanam bilar eding, musofirning alamin.
Musofir — qo‘shiq matni
Yodingdami beshiging, o‘g‘lim?
Undan hali hiding ketmagan.
Mahallangning yo‘liga qara –
Bundan hali izing ketmagan.
Qara, onang tandir yonida,
Yopayapti sen uchun kulcha.
Etagidan ajralmasdingku,
Sog‘intirding sen uni buncha?
Akang bilan uchirgan varrak,
Boq, osmondan tusholmayapti.
Opang seni sog‘inib yig‘lab,
Tishlaganin yutolmayapti.
Oxirgi bor qachon eshitding,
To‘ylardagi yor-yorni, o‘yla?
Bor, xayolan, do‘stlaring bilan,
O‘rtaga tush, quloch yoz, o‘yna.
Eh, hayit bayramini sog‘inib,
Oqizdingku ko‘zing yoshini.
Senga asrab charchadi yangang,
Arafaning shirin oshini.
Qara, o‘sha tanish choyxona,
Choylashib gasht qilar keksalar.
Ko‘rding, otang kulolmayapti,
Yo‘lga qarab, seni axtarar.
Ammang, xolang, amaking, tog‘ang,
Tarqatyapti sumalaklarni.
Nahot sog‘inmading, jon bolam,
Navro‘zdagi kamalaklarni?
Qara, buving qaddi bukilib,
Ushoqdayin bo‘lib qaribdi.
Bir ko‘rishga ulgurmikansan?
Xastalanib, yotib qolibti.
Bolam, deysan tilingda ming bor,
Qo‘lingda dast ko‘tarolmaysan.
Kechirsa ham bir kun ayoling,
Sen o‘zingni kechirolmaysan.
Musofirning qadri bo‘lmaydi,
Musofirning qabri bo‘lmaydi,
Musofirning musofirlikdan,
O‘tadigan dardi bo‘lmaydi.
Tish qayrama, yomon dema hech,
Seni katta qilgan Vatanni.
Kim deydilar eshigini tepib,
Beshigini buzgan odamni?
Yashnamaydi novda ildizsiz,
Tomiring suv ichgan yerga bor.
Otang qurgan yo‘llarni yashnat,
Uy yoniga yana bir uy sol.
Yaxshilik qil, yurtingni yashnat,
Qo‘ldan berma shunday imkonni.
Sen hech kimdan kam emassan, bil,
Bolasisan O‘zbekistonning!
Musofirda yurganlar
Kim oralar, kim ma’qullar ketganini,
Har kim o’zi bilar, o’zdan o’tganini.
Bitta-bitta yig’ib, halol topganini.
Musofirda yurganlarga sabr bersin.
Sog’inadi o’z uyining havosini,
To’ylarini, karnay-surnay sadosini.
Bekitolmas Ichdan Toshgan Nidosini,
Musofirda yurganlarga sabr bersin.
Qo’rqib qarar uydan bo’lgan ko’ng’iroqqa,
«Tinchmikin» deb, o’zin tutar shovqin so’roqqa.
«Kaytar edim turib olsam sal oyoqqa»,
Musofirda yurganlarga sabr bersin.
Ko’rmayapti o’g’ilchasin o’qishin,
Qizi dadam deya, she’rlar to’qishin.
Tugatsaidi, ohiri xuddi shu ishlarin.
Musofirda yurganlarga sabr bersin.
Bir-ikki chetda yurgan nopok sabab,
Musofirni qoralamang, yomon atab.
Kimda gunoh, kimda savob bilguvchi Rab,
Musofirda yurganlarga sabr bersin.
Sog’inchlardan rang-u, ro’yi bo’lmay somon,
Qoni-qonji to’lib uyga qaitsin omon.
Asl boilik oiladir, issiq makon,
Musofirda yurganlarga sabr bersin.
Musofir yurtda qadringiz sezib
Musofirda olma jonini
Mehnatidan topgan,oshu nonini,
Tushlarda ko’rib goh, farzand yorini,
G ‘amlarga ko’mmagin onazorini,
Musofir yurtlarda olmagin jonni.
Yuzin ursa sovuq shamoli,
Yurakni qiynasa sog’inch azobi,
Asrasin xudoyim ona duosi,
Musofir yurtlarda olmagin jonin.
Qarzdir senga omonat joni,
Uyida kutadi dilbandu joni,
Sog’inch ezib yotar yurak har kuni,
Musofir yurtlarda olmagin jonni.
Onalar ko’rmasin farzand dog’ini,
Otadan ayirma farzand jonini,
Xudoyim asrasin chivin jonini,
Musofir yurtlarda olmagin jonni.
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya
Kattalarga bo‘lgil ho‘rmatda,
Kichiklarga bo‘lgil izzatda,
Odamiylik asl qiymatda,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Laqma bo‘lsang laqqilatarlar,
Ezma bo‘lsang ezib sog‘arlar,
Chakimchini tikka otarlar,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Ifloslarga qushilma zinhor,
Yovuzlarga kulfat doim yor,
Pand yemagin topmagin zinhor,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Bemahalda yurmagin aslo,
Buzuqlarni turmushi rasvo,
Saqlanganni saqlaydi Olloh,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Olloh bersin barchaga sabr,
Vatan uzoq yuqotma qadr,
Sog‘inch hissi juda ham og‘ir,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Nur istagan nur topgay bunda,
Dur istagan dur topgay bunda,
Pul istagan pul topgay bunda,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya!
Ne qilsa ham o‘zbek ekanmiz,
Bola-chaqa o‘y-joy deganmiz,
Yaxshi niyat bilan kelganmiz,
Bilgil do‘stim bu yer Rossiya
Musofir yurtdagi do’stlarim
O’zinggizni asrang yaqinlar uchun,
Kuttirmang sog’inib kutgan ko’zlarin,
Bajarib otalik, onalik burchin,
O’ylaysiz har kuni oila tinchin.
Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim.
Yashash oson emas buni bilaman,
Sizlarni o’ylab man ko’ksim tilaman,
Vatan degan so’zni yurakka joylab,
Vatan degan so’zga jonim beraman.
Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim.
Olovning ustida turgan do’stlarim,
Jonini xatarga qo’ygan do’stlarim,
Goh suygan goh kuygan, to’ygan do’stlarim,
Narigi dunyoni ko’rmagan faqat,
Bir boshi, ming azob ko’rgan do’stlarim.
Yashaysiz xotira ichida yig’lab,
Ahad Qayum yozdi sizlarni o’ylab,
Biz sizga sher yozib qo’shiqlar kuylab,
Har oqshom xayolni o’tmishga bog’lab,
Har oqshom Vatanni sog’inib yig’lab,
Bobolar qabrini boringgiz yo’qlab,
Go’yo qilko’prikda turgan do’stlarim,
Musofir yurtlarda yurgan do’stlarim!
Musofirim sog‘indim
Yurt dovrug‘in dunyolarga taratgin-ey bolama,
El korga yaraydigan inson bo‘lgin bolama.
Ota-onang qariganda kiftlaringda ko‘argin-ey bolama,
Qalbim to‘la quvonch hamda sog‘inchlarga bolama.
Qo‘lim ochib duolarga yolvoraman Ollohimga,
Qayda bo‘lsang seni olsin panohiga bolama.
Sherlar
Musofirlar haqida sher eng sara sherlar to‘plami