Bahor fasli haqida sher eng sara sherlar to‘plami to’liq malumot oling
Bahor fasli haqida sherlar to‘plami. Bahor — fasllar kelinchagi. Bunda gulyaproqlarning muattar hidi, jonbaxsh yellarning ajib sho‘xligi, uyg‘ongan hayotning nafis nafasi qalblarni junbushga keltiradi. Daraxtlar gulga burkanadi, qushlarning orombaxsh sasi olamni tutadi.
Bahor — Zulfiya sheri
Inson ko‘zlarida jon olar bahor,
O‘yinqaroq go‘dak singari bulut.
Ko‘k qovog‘i uyuq, yorqin bir viqor,
Kishilar qalbidan boqar bo‘lib o‘t.
Bahorning sehrgar boqiy chiroyi,
Yosh-u keksa ko‘nglin ovlaydi birdek.
Ko‘zguni sindirib tashlar. Chiroyi
Har kishining yoshi bu fasl dildak.
Har nurga, har qushga, har kurtakka shod,
Benihoya yaqin bo‘ladi yiroq.
Go‘yo sensiz hosil bo‘ladi barbod,
Har tikilgan chigit ko‘ksing etar tog‘.
Bahor bo‘lmasaydi, odamzod albat,
O‘zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
Bahor keldi seni so‘roqlab — Zulfiya sheri
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi,
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.
Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog,larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.
O‘pmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.
Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq.
So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga,
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.
Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:
Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab,
Meni she’rga o‘rab, suqlanib boqqan?
O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga,
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida,
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.
Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?
Qanday javob aytay, loldir tillarim,
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamda tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdi chok-chok.
Gul-u rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq.
Bu qo‘shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.
Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
Bahor nafasi
Bahor isi
Ko‘klamoyim — Muhammad Yusuf sheri
Ko‘nglimga ko‘k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin,
Boychechakka borar yo‘llar ochilsin –
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Fasl boshi, ham oxiri o‘zingsan,
Majnunlarning yo‘ldoshi ham o‘zingsan.
Laylilarning sirdoshi ham o‘zingsan,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Kel-da endi sog‘intirmay odamni,
Sen yo‘g‘ingda bir g‘am bosdi yelkamni,
Qorlar kurab ko‘mib keldim otamni…
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Ko‘king bilan kiyintiray dalamni,
Oyoqyalang suyuntiray bolamni,
O‘zing olgin ko‘ksimdagi alamni,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Ginam yo‘qdir kuzda ketgan oqqushdan,
Iymanmasin qayta eshik qoqishdan.
Qumri bilan birga chiqdik biz qishdan,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Jon ustida asrab yuray ko‘kni men,
To‘yib-to‘yib ko‘zga suray ko‘kni men.
Yana senga yetamanmi-yo‘qmi men,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim.
Dil yayrasin dala-dashting yasanib,
Yalpizlaring suv bo‘yiga yastanib.
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib,
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim!
Senga o‘xshagim keladi bahor — Nilufar Jabborova
Vafo qilurmisan bahorim — Abdulla Oripov sheri
Bahor sog‘indim seni — Abdulla Oripov sheri
Qanday nafis, ex qanday dilgir,
Qabog‘imda asta qor erir,
Kelib dardli hayotimda bir,
Kulgin bahor, sog‘indim seni.
Bir yon g‘urbat, bir yonda tuhmat,
Hayotimga solmoqchi zulmat,
Hech yo‘q bir sen menla hamsuhbat,
Bo‘lgin bahor, sog‘indim seni!
Boshda sarson paydar-pay o‘yim,
Sezilmaydi senla qayg‘uyim,
Sen ketgandan buyon rang ro‘yim,
So‘lg‘in… Bahor sog‘indim seni!
Tabiatning ko‘zlari yumuq,
Boshqalardan mening ko‘nglim to‘q,
Sendan boshqa sog‘inganim yo‘q,
Tushun bahor sog‘indim seni!
Bilgandirsan holim hoynaxoy,
Tunlar menla birga yig‘lar oy,
Kelaqolgin, kelgin bahoroy,
Bugun bahor sog‘indim seni,
Gulgun Bahor sog‘indim seni,
Eh «Gulbahor» sog‘indim seni!
Bahor shamoli — Abdulla Oripov sheri
Bahor keldi noz bilan — Ramazon Baqoyev
Buncha yaxshisan bahor — Zamira Ro‘ziyeva sheri
Sevgi fasli bahor kirib keldimi — Abdulla Murodulla sheri
Yomg‘irlaru gohi iliq kun bilan,
Yulduzlarga to‘la sokin tun bilan,
Hamroh bo‘lib do‘stim senu mem bilan,
Sog‘inch fasli bahor kirib keldimi.
Ilk sevgining iforini taratib,
Dalalaru qirlariga qaratib,
Go‘zal qizlar kulgularin yangratib,
Sevgi fasli bahor kirib keldimi.
Bahorim — Dilafro‘z Zayniyeva
Bahor keldi o‘lkamizga
Bahor xayollarga aylangan mahal
Bahor xayollarning bag’rida sokin,
Bahor xayollarning bag’rida go’zal.
Yana ham oq bo’lar tongningn nigohi,
Bahor xayollarga aylangan mahal.
Keldim deb aldagan bahor
Sen bahorni sog‘inmadingmi
Mana, bugun navro’zi olam,
Do’stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam…
Qo’limda gul, seni kutarman,
Umrim bo’yi chorlab o’tarman,
Sen bahorni sog’inmadingmi?
Bahorim sog‘indim Bahor guli
Erta bahor uni ko’rdim,
Bir ko’rdimu uni sevdim.
Bir tuyg’uni qalbga tuydim,
Sevgan jonim Bahor guli.
Har bahorni intiq kutdim,
Bahor gulni ko’rgach kuldim.
Kuz kelmasin deya yurdim,
Sevgan gulim Bahor guli.
Kuz kelganga bahor ketdi,
Nega bahor tashlab ketdi?
Qish yuragim ezib ketdi,
Kuygan gulim Bahor guli.
Kel bahor
Bahor yaqin
Bezanishar dala-qirlar,
Chechak taqar o’tloqlar.
Bahor yaqin, bahor yaqin,
Bahor yaqin, o’rtoqlar.
Ko’nglim yana tog’day o’sar,
Ko’rkam bahor kelganda.
Quvongayman dasta-dasta,
Gul-chechaklar terganda.
Bahor keldi
Keldi bahor, gul bahor,
Erib bitdi oppoq qor.
Uchib keldi qushlarjon,
Daraxtlar taqdi marjon.
Suvlar oqar shildirab,
Yulduz boqar mildirab,
Chumolilar yayrashar,
Sho‘h bulbullar sayrashar.
Endi ilk sof navbahor,
Chunki bizda gulbahor.
Bog‘da qizil lolalar,
Terib oling bolalar.
Tog‘ bag‘rida qo‘zilar,
Ma’rab o‘tga cho‘zilar.
Tolbargak taqib qizlar,
Chuchmomalarni izlar.
Quyosh nurlarin sochdi,
Atirgul g‘uncha ochdi.
Yuring chiqaylik, bog‘lar,
Bizni kutar o‘rtoqlar.
Sherlar
Bahor fasli haqida sher eng sara sherlar to‘plami