18-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: to’liq malumot oling
Bugun 18-iyul 2023-yil, seshanba.
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Xalqaro Nelson Mandela kuni.
🌏 Butunjahon tinglash kuni.
🌏 «Tetris» ning tug’ilgan kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇾 Urugvay — Konstitutsiya kuni.
🇷🇺 Rossiya — Ichki ishlar organlarining xo‘jalik xizmati xodimlari kuni.
👉 VOQEALAR:
Mil. av. 390 — Rimliklarning Aliya daryosi bo‘yida Keltlar lideri Brenning qo’shinlari tomonidan mag’lub bo’lishi.
— 64 — Rimda yong’in yuz berib, deyarli butun shaharni vayron qildi.
— 1290 — Eduard I yahudiylarni Angliyadan quvish haqida qaror chiqardi.
— 1325 — Texkoko ko’li o’rtasiga
Astek imperiyasining poytaxti Tenochtitlan shahriga asos solingan.
— 1770 — Rumyantsev boshchiligidagi rus armiyasining Larga daryosi bo‘yidagi jangda turklar ustidan qozongan g’alabasi.
— 1872 — Buyuk Britaniyada birinchi yashirin ovoz berish bo’lib o’tdi.
— 1878 — Adolf Erik Nordenskiöld Atlantika okeanidan Tinch okeaniga Shimoliy muz okeani orqali bordi.
— 1898 — Pyerre Kyure va Mariya Kyure urandan boshqa radioaktiv elementlar borligini isbotlashdi.
— 1898 — Ispaniyaning «Atletik Bilbao» futbol klubiga asos solingan.
— 1921 — Fransiyada shifokorlar Alber Kalmett va Kamil Geren bolaga birinchi silga qarshi vaksina (BCG) berdilar.
— 1925 — Adolf Gitlerning Mein Kampf kitobi nashrdan chiqdi.
— 1932 — Turkiya Millatlar Ligasining 56-a’zosiga aylandi.
— 1948 — Kosta-Rikada kommunistik partiya faoliyati taqiqlandi.
— 1955 — Parijda NATOga a’zo davlatlar parlamentarlarining 1-konferentsiyasi (1966-yil noyabrdan — Shimoliy Atlantika Assambleyasi) boshlandi.
— 1962 — Peruda harbiy to’ntarish sodir bo’ldi.
— 1968 — «Intel» tashkil topgan. Unga Robert Noys va Gordon Mur asos solishgan.
— 1980 — Hindistonning birinchi sun’iy yo’ldoshi (Srixarikota kosmodromi) uchirildi.
— 1994 — “Hizbulloh” Buenos-Ayresdagi yahudiylar markazini portlatib yubordi. Terakt qurbonlari 86 kishi.
— 2011 — «Radioastron» kosmik observatoriyasining ishga tushirilishi.
— 2019 — Kyoto Animation studiyasi (Yaponiya) yoqib yuborildi, 36 kishi halok bo’ldi.
👉 TAVALLUDLAR:
— 1552 — Rudolf II (1612) — Vengriya qiroli (1572-1608), Bogemiya qiroli (1575-1611), nemis qiroli (1575-1612), Muqaddas Rim imperiyasi imperatori (1576-1612).
— 1659 — Giasint (Iasent) Rigo (1743) — fransuz portretchi rassomi, Qirollik Rassomlik va haykaltaroshlik akademiyasining rektori.
— 1853 — Xendrik Lorens (1928) — golland fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1902).
— 1864 — Rikarda Xuch (1947) — nemis shoiri, nemis adabiyotidagi neoromantik maktab yetakchisi.
— 1906 — Lunin Boris (2000) — tarixchi olim, Ozbekistonda xizmat korsatgan fan arbobi (1966).
— 1912 — Maxsum Yusupov (1983) — aktyor.
— 1918 — Nelson Mandela (2013) — aparteidga qarshi kurashchi, Janubiy Afrika prezidenti (1994-1999).
— 1932 — Evgeniy Yevtushenko (2017) — rus shoiri, nasrnavis, publitsist, rejissyor, ssenariy muallifi.
— 1937 — Roald Xoffman — amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1981).
— 1944 — Jonelle Allen — amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi va raqqosa.
— 1947 — Stiv Forbs — amerikalik noshir, biznesmen va siyosatchi, «Forbes» haftalik ishbilarmonlik jurnali muharriri.
— 1948 — Xartmut Mixel — nemis biokimyogari, kimyo bo’yicha Nobel mukofoti sohibi (1988).
— 1967 — Vin Dizel — amerikalik aktyor, ssenariynavis, rejissyor va prodyuser.
— 1976 — Elsa Pataki — ispan modeli, aktrisasi va film produseri.
— 1982 — Kristen Enn Bell — amerikalik aktrisa.
— 1982 — Priyanka Chopra — hind aktrisasi va modeli, «Miss World 2000» g’olibi.
— 1984 — Otabek Mutalxo’jayev — xonanda, «Nihol» mukofoti sovrindori (2007).
— 1989 — Dmitriy Solovyov — rossiyalik figurali uchish ustasi, iamoaviy muz ustida raqs bo‘yicha Olimpiya chempioni (2014), Yevropa chempioni (2013).
— 1994 — Shahlo Ahmedova — oʻzbek qoʻshiqchisi.
— 1995 — Suy Venszin — xitoylik juft konkida uchish ustasi, bir necha marta jahon va to’rt qit’a chempioni.
Muhim sanalar
18-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: