O‘zstandart agentligi to’liq malumot oling

O‘zstandart agentligi to’liq malumot oling

ozstandart agentligi 1

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlariga quyidagi hollarda murojaat etiladi:
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish talablariga javob bermaydigan tovar tufayli unga zarar etkazilganda;
sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulot sertifikatsiz sotilganda yoki sertifikatining amal qilish muddati o‘tgan tovar sotilsa;
standartlashtirishdan va davlat ro‘yxatidan o‘tmagan import tovari sotilganda;
texnik reglamentlar talablarini buzgan holda tovarlardan foydalanilsa;
yaroqsiz o‘lchov va sinov vositalari, shuningdek majburiy tekshirishdan (kalibrlash) o‘tmagan o‘lchov vositalari yordamida xizmatlar ko‘rsatilganda.

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari (davlat inspektorlari) vakolatlari:
huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarishni taqiqlaydi yoki sotishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi;
standartlarga nomuvofiq bo‘lgan import mahsulotni realizatsiya qilishni taqiqlaydi;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi va ma’muriy jarima qo‘llaydi.

Davlat reestrlari:
Texnik reglamentlar ro‘yxati bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting;
O‘lchash vositalari davlat reestri bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting;
Davlat reestriga kiritilgan muvofiqlik sertifikatlari ro‘yxati bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.

manzil: Toshkent sh,, Farobiy ko‘chasi, 333A-uy
veb-sayt: www.standart.uz
e-pochta: [email protected]
telefon: (+99871)-202-00-11

Foydali Maslahatlar
O‘zstandart agentligi