Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to’liq malumot oling

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to’liq malumot oling

ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi 1

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlariga quyidagi hollarda murojaat etilishi mumkin:
daraxtlar, butalar, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollar g‘ayriqonuniy ravishda kesilganda;
tabiat bog‘lari hududida daraxt va butalar kesilganda;
o‘rmon fondidan foydalanish, yog‘och tayyorlash va tashib olib ketish tartibi buzilganda;
o‘simliklar ular o‘sadigan muhitda o‘zboshimchalik bilan yo‘q qilib yuborilganda;
Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar o‘zboshimchalik bilan yig‘ilganda;
falokatga uchragan va o‘zi uchun notabiiy sharoitda turgan hayvonlar ov qilinganda;
chiqindilar aholi punktlari erlarida saqlansa va bunday joylarga ko‘mib tashlansa.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining vakolatlari:
ekologik nazorat bo‘yicha reyd o‘tkazish;
qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
tashkilotlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilish;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jarima qo‘llash;
jismoniy va yuridik shaxslardan zararni undirib olish to‘g‘risida da’volar qo‘zg‘ash;
sudlarga murojaat etish.

Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari haqidagi ma’lumot bilan tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.

manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, To‘y-tepa ko‘chasi, 2A-uy
veb-sayt: eco.gov.uz
e-pochta: [email protected]
telefon: (+99871)-207-07-70

Foydali Maslahatlar
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi