16-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: to’liq malumot oling

16-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: to’liq malumot oling

Bugun 16-iyul 2023-yil, yakshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon ilonlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇨🇺 Kuba, 🇻🇪 Venesuela, 🇵🇦 Panama ‐ Bolalar kuni.

🇧🇴 Boliviya — La Pas kuni.

🇺🇸 AQSh ‐ Milliy shaxsiy oshpaz kuni.

🇭🇳 Gonduras — Muhandislar kuni.

🇺🇦 Ukraina — Buxgalter va auditorlar kuni.

🇧🇾 Belarus, 🇷🇺 Rossiya, 🇺🇦 Ukraina, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇦🇲 Armeniya ‐ Metallurglar kuni.

🇫🇷 Fransiya — Xolokost qurbonlarini xotirlash kuni.

🇹🇲 Turkmaniston‐ G’alla bayrami (bug’doy yig’im-terimi bayrami).

👉 VOQEALAR:

— 622 — Islomiy taqvim boshlangan kun.

— 1054 — Xristianlik cherkovi ikkiga ajralib ketdi.

— 1439 — Angliyada o’pish taqiqlandi. Sababi — vabo epidemiyasi.

1548 — Ispanlar La Pas shahriga asos solishdi (La Paz — ispan tilida «tinchlik»).

— 1643 — Gollandiyalik de Friz ekspeditsiyasi Saxalinni ochishdi.

— 1661 — Stokgolm banki tomonidan birinchi Yevropa banknotalari chiqarildi.

— 1850 — Fransiyada matbuot erkinligi cheklandi.

— 1867 — sobiq fransuz bog’boni Jozef Mone temir-beton uchun patent oldi, bu ko’p qavatli binolarni qurishda asosiy materialga aylandi.

— 1877 — Uimbldonda tennis bo’yicha birinchi musobaqa finali. G’olib Spenser Gor bo’ldi.

— 1909 — Audi kompaniyasiga asos solindi.

— 1920 — Sovet Rossiyasining blokadasi Antanta tomonidan olib tashlandi.

— 1944 — ozod qilingan Minskda partizan paradi bo’lib o’tdi.

— 1945 — AQSH ning Nyu — Meksiko  shtatida atom bombasining ilk sinovi muvaffaqiyatli oʻtdi.

— 1950 — Urugvay-Braziliya futbol jamoalari oʻyinida  Braziliya magʻlu boʻldi.

— 1965 — Mont Blan ostida (Alp tog’larining eng baland cho’qqisi, 4807 m) Fransiya va Italiyani bog’laydigan tunnel ochildi.

— 1969 — „Apollon-11“  Oyga  uchdi.

— 1977 — Barcha sovet mutaxassislari Somalidan chiqarib yuborildi.

— 1979 — Saddam Husayn Iroq prezidenti bo’ldi.

— 1990 — Ukraina oʻzining  suverenitetini eʼlon qildi.

— 1990 — Saturnning yo‘ldoshi — Saturn XVIII nomi bilan tanilgan Pan kashf qilindi.

— 1994 — Shumeykerlar-Levist kometasi Yupiter bilan to’qnashdi.

— 2000 — Internet-domenlar sonini ko’paytirish to’g’risida qaror qabul qilindi.

— 2002 — Vashington markazida xalqaro josuslik tarixiga bag’ishlangan noyob muzey ochildi.

👉 TAVALLUDLAR:

— 1486  — Andrea del Sarto (1530) — italiyalik rassom, Florensiya maktabi vakili.

— 1746 — Juzeppe Piyatsi (1826) — Birinchi kichik sayyora — Sererani kashf etgan italiyalik ruhoniy va astronom.

— 1841 — Vladimir Krilov (1906) — rus patologi, antropometriya asoschisi, Xarkov universitetining professori.

— 1860 — Otto Jespersen (1943) — daniyalik tilshunos, grammatik falsafa asoschisi.

— 1872 — Rual Amundsen (1928) — norvegiyalik qutblarni o’rganuvchi sayohatchi va kashfiyotchi.

— 1888 — Frits Sernike (1966) — golland fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1953).

— 1896 — Trygve Li (1968) — norvegiyalik siyosatchi, BMTning birinchi Bosh kotibi (1946-1952).

— 1902 — Aleksandr Luriya (1977) — sovet psixologi, neyropsixologiya asoschisi.

— 1939 — Konstantin Kobets (2012) — General, 1991-yil avgustda Oq uy mudofaasi boshlig’i, RSFSR mudofaa vaziri (1991).

— 1941 — Omon Muxtor (2013) — oʻzbek yozuvchisi, shoiri, dramaturg.

— 1944 — G‘ayrat Raxmatqoriyev — kimyo fanlari doktori,  kimyogar olim, professor.

— 1945 — Chetin Tekindor — turk aktyori.

— 1962 — Grigoriy Leps — qo’shiqchi, sozanda, Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist.

— 1968 — Leonid Agutin — estrada xonandasi, bastakor, Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist.

— 1968 — Larri Sanger — amerikalik falsafa fanlari doktori, Vikipediya asoschilaridan biri.

— 1982 — Carli Lloyd — sobiq amerikalik professional futbolchi.

— 1986 — Shahboz Erkinov — O’zbekistonlik futbolchi.

— 1988 — Serxio Buskets — ispaniyalik futbolchi, jahon (2010) va Yevropa chempioni (2012).

Muhim sanalar
16-iyul BAYRAMLAR: VOQEALAR: TAVALLUDLAR: