Ko’zoynaklar to’liq malumot oling
Ko’zoynaklar
Yozning shunaqangi issiiiq kunlarida hamma dam olishga borishni hohlaydi
Bunda bizga albatta yaxshi quyoshdan himoyalovchi ko’zoynak kerak bo’ladi
Ko’zoynak vazifasi:
doimiy quyoshga qarshi ko’zoynak taqish kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan makular degenerataiya, katarakta, ayrim o’sma kasalliklari, fotokeratitlar(quyosh kuydirishi natijasida) yorug’likka sezuvchanlik, issiqlikda og’riq va boshqa noxush holatlarni oldini oladi
Qanday ko’zoynak tanlash kerak, aynan shunday dam olishlar uchun
doim ham qimmat ko’zoynak degani eng yaxshisi degani emas.
Ushbu 4 ta xususiyati borligiga e’tibor berishingiz zarur.
1. Ultrabinafsha nurlaridan 100% himoya qiladigan bo’lishi kerak(buni o’zlari tekshirib ko’rsatib berishadi)
2. Ko’zoynaklarning qanchalik to’w rangda bo’lishi(тёмный) siz uchun qaysi biri komfort bo’lsa o’shanisi. Ps: teringiz qanchalik och rangda bo’lsa shunchalik to’q rangli olishingizni maslahat beraman, chunki oq rangli insonlar yorug’likka juda ham sezuvchan bo’lishadi;)
3. Ko’zoynak oynalarining kattaligi — qanchalik katta bo’lsa shuncha ko’p UV nurlardan va shamol, changlardan himoya qiladi, ammo shunga qaramasdan imkon qadar yuzingizga mos shakl va hajm tanlaganinhiz ma’qul
4. Oynalarining ranggi juda xilma-xil va ularning ranggi sizning stilingizni keskin o’zgartirib berishi mumkin! Ammo rangidan qat’iy naza u polarized (uzbekchada poloroid) bo’lishi kerak, e’tibor bering bunga
Ma’lumotlar Amerika Oftalmologlar Akademiyasi tayyorlagan ma’qoladan olindi, tarjimon esa kaminayi kamtarin @oculomotori
Boshqa mavzular
Ko’zoynaklar