Ózbek xalq dostonlarida Vatanparvarlikning aks etishi to’liq malumot oling
Ózbek xalq dostonlarida Vatanparvarlikning aks etishi
Reja:
Kirish:Ózbek xalq dostonlaridan biri.
Asosiy qism:
1)Xalq dostonlarining bugungi kundagi ahamiyati
2)Dostonda Kuntugʻmish obraziga tavsif.
3) ,, Kuntugʻmish» dostonida or-nomus ifodasi.
Xulosa: Dostondan olgan taassurotlarim
Dostonning bosh qahramoni Kuntugʻmish yolgʻiz, erka oʻgʻil boʻlishiga qaramasdan, aqlli, bilimli, jasoratli, elga gʻamxoʻr, xotini, bolalariga mehribon, vafodor yigit. Kuntugʻmish va Xolbeka bir moʻjiza bilan Buvraxon jazosidan omon qobb, sahroda och, tashna qolishganda hayotdan umidini uzgan yori Xolbekaning “Meni tashlab ketaver, yoʻqsa oʻzing ham halok boʻlasan”, degan iltijosiga “Bir gʻayrat qil, yoʻlimiz yaqin qoldi”, deb dalda beradi, unga vafodorligini quyidagicha bayon qiladi:
Poʻlat nayza qor ostida yotarmi,
Temir nayzang egovlasang oʻtarmi,
Sening toʻrang nomardlardan emasdir,
Mard oʻgʻlon sevdigin tashlab ketarmi?..
Kuntugʻmish oʻz maqsadiga sodiq, har qanday sharoitda tushkunlikka tushmaydigan inson. U nomsiz, poyonsiz togʻ darasidan vataniga boradigan yoʻlni rosa izlaydi, bu orada egizak farzandli boʻladi, ular uch yoshga toʻlganda ham biror bir el daragini topolmaydi. Xullas, Kuntugʻmish feT-atvorida siz havas qiladigan, ergashadigan insoniy sifatlar juda koʻp. Dostonni sinchiklab mutolaa qilsangiz, bunga oʻzingiz amin boʻlasiz.
Xolbeka siymosi ham dostonda baxshi bobomiz tomonidan alohida mehr, iliqlik bilan tasvirlangan. U oʻz soʻzida turadigan, barcha hunarlarga mohir qiz. Oʻzi qanchalik bir ishga mohir boʻlsa, boʻlajak jufti halolidan ham shuni talab qiladi. Shu maʼnoda Xolbeka oʻz xulqi va fazilatlari bilan har jihatdan Kuntugʻmishga teng va munosib boʻlgan inson. U haqiqiy muhabbatni tan oladi va unga ishonadi, eʼtibor bering: u oʻz suratini chizdirib, Kuntugʻmish yurtiga yuborar ekan, agar “shu koʻrgan tushim rahmoniy boʻlsa, oshiq-maʼshuqlik awaldan pok boʻlsa, Xudoyo xudovando shu sandigʻim senga omonat, toʻradan boshqasiga tegmasin”, deydi.
Xolbeka hamiyatli, gʻururi baland qiz. Garchi u Kuntugʻmishni tushida sevib qolgan, uchrashganda esa yigitni koʻrib biroz muddat ixtiyorini yoʻqotgan boʻlsa-da, uning husniga talabgor barcha shoh-u shahzodalarga bergan vaʼdasi, yaʼni faqat nard oʻyinida gʻolib chiqqanga tegaman degan fikridan qaytmaydi. Kuntugʻmish men uchun mashaqqat chekib kelibdi, deb unga tegib ketavermaydi, oʻzi koʻngil qoʻygan yigitning el-yurt oldida ham yuzi yorugʻ boʻlishini istaydi.
Dostonda Kuntugʻmishning oʻgʻillari Gurkiboy va Mohiboy xarakterlari ham chiroyli va taʼsirchan tasvirlangan. Gurkiboy bosiq, vazmin, aql bilan ish koʻradigan bola boʻlsa, Mohiboy biroz shaddod, biroz quv yigit. Biroq ikki aka-uka bir-birlariga mehribon, ota-onalariga fidoyi yigitlar. Ular mehnatsevarlik va aql bilan ish koʻrganlari uchun boshlariga tushgan qiyinchiliklami yengadilar.
Asarda Azbarxoʻja, Buvraxon, Zamonqul, Xolmoʻmin kabi qahramonlar qiyofasi oʻziga xos tarzda yoritilgan. Azbarxoʻja dastlab Kuntugʻmish bilan doʻstlashadi, soʻng oʻz manfaatini deb unga xiyonat qiladi. Buvraxon oʻziga bino qoʻygan, qahri qattiq podsho, biroq uning koʻngilchan ekanligini ham koʻramiz. Buvraxon awal Kuntugʻmish va Xolbekani oʻlimga mahkum etadi, keyinroq Azbarxoʻja xiyonati tufayli mashaqqatlarga duch kelishganini eshitib, ulami afv etadi. Azbarxoʻjani jazolaydi. Dostondagi Qosim, Xolmoʻmin, Mullavachcha, Zamonqul va boshqa obrazlar ham asarda oʻz oʻmiga ega, ularsiz Kuntugʻmish va Xolbeka taqdirini toʻlaqonli tasawur qilish qiyin.
“Kuntugʻmish” dostoni badiiy jihatdan nihoyatda yetuk asar. U yaxlit kompozitsiyaga ega, asarda kishini asosiy voqealardan chalgʻitadigan oʻrinlar uchramaydi, aksincha, har bir voqea, har bir epizod dostonni toʻldiradi.
Darsliklar
Ózbek xalq dostonlarida Vatanparvarlikning aks etishi