Bayrog’imiz — g’ururimiz tadbir senariy to’liq malumot oling

Bayrog’imiz — g’ururimiz tadbir senariy to’liq malumot oling

Mavzu: Bayrog’imiz – g’ururimiz
Mundarija скрыть

Darsning maqsadi: O’quvchilar qalbi va ongiga Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’ularini yanada chuqurroq singdirish, ularni vatanimiz tariviga, uning boy madaniy merosiga, ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalash. Shunday aziz Vatanda yashashdan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish.Davlat ramzlari muqaddasligini uqtirish

Darsning turi: Umumlashtirilgan sahna ko’rinishi darsi

O’qituvchi: -Assalomu alaykum, aziz o’quvchilar! Bugungi mavzumiz “Bayrog’imiz – g’ururimiz”.

                   Darsimiz shiori:

                  Mangu faxrim, e’tiqodu

                  Nurli iymonim mening,

                  Zar tuprog’ingni avaylash

                  Muqaddas burchim mening.

         O’zbekiston madhiyasi ijro etiladi. Sahnada Humo qushi ramzi sifatida bir o’quvchi qiz paydo bo’ladi

         Humo qushi: Bayramona saboqlaringizni eshitib, sizlarni Vatanga bo’lgan mehr-muhabbatlaringiz qay darajada ekanligini bilish uchun bu yerga uchib keldim.

         O’quvchilar: — Xush kelibsan Humo qushi, davramizga marhabo!

         Humo qushi: -Men humo qushiman, edim afsona,

                              Bugun afsonamas qarshingizdaman

                              Siz bilan bo’lurman yelkama-yelka,

                              Hur bo’lsin , gullasin shu aziz o’lka

         O’qituvchi: — Qani aziz o’quvchilar, aytinglar-chi, Vatan o’zi nima?

         1-o’quvchi: -Vatan –ota-onamiz

         2-o’quvchi: — Vatan –katta bo’lgan beshigimiz

         3-o’quvchi: — Vatan – yashab turgan xonadonimiz

         4-o’quvchi: — Vatan – ta’lim olayotgan maktabimiz.

         5-o’quvchi: — Vatan – qishlog’imiz, so’lim go’shamiz

         6-o’quvchi: — Vatan- mustaqil O’zbekistonimiz.

         O’qituvchi:- Juda yaxshi aziz bolajonlar! Qani Mustaqillik bayrog’ini bir ta’riflab beringchi

Sahnada bayroq ranglariga mos ravishda kiyingan o’quvchilar chiqib bayroqni ta’riflaydilar.

1 – o’quvchi: Ma’lumki, turkiy xalqlar makon tutgan hududlarga islom kirib kelishi bilan be yerda yashovchi xalqlarning bayroqlari ham ma’lum o’zgarishlarga yuz tutgan. Yangi chiqqan oy va yulduzlar islom dini ramzidir. Yashil rang ham Islomning ramzlaridan biri hisoblanadi.

2 – o’quvchi: Shu ramzlarning u yoki bunisi islom dinini qabul qilgan o’lkalar yoki mamlakatlar bayrog’ida hozirgi kunda ham mavjuddir. Agar dunyo mamlakatlari bayroqlarini ko’zdan kechirsak, garchi bayroqlar qaysi davlatga tegishli ekanligi yozib qo’yilmagan bo’lsa ham, qaysi davlatda islomga e’tiqod qo’ygan xalqlar yashayotganini o’sha ramzlardan bilib olamiz.

3 – o’quvchi: Bayroqning moviy ko’k rangi, osmon va tiniq suv, ya’ni ko’kdagi hayot manbalari ramzidir.

4 – o’quvchi: Oq rang tinchlik va poklikni bildiradi.

5 –o’quvchi: Yashil rang yashnab turgan hayot va hosildorlikni ifodalaydi.

6 – o’quvchi: Qizil chiziqlar har bir tirik jonzot tanasida mavjlanib turgan tiriklik manbai – qon ramzi hamda yeru osmonni bir – biriga bog’lab turuvchi tiriklik rishtasidir.

7 – o’quvchi: Yangi oy ko’p yillik an’analarimizga mos bo’lishi bilan birga, yangi paydo bo’lgan mustaqillik nishonasi hamdir.

8 – o’quvchi: Yulduzlar hamma xalqlarda tiniq osmon belgisi, ya’ni saodat ramzidir.Ularning 12 ta ekanligi osmondagi 12 ta yulduzlar burji bilan bog’liq.

                   Hamma:- Ulug’lar ruhini shod qilmoq uchun

                 Aytar bo’lsang so’zni Vatandin aytgin

         O’quvchi: — Yetmish yilki shunday qo’rqinch tush ko’rdim,

                  Zaminda qanotsiz tutqin qush ko’rdim.

                 Yo’qlikka Qodiriy, Cho’lponlar ketdi,

                  Abdurauf Fitrat, Elbek, Usmonlarim

                   Har qaysisi nuri jahonlar ketdi.

Shundan so’ng o’quvchilardan biri “Vatan yagonadir-Vatan bittadir” qo’shig’ini ijro etadi.

         O’qituvchi: Rahmat aziz bolajonlarim? Bugun Vatanimizda  mustaqillik hukm surmoqda. Mustaqilligimizni asrab-avaylash hammamizning burchimizdir. Prezidentimiz tashabbusi bilan  mustaqillikka erishganimizdan buyon har bir yil nomlanmoqda. Yilnoma varaqlanganda siz buni yanada chuqurroq bilib olasiz.           (Yilnoma varaqlanadi)

         O’quvchi:— 1991 yil 1 sentabr O’zbekiston mustaqillikka erishdi hamda Alisher Navoiy yili deb e’lon qilindi. O’zbekiston Prezidentlik saylovi bo’lib o’tdi va Islom Karimov Prezident etib saylandi.

         O’quvchi: — 1992 yil Ahmad Yassaviy yili deb e’lon qilindi va shu yili O’zbekiston Respublikasi o’z gerbi va madhiyasiga ega bo’ldi. BMT ga a’zo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

         O’quvchi: — Men baxtli o’zbekman, ozod insonman,

                      Tenglar ichra tengman, taxtim-baxtim yor.

                     Men ko’hna jahonman, yangi zamonman,

                   Xalqim taqdirida o’z  qonunim bor.

         O’quvchi: -1993 yil Mirzo Bobur yili deb e’lon qilindi. Shu yili O’zbekistonning birinchi ordeni “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi.

         O’quvchi: — 1994 yil Mirzo Ulug’bek yili deb e’lon qilindi. Xuddi shu yil iyulda O’zbekistonimizning milliy valyutasi –so’m muomalaga kiritildi

         O’qituvchi: — Shu tariqa mustaqillik yillarining  har bir o’ziga xos nomlar bilan atalib, qator jabhalardagi taraqqiyotga ezgu ishlarga bosh bo’ladi. Qani bolajonlarim, ana shunday go’zal vatanimiz boyliklari haqidagi bilimlaringizni ham bir sinovdan o’tkazsak.

         O’quvchi: — O’z xalqi;

ming yillik tarixi

o’lmas madaniyati va ma’rifati

yer usti va yer osti boyliklari…..

Shundan so’ng videotasmalarda dalalarda yetishtirilayotgan ona-zamin ne’matlari bir-bir ko’rsatiladi.

O’qituvchi:- Vatanimizning eng katta boyligi bu sizsiz, aziz bolajohlar!   Ming afsuski, Mustaqilligimizni , tinch diyorimizni ko’rolmaydigan ayrim g’animlar uchrab turgani nihoyatda achinarlidir. Bolajonlar siz doimi Vatanimizga sodiq bo’lgan holda ogoh bo’lib yashashingiz kerak.

Shundan so’ng “Yurt ishqida yonaman” qo’shig’i magnitofon lentasidan taraladi.

Humo qushi: — Ming tasanno aziz o’quvchilar! Men bu yerga kelib sizlarning ona-Vatanimizni qanchalik sevishlaringizni ko’rib, nihoyatda xursand bo’ldim.

Mavzuni mustahkamlash uchun davlatimiz ramzlari va muhim sanalarga daxldor test savollari berib bolalarning bilimlari sinaladi

Bayrog’imda moviy rang

Samodan berar darak.

Oq rangiga doimo

Yaxshilikdir mushtarak.

Yashil rangi hayotdir

Ham yashnagan tabiat.

Qip – qizil chizig’ida

Yashnagay yaxshi niyat.

Osmonda to’la yulduzlar

Bayrog’imizda belgi.

Oy- istiqlol nishoni

Mustaqillikka belgi.

 

Boshim uzra hilpiraydi bayrog`im  

Senga boqsam chaqnar ko`zim qarog`im.

Moviy,yashil,oppoq erur ranglari

Qizil chiziq tomirdagi qonlari.

Osmonimiz bo`lsin moviy musaffo

Poyi uzra yashil vodiylar paydo.

Oppoq qorlar ranglarini yashnatib,

Oy yulduzlar shu`lasini porlatib

Halpirayver ona yurtim bayrog`i

Sen erursan yuraklarining ardog`i         

 

Darsliklar
Bayrog’imiz — g’ururimiz tadbir senariy