Alisher Navoiy Tuyuqlari to’liq malumot oling

Alisher Navoiy Tuyuqlari to’liq malumot oling

Alisher Navoiy Tuyuqlari

YO LABMUDUR

Yo rab,ul shahdu shakar yo labdurur,

Yo magar shahdu shakar yo labdurur.

Jonima payvasta novak otqali,

G’amza o’qin qoshiga yolabdurur.

BORMOG’IN

Necha dedim ul sanamg’a: Bormog’in!

Qilmadi ul tark oxir bormog’in;

Munchakim xudroyliq ko’rguzdi ul,

Aql hayrat qildi tishlab barmog’in.

OLMANGIZ

Pardani ruxsorasidan olmangiz,

Hohaq o’lturdi meni shul olmangiz;

Gar anoristong’a sunsa ilgini,

Aytur: — Ul tursun,amonat,olmangiz!

YOQILUR

La’lidin jonimg’a o’tlar yoqilur,

Qoshi qaddimni jafodin yo qilur;

Men vafosi,va’dasidin shodmen,

Ul vafo, bilmanki, qilmas, yo qilur.

OLMANI OTTI NIGORIM

Olmani otti nigorim, «ol»,-dedi

«Olma birla bu ko’ngilni ol»,-dedi

So’rsam ersa olamsini rangini

«Olma rangin ne so’rursan, ol»,-dedi

Boshqa mavzular
Alisher Navoiy Tuyuqlari