“Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” to’liq malumot oling
“Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari”
Mundarija
скрыть
LOYIHA TOPSHIRIG’I
Kirish. Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 31 avgust kuni Germaniya Polsha hududiga bostirib kirishi bilan urush boshlandi va Polsha qisqa vaqtda bosib olindi. 1940 yil 10 mayda Yevropaning uch davlatini tor-mor keltirishni ko’zda tutuvchi «Gelb» operatsiyasi boshlandi. Nemis qo’shinlarining bosqini Gollandiya, Belgiya, Lyuksemburg va Fransiyaning aerodromlari, qo’mondonlik punktlari, harbiy omborlari va muhim sanoat markazlariga kuchli havo hujumi bilan boshlandi. 1940 yil 14 mayda Gollandiya taslim bo’ldi. Angliya-Fransiya va Belgiyaning katta harbiy kuchlari nemis qo’shinlari tomonidan dengizga Dyunkerk yaqinida qisib qo’yildi. Faqat ularning bir qismi Britaniya orollariga evakuatsiya qilindi, 28 mayda Belgiya taslim bo’ldi.
Dengiz bo’yidagi ittifoqchilar qo’lida bo’lgan so’nggi yirik port Dyunkerk xavf ostida qoldi. Angliya qo’mondonligi o’z qo’shinlari va Belgiya-Fransiya qismlarini evakuatsiya qilishga qaror qildi. 1940 yil 4 iyungacha davom etgan Dyunkerk operatsiyasi davomida 338000 ga yaqin kishi, shu jumladan 123 ming fransuz va belgiyaliklar olib chiqib ketildi. Bor og’ir harbiy texnika evakuatsiya hududiga tashlab ketildi va gitlerchilarning qo’liga tushdi. Angliyaliklar evakuatsiya davrida 224 ta kema va transport (sudna), hamda 106 ta samolyotdan ajralib qoldi. Vermaxtning g’arbiy Yevropadagi birinchi harbiy operatsiyasi mana shunday tugadi. Unga ko’ra, gitlerchilar Gollandiya va Belgiyaning harbiy kuchlarini taslim ettirdi va 28 ta fransuz diviziyasini tor-mor keltirdi. Nemis-fashist qo’shinlari Fransiyaning shimoldagi qo’shinlariga ketma-ket zarbalar berib, Fransiya shimolidan janub va janubi-g’arbiy tomonlarga kirib bordilar. Fransiyaning asosiy harbiy kuchlari Fransiya-Germaniya chegarasida, «Majino chizig’i»da qolib ketaverdi.
1940 yil 5 iyunda Germaniya Parij tomon hujum boshladi, 10 iyunda Italiya ham Angliya bilan Fransiyaga urush e’lon qildi va qisqa vaqt ichida ishg’ol qildi.
1940 yil 27 senyatbrda Berlinda Germaniya Italiya va Yaponiya bilan harbiy-siyosiy ittifoq to’g’risida uchlar ahdnomasini imzoladi. Bunda birlashib harakat qilish va dunyoni ta’sir doiralariga bo’lib olish to’g’risida kelishib olindi. Yaponiya Germaniya va Italiyaning Yevropa va Afrikada hukmron bo’lishiga, Germaniya va Italiya esa Yaponiyaning Osiyoda hukmron bo’lishiga rozilik bildirdi. Berlin ahdnomasi Angliya va AQSHga ham qarshi qaratilgan edi.
1941 yil 22 iyunda erta tongda Gitler Germaniyasi xiyonatkorona ravishda SSSRga hujum boshladi. Germaniya bilan birga Italiya, Ruminiya, Vengriya, Finlyandiya va Slovakiya ham SSSRga qarshi urush boshladilar. Germaniya va uning ittifoqchilari o’z qurolli kuchlarining 65-70 %ni SSSRga qarshi qo’ydilar. Germaniya o’zining o’sha vaqtdagi 214 diviziyasi va 7 brigadasidan 152 diviziyasi va 2 brigadasini, ya’ni 5,5 mlnga, yaqin soldat va ofitserini, ittifoqchilari 38 diviziyani hammasi bo’lib 190 diviziyani, tank va mexanizatsiyalashgan 35 diviziyani (3,5 ming tankni) 5000 ga yaqin samolyotni, 50 mingdan ortiq to’p va minomyotni SSSRga qarshi tashladilar. Fashist Ispaniyasi «Zangori diviziyasi» bilan, Vishi hukumati «Ko’ngillilar Legioni» bilan SSSRga qarshi urushda ishtirok etdi. Podsho Bolgariyasi Germaniyaga yordam ko’rsatib turdi. II-jahon urushining doirasi kengayib bordi. 1941 yil 7 dekabrda Yaponiya urush e’lon qilmay, AQSH va Angliyaning Tinch okeandagi harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlariga hujum qilib, jiddiy zarar yetkazdi. Pirl-Xarbor (Gavay orollari)ga hujumi natijasida AQSHning Tinch okeandagi harbiy kemalarining deyarlik yarmisi yo’q qilindi. AQSHning Pirl-Xarbordagi talofati juda og’ir talofat bo’ldi: shu bazadagi 8 linkorn ishdan chiqarildi, uning yarmisi cho’ktirib yuborildi; 316 samolyoti shikastlandi va yakson qilindi; 3 mingga yaqin amerikaliklar halok bo’ldi.
Yaponiya tezlik bilan hujum boshlab, 1941 yil oxiri — 42 yil boshida Tailand, Birma, Gonkong, Indoneziya orollari, Singapur va Filippinni ishg’ol qildi. AQSHva Angliyaning Tinch okeandagi bir qator orollarini (Guam, Ueyk, Yangi Britaniya, Yangi Gvineyaning bir qismi va boshqalarni) egalladi.
Yaponiya Tinch okeanda urush harakatlarini boshlab yuborgandan keyin, o’sha 1941 yil 11 dekabrda Germaniya va Italiya AQSHga qarshi, 8 dekabrda AQSH, Yaponiyaga, so’ng Germaniya va Italiyaga qarshi, Angliya o’z dominionlari bilan birga Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildilar. Xitoy rasmiy ravishda Yaponiya, Germaniya va Italiyaga qarshi urush e’lon qildi. Uch agressiv davlat- Germaniya, Italiya va Yaponiya 1941 yil 11 dekabrda Uchlar ahdnomasiga (1940 y) qo’shimcha yangi harbiy ahdni imzoladilar: birgalikda va barcha vositalar bilan Angliya va AQSHga qarshi urush olib borish, o’zaro roziliksiz ular bilan yarashmaslik va sulh tuzmaslik majburiyatlarini oldilar. Ular harakat zonalarini ham belgilab olishdi. Stalingrad jangi II-jahon urushida tubdan burilish jangi bo’ldi, bu jang Yaponiya bilan Turkiyaning SSSRga qarshi urush boshlash rejalarini barbod qildi. 1941 yil noyabrida general Montgomeri qo’mondonligidagi ingliz qo’shinlari hujumga o’tib, 1942 yil yanvarida Kirenaikani egalladilar. 1943 yilning 20-21 martida ittifoqchilar hujumni davom ettirdilar. Italyan-nemis qo’shinlari ko’p talofat ko’rib, O’rta yer dengizi qirg’oqlariga chekindilar. Angliya-Amerika armiyasi Tunisni ishg’ol qildilar va nihoyat 1943 yilning 12 mayida Shimoliy Afrikada italyan-nemis qo’shinlari taslim bo’ldi. Bu g’alaba ittifoqchilar uchun ikkinchi frontni ochish uchun imkoniyat tug’dirib berdi.
1944 yil 25 avgustda fransuz vatanparvarlari tomonidan ozod qilingan Parijga kirdilar va Fransiya respublikasi muvaqqat hukumati Londondan Parijga keldi. 1944 yilning sentyabrida ittifoqchilarning qo’shinlari Fransiyani, Lyuksemburgni, Belgiyani va Gollandiyaning bir qismini ozod qildilar, hamda Germaniya chegarasiga o’tdilar. 1944 yil oxiri va 1945 yil boshiga kelganda kuchlar nisbati to’la Sovet armiyasi foydasiga o’zgargandi. Lekin dushman hali kuchli edi, uning 204 diviziyasi Sovet-German frontida edi, faqat 70 dan kamroq diviziyasi g’arbiy yevropa frontida edi. 1945 yil aprel o’rtalarida gitlerchilar Sovet qo’shinlariga qarshi 214 diviziya va 14 brigada, ittifoqchilarga qarshi 60 diviziyaga ega edi. 1945 yilning 16 aprelidan Berlin operatsiyasi boshlandi. 23 aprelda Sovet qo’shinlari Berlinga kirdilar, 25 aprelda Berlin hamma yoqdan qurshab olindi. G’arbdan ittifoqchi qo’shinlar Reyndan o’tib, Elba daryosi tomon yurdilar va 25 aprelda Sovet qo’shinlari Amerika qo’shinlari bilan uchrashdilar.1945 yil 25 aprelda Shimoliy Italiyadagi xalq qo’zg’oloni natijasida Mussolini rejimi bitirildi, qo’lga tushgan Mussolini partizan sudi hukmi bilan 28 aprelda osib o’ldirildi. 1945 yil 8 mayda SSSR, AQSH, Angliya va Fransiya qo’mondonliklarining vakillari ishtirokida Germaniya qo’mondonligining vakillari (Keytel va boshqalar) Germaniyaning so’zsiz taslim bo’lganligi to’g’risidagi aktga imzo chekdi. O’rta maxsus o’quv yurtlari tarix darslarida ushbu ma’lumotlarni o’qituvchi tomonidan ma’ruza yoki hikoya tarzida berib o’tilishi o’quvchilarda to’liq tasavvur hosil qilmaydi va yetarli darajada ko’nikma va malakaga ega bo’lishmaydilar.
Loyiha doirasida o’z yechimini topuvchi, muammo: Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari mavzusini turli manba va adabiyotlar asosida o’rganib tasavvur hosil qilgach, ijtimoiy-iqtisodiy hayot haqida slayd, hujjatli fi’lm, intervyu namunalarini o’zlari tayyorlab, tarixiy davr haqida batafsil ko’nikma va malakaga ega bo’lish
Loyiha maqsadi: Mavzuni loyiha metodi asosida yoritib,yangi bilim va ko’nikmalarni hosil qilish
Yakuniy natija: Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari mavzusini yoritib beruvchi manbalar to’plami, mavzuga oid slayd , davr muhitini tasvirlovchi hujjatli fi’lm, intervyudan iborat ko’rgazmali axborotlar majmuasi.
Foydalanuvchilar: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tarix fani o’qituvchilari, tarix o’qitish metodikasi yo’nalishi talabalari va o’quvchilar
Loyiha doirasi:
bajarish muddati: 1 oy
ishtirokchilar soni: o’nta
Loyiha tuzilishi va mazmuni
Kirish – ma’lumotli axborotning mohiyati va vazifasi ochib beriladi.
Loyiha mavzusini yoritib beruvchi, axborot.
Foydalanilgan manbalar ro’yxati.
Bo’lajak tarix o’qituvchisi ushbu mavzuni guruh bilan ishlashga kelishib olindi.Laboratoriya mashg’uloti guruh a’zolari ishtirokida Kirish suhbatini o’tkazish bilan boshlanadi.Kirish suhbati “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusida bo’lib, bu suhbat jarayonida mavzu orqali loyiha faoliyatiga cho’mishga hozirlaydi. Kirish suhbatida o’quvchilarning mavzu bo’yicha qanchalik ma’lumotlarga egaligi, mavzuni qay tarzda qiziqarli o’rganish mumkinligini aniqlashtirib oladi. Bo’lajak tarix o’qituvchisi “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusi orqali XX asrning birinchi yarmidagi siyosiy voqealar , jahon mamlakatlarining olib borgan siyosatlari, Ikkinmchi jahon urushining asosiy jang harakatlari va ularning yakunlari, oqibatlarining tub mohiyatini ochib berishni muammo tarzida qo’yadi. O’quvchilar bu muammoni o’rganish uchun loyiha rejalashtiradilar.Loyiha rejasini tub mazmuni mavzuni darslik mavzusiga qaraganda yanada yorqin, batafsil, qiziqarli va chuqur tarzda o’rganishni taqozo etadi. Muhokama jarayonida bo’lajak tarix o’qituvchisi o’quvchilarga “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari”mavzusiga oid ushbu adabiyotlarni tavsiya etadi:
Lafasov M. Jahon tarixi 1918-2013 yillar .Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik T.Turon-iqbol 2013 y.
Hidoyatov. G.Jahon tarixi. Eng yangi davr. Birinchi qism (1914-1945) Toshkent-2000 y.
3. Z.R. G’arb mamlakatlarining Eng yangi tarix (1939-1972) 2-kitob, Toshkent-1976 y.
Vtoraya mirovaya voyna (1939- 1945) v 12-ti tomax. Moskva-1973-1982 g.g.
5. Google.uz www. Ziyonet.uz
Bo’lajak tarix o’qituvchisi “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari”mavzusini o’quvchilardagi qiziqishni yanada orttirish uchun adabiyotlardan parchalar keltiradi:
«Adolf Gitlerni o’zim yoqqanman…»
Gitlerniig shaxsiy haydovchisi Erix Kempka 1950 yilda o’z xotiralarini nashr qildirdi. Uning guvohliklari hazilu shumliklardan yiroq. U o’z vaqtida «mutlaqo siyosatga begona shaxs» degan nom qoldirgan edi.1945 yil 30 aprel, ayni tush payti.
* * *
Doktor Shtumpfegter va Linge qop-qora askar yoping’ichiga o’ralgan Adolf Gitler jasadini ko’tarib chiqishdi. Shefning yuzi qosh-ko’zlarigacha yopib qo’yilgan, butunlay oqarib ketgan sochlari orasidan bo’zarib ketgan peshonasi ko’rinar, chap qo’li yopinchiqdan chiqib, pastga osilib qolgan edi.Orqalaridan Martin Borman Yeva Gitler murdasini ko’tarib kelardi, yengil qora ko’ylak kiygan marhuma uning qo’llarida uxlab qolganday ko’rinardi. Uning qo’ng’iroq sochli boshi orqasiga qayrilib tushdi. Bu manzara meni marhum shef jasadidan ko’ra kuchliroq larzaga soldi. Gitlerning murdasi hamon o’rog’likcha, bunker tarafga oyoq uzatib yotar — uni shunday yerga qo’yishgan edi. Uzun qora shimining pochalari ko’tarilib qolgandi. Gyunshe ikkalamiz Yeva Gitler jasadini uning eri yoniga qo’ydik. Hamon atrofda o’ris snaryadlari portlar, go’yoki xuddi shu daqiqalarda zarba ikki karra zo’raygandek edi. Men nafas rostlab olish uchun orqaga — bunkerga o’tildim. So’ngra bak to’la benzinni olib, yugurib chiqdim-da, murdalar yoniga qo’ydim. Darhol egilib, Gitlerning chap qo’lini to’g’rilab, tanasiga yaqin surdim. Uning oppoq sochlarini shamol o’ynar edi.Men idishning qopqoqchasini oldim.
Shunday yonginamizda snaryadlar portladi. Bizni chang-tuproq bosib qoldi. Oskolkalar har tarafga vizillab uchardi. Biz jon saqlash uchun yana bunkerga qaytdik.Asabiy tanglik so’nggi nuqtasiga yetgandi. Biz jasadlarga benzin sepish uchun snaryadlar portlashi kamayuvini sabrsizlik bilan kutardik. Nihoyat men Gitlerning so’nggi buyrug’ini bajarish uchun otildim va ming mashaqqatlar bilan o’z-o’zimni majburlab murdalar ustiga benzin quyib chiqdim.Butun vujudimni titroq bosdi. O’z-o’zimni idrok qilolmay qolgan lahzalar ham bo’ldi.«yo’q, men bunday qilolmay-man!»—degan o’y ko’p o’tdi xayolimdan.Lekin baribir javobgarlik hissi menga yordamga keldi. Men bilan yonma-yon Gyunshe va Linge ham Gitler va uning rafiqasi oldidagi o’z burchlarini bajarishayotgan edi. Murdalarning kiyimlarini, ular to benzin shimib shalabbo bo’lmaguncha, shamol tinmay hilpiratib o’ynar edi.Gyunshe va Linge ham Adolf Gitlerning so’nggi topshirig’ini bajarisharkan, ichki bir kurashni boshdan kechirishayotganliklari aniq sezilib turardi.Snaryadlar hamon tinimsiz portlardi. O’lim xavfini ham unutib, men bunkerdan ketma-ket benzin to’la idishlarni olib chiqaverdim. Murdalar ustiga to’kaverdim. Beton devor oqayotgan benzin yo’lini to’sdi. Murdalar yotgan joyda ko’lmakcha hosil bo’l-di. Ularning kiyimlari hamon benzin shimib olayotgandi. Biz yana benzin olib chiqish uchun bunkerga otilib kirdik. Ammo shunda shturm shunchalik zo’raydiki, tashqariga chiqish mutlaqo mumkin bo’lmay qoldi. Faqat mo’jiza tufayligina omon qoldik. Bunkerdan chiqaverishda, bu dahshatli vazifani bajararkanmiz, Gebbels, Borman va do’xtir Shtumpfegterlar ham biz bilan yonma-yon turishardi. Hammamiz do’zax ichida qolganday edik. Ammo qanday qilib benzinni o’t oldirsak ekan endi? Granata uloqtirib yoqish taklifini men rad qildim. Tasodifan bunker ostonasida o’ralib yotgan o’t o’chirish shlanglari orasidagi lattaga ko’zim tushib qoldi.
— Ana latta bor ekan!— qichqirdim hayajonda.
Gyunshe darhol uni olib keldi. Shu ondayoq lattaga benzin quyib:
— Gugurt!— deb baqirdi u.
Gebbels cho’ntagidan gugurt qutichasini chiqarib, menga uzatdi. Men lattaga o’t qo’ydim. Olov gurillab ketmasidan, men yonayotgan lattani benzin shimib yotgan murdalar ustiga uloqtirdim.
Hammamiz nafas yutgancha, tosh qotib qarab turardik. Bir daqiqa ham o’tmay, bahaybat gulxan paydo bo’ldi, qop-qora tutun ko’kka o’rladi.O’t ichida qolgan poytaxtda bu ulkan va yovuz qora gulxan juda qo’rqinchli manzara kasb etgandi.Gebbels, Borman, do’xtir Shtumpfegter, Linge, Gyunshe va men hamon toshday qotgancha bu fojiani kuzatardik. Olov asta-sekin murdalarni yutib yubormoqda edi. Biz, oltovlon, hammamiz shef va uning rafiqasi bilan so’nggi bor vidolashdik. So’ngra yuraklarimizni bu voqealar dahshati bosgancha, bunker ichkarisiga tushdik.Benzin yonib tugay deb qoldi. Ammo murdalar hali to’lig’icha kuyib ko’mir bo’lmagan edi. Tamomila so’nib ulgurmagan gulxanga benzin sepishning iloji yo’qligidan yana bir qancha muddat kutib turishga to’g’ri kelardi. Ammo o’ris to’pchilari otishmani to’xtatishmadi. Jasadlar kuyib kul bo’lmaguncha benzin sepib, o’t yoqishimiz mumkin emasdek tuyulardi.Murdalarga o’t qo’yish soat 14-00da boshlanib to 19 dan 30 daqiqa o’tguncha cho’zildi. Haddan tashqari og’ir sharoitlarda, naq o’lim xavfi ostida qolib, yana bir necha yuz litr benzin topishga to’g’ri keldi. Biz bunkerga qaytib kelgani-mizda, u yerda butun shtab to’plangan ekan. Ayrimlar fyurer va uning rafiqasi hurmati uchun yana bir bor tashqariga chiqib tushdilar. Hukumat mavzeining komendanti, brigada fyureri Monke, politsiya generali Rattenguber kabi janglarda chiniqqan ofitserlarning ko’zlaridan tinmay yosh oqar edi. Garchi bu voqealar ko’pchiligimiz uchun kutilmagan hodisalar bo’lmasa-da, fyurerning endi oramizda yo’qligi — bizni qattiq larzaga solgan edi. Bu qarorgohda hukm surgan osoyishtalikdan Adolf Gitler o’lgach, asar ham qolmagandi. Hamma qattiq iztirobda qolgan, endi nima bo’lishini hech kim bilmas edi. Hammani qo’rquv zabt etgandi.
Reja muhokamasi jarayonida “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” ga oid quyidagi jihatlar ajratib olinadi:
-Ikkinchi jahon urushini boshlanishi va asosiy janglar
-Ikkinchi jahon urushi yakunlari
Ushbu holatda o’quvchilar Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari haqida tasavvur qilish uchun loyiha metodi asosida ish olib borishadi. Shu tariqa loyiha ustida asosiy ish – izlanish tadqiqot faoliyati boshlandi.Faoliyat boshidayoq o’quvchilar yangi ma’lumotlarni to’plash, uni tahlil qilish, tuzilmalarga bo’lish, rasmiylashtirish, asosiysi izlanishlar davomida o’z imkoniyatlarini anglay boshlaydilar. Ushbu kichik guruh o’zlariga sardor saylaydi. Har bir ishtirokchining ishi taqsimlanib, o’qituvchi va konsultant bilan maslahat uchun uchrashuv vaqti kelishib olinadi.
LABORATORIYA ISHINI BAJARISH JARAYONI
O’rta maxsus ta’limi o’quv yurtlari o’quvchilaridan tuzilgan guruhlar avvalo, M.Lafasovning Jahon tarixi (1918-2013 yillar) Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darsligidan “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusini o’qib chiqib, tarix o’qituvchisi tomonidan tavsiya etgan adabiyotlarni ARMlar bazasidan, internet saytlaridan ma’lumot yig’ib chiqadilar. O’quvchilar to’plagan ma’lumotlari asosida slayd tayyorlashadi. Shu o’rinda o’quvchilarga slayd tayyorlash texnikasi o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi. Slayd tayyorlashda Power Point dasturidan foydalaniladi. Power Point – bu grafik dasturlar paketi bo’lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slayd filmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.
O’quvchi slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni to’g’ri foydalanishi talab etiladi. Masalan o’quvchi “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusida slayd tayyorlayotganda uning samaradorligini oshirish uchun tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va xokazo animatsiyalardan foydalanib mavzuni yoritish mumkin. Slayd – bu prezentatsiyaning alohida kadri bo’lib, o’z ichiga matnni, sarlavhalarni, grafik va diagrammalarni olish mumkin. O’quvchi tarixiy mavzuga oid slayd tayyorlayotganda dizayn qolipiga alohida e’tibor berishi lozim. O’quvchi mavzudan kelib chiqqan holda, II Jahon urushi davomida harbiy harakatlar, davlatlararo o`zaro siyosiy paktlar, shartnomalar va turli ko`rinishdagi kelishuvlar, o`zaro harbiy yordamga qaratilgan rejalar), urush yo`nalishlari ko`rinishlarini tasvirlab, dizayn berilishi mavzuni samaradorligini oshiradi.
Slaydda o’quvchi mavzuga oid materiallarni sodda va ravon tarzda berishi kerak: Ikkinchi jahon urushining asosiy sabablari, asosiy maydonlari, tarixiy shaxslar, ularning tarixda tutgan o’rni, urushning yakunlari va oqibatlarini aks ettirishi lozim. “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusini yanada kengrpoq yoritish uchun hujjatli filmlardan foydalanishi mavzuning mazmun mohiyatini kengroq ochib beradi. Filmlardan tarix darslarida foydalanish dars mavzusi, dars turi va boshqa holat va sharoitlarga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Dars jarayonida filmlardan to’la foydalanish mumkin, uning bo’limlardan va qism yoki lavhalaridan foydalanish mumkin. Kinofilmni namoyish qilish darsning turli xil bosqichlarida amalga oshirish mumkin. Film boshlanishdan oldin o’quvchilar filmni maqsadini, unda nimalar tasvirlangannini, qanday savollarga qo’uvchilar javob topishini kirish suhbatida tushuntiradi. Film namoyishi jarayonida o’qiuvchi ko’rsatilayotgan kinolavhalarga izoh berib borish lozim. Kerakli joylarda film namoyishini to’xtatib bilimlarni chuqurlashtirishi mumkin. Filmda keltirilgan dalilllar, mulohazalar, ta’surotlar, ilgari olingan bilimlar bilan solishtiriladi. Filmda olingan bilimlari bilan darslik matnini orasidagi aloqalar ochib beriladi.
Kinofilmlar darsga o’ziga xos xususiyatlarni beradi, o’quvchilarni bilish faoliyatini jadvallashtiradi, bilimlarni bevosita ko’rish orqali o’zlashtirishga imkon beradi, filmda tarixiy voqea va hodisalarni sodir bo’lishini kuzatishga imkon beradi.
Agar mavzuga doir ko’plab filmlar yig’ilsa, filmlar saralanib aynan mavzuga doir qismlari ajratib olinadi. Hujjatli filmlardan ajratilgan qismlarni birlashtirib, mavzuga doir bitta hujjatli film qilish uchun, kompyuter grafikasi (Ulead Video Studio programmasi va boshqasi) dan foydalaniladi.
Ulead VideoStudio dasturini quyidagicha faollashtirish mumkin:
Agar Ulead VideoStudio belgisi kompyuter ishchi stolida turgan bo`lsa, u holda sichqonchani shu belgiga keltirib sichqonchaning chap tugmasi 2 marta bosiladi. Natijada ekranda Ulead VideoStudio dasturining ishchi stoli paydo bo`ladi. Kerakli video yoki hujjatli filmni unga yuklab olamiz. Yuklangan videoni kerakli qismlari belgilanib, uskunalar panelidagi qaychi orqali kesib olinadi. Qirqilgan video hujjatlarni yuqoridagi dastur orqali birlashtirib, yangi hujjatli film yaratiladi.
Agar o’quvchi mavzuga turli qarashlar bilan yondoshsa ,unda tanqidiy fikrlar yuzaga keladi. Shu nuqtai nazardan o’quvchi o’z fikr mulohazalarini soha mutaxassisi bilan o’rtoqlashsa,fikr almashsa,mavzuning yangi qirralari ochilishi mumkin. Bu o’rinda intervyu metodidan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.Intervyu 2 xil usulda amalga oshiriladi:diktafonda ovozni yozib olish orqali,kamerada tasvirga olish orqali.
O’quvchi intervyu olishi uchun quyidagi jihatlarga etibor qaratish lozim:
mavzu va o`rganilayotgan davr haqida umumiy ma’lumotga ega bo`lish kerak;
intevyu berayotgan shaxs mutaxassis yoki tarixchi bo`lishi lozim, chunki intervyu jarayonida ochib berilayotgan mavzu yanada tiniqlashadi;
intervyu olayotgan shaxs berayotgan savollarining aniq, tushunarli va konkretligiga e’tibor qilishi kerak;
intervyu olayotganda so`zlashuv uslubidan chikinib, adabiy til me’yorlarida gapirishi maqsadga muvofiq;
intervyu olish jarayonida mavzu yuzasidan barcha elementar narsalarni nazardan qochirmaslik lozim;
intervyu oluvchi shaxs javob berilayotgan vaqtda so`zlovchi nutqini bo`lmasligi lozim, aks holda uning fikridan chalg`itishi mumkin;
Intervyu berishda quyidagi jihatlarga etibor qaratish lozim:
eng avvalo intervyu oluvchi shaxs berayotgan savollarni to`g`ri tahlil qilib, ularga aniq va atroflicha javob berishi lozim;
hech qanday chalg`ituvchi va noaniq ma’lumotlarni bermasligi shart;
aytiladigan ma’lumotlari aniq va manbalarga tayangan bo`lishi kerak;
har bir aytilgan ma’lumot iloji boricha misollar orqali qiyosiy tarzda berilishi kerak;
berilgan savoldan chetga chiqmasdan, unga to`liq va konkret faktlarga asoslanib javob berish lozim.
O’quvchi: Ro’ziqul Nasimovich! Ikkinchi jahon urushining asosiy janglari va ularning mohiyatini tushuntirib bersangiz?
“Umumiy tarix ” kafedrasi dotsenti t.f.n R.Tolibov:
Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixining eng ayanchli davri hisoblanadi.Bu urush nihoyat darajada keskinlik bilan davom etdi. Ikkinchi jahon urushida Sovet-German fronti urushning hal qiluvchi fronti bo’lib qoldi. 1942 yil noyabrida Gitler Germaniyasining va uning sheriklarining Sovet-German frontidagi diviziyalari soni 268 ta, 1943 yil avgust-sentyabrida 230 ta edi. 1943 yil avgustida Gitler Germaniyasining 294 diviziyasidan 196 tasi, 1945 yil 313 diviziyasi va 32 brigadasidan 185 tasi va 21 brigadasi SSSRga qarshi qo’yildi. Holbuki, g’arbiy frontda 1941 yilda Germaniyaning 10-11 ta diviziyasi, 1941-1942 yillarda Shimoliy Afrikada Germaniya va Italiyaning 15 ta diviziyasi, 1945 yil yanvarida g’arbiy frontda va Italiyada 108 diviziyasi harakat qildi, xolos.
1941 yilning yozida Angliya va «Ozod Fransiya» qo’shinlari gitlerchilarning Iroq, Suriya va Livandagi qo’poruvchilik faoliyatiga, SSSR va Angliya gitlerchilarning Eron territoriyasidagi hatti-harakatiga zarba berdilar.
II-jahon urushining doirasi kengayib bordi. 1941 yil 7 dekabrda Yaponiya urush e’lon qilmay, AQSHva Angliyaning Tinch okeandagi harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlariga hujum qilib, jiddiy zarar yetkazdi. Pirl-Xarbor (Gavay orollari)ga hujumi natijasida AQSHning Tinch okeandagi harbiy kemalarining deyarlik yarmisi yo’q qilindi. AQSHning Pirl-Xarbordagi talofati juda og’ir talofat bo’ldi: shu bazadagi 8 linkorn ishdan chiqarildi, uning yarmisi cho’ktirib yuborildi; 316 samolyoti shikastlandi va yakson qilindi; 3 mingga yaqin amerikaliklar halok bo’ldi. Yaponiya tezlik bilan hujum boshlab, 1941 yil oxiri — 42 yil boshida Tailand, Birma, Gonkong, Indoneziya orollari, Singapur, va Filippinni ishg’ol qildi. AQSH va Angliyaning Tinch okeandagi bir qator orollarini (Guam, Ueyk, Yangi Britaniya, Yangi Gvineyaning bir qismi va boshqalarni) egalladi.
Yaponiya Tinch okeanda urush harakatlarini boshlab yuborgandan keyin, o’sha 1941 yil 11 dekabrda Germaniya va Italiya AQSHga qarshi, 8 dekabrda AQSH, Yaponiyaga, so’ng Germaniya va Italiyaga qarshi, Angliya o’z dominionlari bilan birga Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildilar. Xitoy rasmiy ravishda Yaponiya, Germaniya va Italiyaga qarshi urush e’lon qildi. Uch agressiv davlat- Germaniya, Italiya va Yaponiya 1941 yil 11 dekabrda Uchlar ahdnomasiga (1940 y) qo’shimcha yangi harbiy ahdni imzoladilar: birgalikda va barcha vositalar bilan Angliya va AQSHga qarshi urush olib borish, o’zaro roziliksiz ular bilan yarashmaslik va sulh tuzmaslik majburiyatlarini oldilar. Ular harakat zonalarini ham belgilab olishdi. Bu paytda esa,ya’ni 1941 yil oxiriga kelib SSSR, Angliya va AQSHdan iborat antifashistik kaolitsiya vujudga keldi.
Gitlerchilar Sovet-German frontining eng asosiy vazifasi Moskva tomon borish deb bilib, 80 ga yaqin diviziyasini va katta harbiy-havo kuchlarini shu tomonga tashladi. Ular noyabrning oxiri va dekabr oyining boshlarida Moskvaga 23-25 kmgacha yaqinlashib keldilar, 1941 yilning 5-6 dekabrida boshlangan qarshi hujum natijasida dushmanning 50 tacha diviziyasi majaqlandi va 1942 yilning 23 fevraligacha dushman Moskva yonidan 120-400 km g’arbga uloqtirib tashlandi. Nemis-fashist armiyasining «engilmasligi» to’g’risidagi afsona «Barbarossa rejasi» uzil-kesil barbod bo’ldi.
Dushman 1942 yilning iyun oxirida katta kuch bilan yana hujumga o’tdi. Biroq, Sovet qo’shinlarining yangi shiddatli janglari natijasida 1942 yilning 19 noyabridan 1943 yilning 2 fevraligacha nemis-fashistlarning 330 minglik 2 ta armiyasi tor-mor qilindi. Bulardan 147 mingi halok bo’ldi, 91 mingdan ortig’i feldmarshal Pauls boshchiligida asir olindi. Italyan, rumin va venger diviziyalari yakson qilindi, hammasi bo’lib dushman 800 mingdan ortiq soldat va ofitserini, 2000 tank, 3 ming samolyot, 70 ming avtomashinasini yo’qotdi. Germaniyada umumiy motam e’lon qilindi. Nemis-fashistlar ikkinchi frontning ochilmaganidan foydalanib, 1943 yilning yozida Sovet-German frontida o’zlarining 257 diviziyasini to’pladilar. Kursk yonida ular «Sitadel» deb nomlangan operatsiyani amalga oshirish uchun 900 ming soldat va ofitserini, 10 mingga yaqin to’p va minomyotni, 3 mingga yaqin tank va o’zi yurar to’plarni, 2 mingdan ortiq samolyotni tashladilar. 1943 yilning 5 iyulida ular hujum boshladilar, biroq, 12 iyulda Sovet qo’shinlari qarshi hujumga o’tib 23 avgustgacha dushmanning katta kuchini tor-mor qilib tashladi. Dushman o’zini o’nglab ololmaydigan darajaga kelib qoldi. Kursk ostonasidagi jang 2-jahon urushining eng katta janglaridan biri hisoblanib, tubdan burilish tugallandi. Faqat Kursk ostonasida dushmanning 30 ga yaqin diviziyasi yakson qilindi. Nemis-fashistlarining Stalingrad ostonasida so’ngra Kursk yonida bo’lgan katta mag’lubiyati yevropada fashizmga qarshi milliy- ozodlik kurashining boshlanishiga olib keldi. Yugoslaviya, Fransiya, Italiya, Chexoslovakiya, Polsha, Bolgariya, Albaniya, Gretsiya, Ruminiya, Norvegiya, Gollandiya va boshqa mamlakatlarda bunday kurashlar o’sdi. Osiyoda va Tinch okean havzasida -Xitoyda, Koreyada, Hindi-Xitoyda, Filippin orollarida, Birma, Malayya va Indoneziyada erksevar xalqlar Yaponiya bosqinchilariga qarshi milliy-ozodlik kurashini boshladilar. 1941 yil kuzida Angliya-Amerika qo’shinlarining asosiy qismi Shimoliy Afrikada edi. Dushman asosiy kuchlarining Sovet-German frontida bo’lishi Angliya-Amerikaga Shimoliy Afrikada xujumga o’tish imkoniyatini tug’dirdi. 1941 yil kuzida Shimoliy Afrikada Germaniya va Italiya 100 ming kishilik harbiy kuchga, Angliya esa 150 ming kishilik harbiy kuchga ega edi. 1941 yil noyabrida gen. Montgomeri qo’mondonligidagi ingliz qo’shinlari hujumga o’tib, 1942 yil yanvarida Kirenaikani egalladilar. Lekin general Rommel qo’mondonligidagi nemis-italyan qo’shinlarining qarshi hujumlari natijasida inglizlar yana Misrga Al-Alamaynga chekindilar. 1942 yilning 23 oktyabrida ingliz qo’shinlari qarshi hujumga o’tib, agressorlarni Misrdan surib chiqardilar, Kirenaika va Tripolitaniyani egalladilar. 1942 yilning 8 noyabrida Amerika generali Eyzenxauer boshchiligidagi 700 ming kishilik ingliz-amerika qo’shinlari uch guruhga bo’linib hujum boshladi va Shimoliy-g’arbiy Afrika, Fransiya Marokashi va Jazoir hududlarini egallab Tunis hududiga kirdilar. 1943 yilning 20-21 martida ittifoqchilar hujumni davom ettirdilar. Italyan-nemis qo’shinlari ko’p talofat ko’rib, O’rta yer dengizi qirg’oqlariga chekindilar. Angliya-Amerika armiyasi Tunisni ishg’ol qildilar va nihoyat 1943 yilning 12 mayida Shimoliy Afrikada italyan-nemis qo’shinlari taslim bo’ldi.
O’quvchi :Ikkinchi jahon urushiningqay tarzda yakun topdi?
“Umumiy tarix ” kafedrasi dotsenti t.f.n R.Tolibov:
Potsdam Konferensiyasida militaristik Yaponiyani tezlikda tor-mor qilish masalasi ham ko’rib chiqilgan edi. 1945 yil 6 va 9 — avgustda prezident Trumen buyrug’i bilan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasini tashladilar. Xirosima butunlay vayron qilindi. Hammasi bo’lib 300 mingga yaqin kishi halok bo’ldi, 200 mingga yaqin kishi yarador, mayib-majrux bo’lib qoldi. Xirosimaga tashlangan bombaning quvvati 12 kiloton edi. Sovet hukumati Yaponiyaning urush davridagi antisovet pozitsiyasini hisobga olib, 1945 yil 8 avgustda 9 avgustdan boshlab Yaponiyaga qarshi urush boshlashini bildirdi.
Sovet-Yaponiya frontidagi kuchlar nisbati (1945 yil avgust)
Harbiy kuchlar |
SSSR |
Yaponiya |
Nisbati |
Odam soni |
1500000 |
1200000 |
1,2:1 |
To’plar va minamyot |
26000 |
8500 |
3,5:1 |
Tank va o’zi yurar to’plar |
5500 |
1155 |
5:1 |
Samolyotlar |
3800 |
1800 |
2,1:1 |
9 avgustda Sovet qo’shinlari shiddatli hujumlarini boshlab yubordi va 1945 yilning 2 sentyabrida Yaponiya so’zsiz taslim bo’lish aktiga imzo chekdi. Janubiy Saxalin va Kuril orollari SSSRga o’tdi. Yaponiyaning taslim bo’lishi bilan 2-chi jahon urushi ham tugadi. II-jahon urushi 6 yil davom etdi va deyarli barcha mamlakatlarni o’ziga tortdi. Urushda 61 davlat ishtirok etdi, 40 ta mamlakat hududida urush xarakatlari bo’ldi. Jahon aholisining 80 % urushda faol qatnashishga majbur bo’ldi. Hammasi bo’lib, 110 mln kishi qurollantirildi, 60 mlnga yaqin kishi halok bo’ldi, 35 mln kishi mayib-majruh bo’lib qoldi. Yevropadagi qamoq va o’lim lagerlarida 12 mlndan ortiq kishi halok bo’ldi. Urushda AQSH 300 ming, Angliya 250 ming, SSSR 24 mln, Germaniya 12; mln, Polsha 6 mln kishisidan ajraldi. II-jahon urushi keltirgan zararlar 3 trillion 300 mlrd dollarga yetdi. Harbiy harajatlarni ham qo’shib hisoblaganda 4 trillion dollarga tenglashdi. SSSR ko’rgan zarar 2 trillion 600 mlrd. so’mga yetdi. Sovet-German frontida hammasi bo’lib, 507 ta nemis diviziyasi va uning ittifoqchilarining 100 ta diviziyasi tor-mor qilindi. SSSR ittifoqchilari-AQSHva Angliya dushmanning 176 diviziyasini tor-mor qildilar. Dushmanni tor-mor qilishda Sharqiy frontning roli katta bo’ldi. AQSHning sobiq davlat kotibi Stetinnus o’z asarlarining birida (1950 y) shunday deb yozadi: «Amerika xalqi o’zining 1942 yilda halokat yoqasida turganini esdan chiqarmasligi kerak. Agar Sovet Ittifoqi o’z frontini ushlab qolmaganda, nemislar Buyuk Britaniyani zabt etish imkoniyatiga ega bo’lardilar. SHuningdek, ular Afrikani bosib olishga so’ngra esa Lotin Amerikasida platsdarm yaratishga qodir bo’la olar edilar». 1945 yil 8 avgustda London shahrida SSSR, AQSH, Angliya va Fransiya vakillarining konferensiyasi bo’lib, bunda Xalqaro harbiy tribunal tuzish va uning nizomini ishlab chiqish masalasi ko’rildi, hamda fashistik harbiy jinoyatchilar ustidan sud jarayonini olib boradigan Xalqaro harbiy tribunal tuzilganligi to’g’risida bitim tuzdilar. qisqa vaqt ichida bu bitimga 19 ta davlat qo’shildi. Tribunalda asosiy qoralovchi davlatlar SSSR, AQSH, Angliya va Fransiyadan iborat qoralovchilar komiteti tuzildi. 29 avgustda fashist bosh aybdorlarining ro’yxati e’lon qilindi, ular 24 ta bo’lib, natsist siyosatchilari, harbiylari, diplomatlari, ideologlari va ishlab chiqarishdagi mutaxassislaridan iborat edi. Jumladan, Gering, Gess, Ribbentrop, Borman, Keytel, Ley, Krupp, Kaltenbrunner, Rozenberg, Frank, Frik, Shtreyxer, Shaxt, Funk, Denits, Reder, Shirax, Zaukel, Iodl, Papen, Zeyss-Inkvart, Shpeyer, Neyrat va Frichlardan iborat edi. Nyurnberg jarayoni, xalqaro jamoatchilik ko’zi oldida oshkora olib borildi. 403 ta ochiq sud majlisi bo’lib o’tdi. Sud zaliga 60 mingta ruxsatnoma tarqatilgan edi. Radio, kino, matbuot millionlab kishilarni bo’layotgan sud jarayonidan xabardor qilib bordi. Buning uchun ommaviy axborot vositalarining vakillariga zaldan ko’p o’rin ajratildi, 350 o’rinning 250 tasi ularga berildi. Nyurnberg jarayoni 22 ta bosh nemis-natsistlari ustidan 2500 ta hujjatli faktlar keltirdiki, ularning oqlovchi-himoyalovchilari ham biron-bir ish qilolmay qoldilar. Nima uchun 22 ta dedik, shuning uchunki, Borman delosi u yashiringanligi uchun sirtdan ko’rildi va hukm chiqarildi, Krupp kamerada o’zini urib, shol qilib tashlaydi, shuning uchun uning ishi to’xtatiladi. Ley qoralovchi xujjatning xulosasi bilan tanishib chiqqandan keyin kamerada o’zini-o’zi osib qo’yadi. Nyurnberg sud jarayoni 10 oy davom etdi va 1946 yilning 1 oktyabrida Xalqaro harbiy tribunal o’zining hukmini chiqardi: Gering, Ribbentrop, Keytel, Rozenberg, Frank, Frik, Shtreyxer, Zaukel, Yodl, Zeys-Inkvart, Kaltenbrunner va Borman (sirtdan) osib o’ldirish bilan o’lim jazosiga hukm qilindi; Gess, Reder va Funk — umrbod qamoqqa, Shirax va Shpeyer — 20 yilga; Neyrat — 15 yilga; Denits- 10 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.
O’quvchi : Ro’ziqul Nasimovich! Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat.
Loyiha papkasi (loyiha portfoliosi)-O’quvchilar loyihani bajarish davomida to`plangan hujjatlar, ma`lumotlarni, ko’rgazmali vositalarni jamlashtirib hisobot tayyorlaydilar va loyiha portfoliosiga joylashtiradi
Loyihani bajarish bo’yicha ish rejasi (Lavha)
Ishti-rokchi-larning ismi va sharifi |
Vazifalar |
Ishning mazmuni |
Tayyor mahsul turi |
Baja-rish mud—dati |
Barcha ishtirokchilar |
Olingan axborotni yig’ish |
“Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusi bo’yicha axborot to’plang, yig’ilgan axborotni matn, jadval hamda sharhlar ko’rinishida rasmiylashtirish. Nusxa ko’chiring, elektron variantini to’plang, skanerdan foydalanish |
To’plangan ma’lumotlarni elektron variantda tayyorlash, loyihalashtirish vazifalari bo’yicha tizimlashtirish |
1-hafta |
* |
||||
* |
manbalar asosida slayd tayyorlashdavrga oid hujjatli film va |
O’quvchi tarixiy mavzuga
oid slayd tayyorlayotgandadizayn qolipiga e’tibor berib,undaoldindan tayyorlab qo’yilgan grafiklar, bo’yoqlar,jilolar, tovushlar dizayn ishlatish |
Mavzuga doir ma’ruza |
6-kun |
* |
mavzuga oid hujjatli filmlarni topib, uni xillashtirish ,kerakli saralangan filmlar topilgandan keyin, uni mavzuga doir qismlari ajratib olinadi. Hujjatli filmlardan ajratilgan qismlarni birlashtirib, mavzuga doir bitta hujjatli film qilish uchun, kompyuter grafikasi (Ulead VideoStudio programmasi va boshqasi) dan foydalaniladi. Qirqilgan video hujjatlarni yuqoridagi dastur orqali birlashtirib, yangi hujjatli film yaratiladi. |
Hujjatli fi’lm, | 6-kun | |
mavzuga oid mutaxassis bilan suhbat uyushtirib, intervyu tayyorlash | “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusida tarix mutaxassisi bilan suhbat uyushtirib, undan intervyu tayyorlash | intervyu |
1-hafta |
|
* |
Hisobot tayyorlash |
Hisobotga tayyorgarlik ko’rish |
Hisobot |
1-kun |
* |
Loyiha ishi to’g’risida hisobotga tayyorgarlik bo’yicha yo’riqnomaga asosan hisobotni yakunlash |
Hisobot(oxirgi varianti) |
1-kun |
|
* |
Loyihani taqdimotga tayyorlash |
Loyihaning eletron varianti ishlab chiqish |
Eletron varianti |
1-kun |
* |
Taqdimotni tayyorlash |
Taqdimot(oxirgi varianti) |
1-kun |
LOYIHANING TAQDIMOTI
Loyihani bajarish uchun berilgan muddat tugagach,o’quvchilar to’plangan materiallarni portfoliga joylashtirib, loyiha yakuni bo’yicha yozma hisobot tayyorlaydilar. Taqdomot kuni sinf xonasi guruhlar tomonidan “Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari” mavzusiga moslab bezatilgan. Sinf ushbu mavzu yuzasidan uch guruhga bo’linib , mavzuni loyiha metodi asosida o’rganishgan. Guruhlar sinf xonasini uch qismga bo’lib joylashgan. O’z qismlarida loyiha hisoboti, mavzuga doir materiallar portfolisi, ko’rgazmali qurollardan iborat burchak tashkil etishgan.
Ta’lim berish shakllari: guruhlarga bo’lib ishlashish
Laboratoriya ishini amalga oshirish vositalari va jihozlari:
Lafasov M.Jahon tarixi (1918-2013 yillar). Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik , lohiha portfolisi, loyiha topshirig’i, uslubiy ko’rsatmalar, kompyuter, videoproektor, videokamera, doska, flomaster, skotch, qog’oz
Darsning borishi :
Tashkiliy qism: (2 daqiqa):
O’qituvchi: Kunlik yo’qlamani olib,sinf xonasini darsiga moslashtiradi, mavzuni e’lon qiladi guruhlarni aniqlashtirib oladi.
Guruhlar : 1) Tinchlik 2) Dunyo 3) Everst
Kirish bosqichi (2 daqiqa):
O’qituvchi: o’quvchilarni mavzu va uning rejalari bilan tanishtiradi, loyiha metodi shartlari, qoidalari haqida ma’lumot beradi
Asosiy bosqich (35 daqiqa ):
O’quvchilar o’zlari tayyorlab kelgan slaydlarini namoyish etadilar. Slaydnib namoyishida kompyuter, videoproektordan foydalanadilar. Qolgan o’quvchilar kerakli ma’lumotlarni yozib olishadi , savol berishadi, muhokama qilishadi.
Mavzuga yanada teranroq tushinishi uchun guruhlar tomonidan tayyorlab kelingan hujjatli filmlar monitorda namoyish qilinadi.
Mavzuga doir mutaxassis bilan suhbatdan olingan intervyu namoyish qilinadi.
Yakuniy bosqich (3 daqiqa).
O’qituvchi rag’bat kartochkalarini hisoblab, g’olib guruhni aniqlaydi va baholaydi.
Talabalar bildiradilar.
Uyga vazifa: Bugungi darsdan olgan o’z fikr mulohazalarini yozma ravishda bayon qiladi.
Baholash mezoni va ko’rsatkichlari
№ |
Guruhli loyihada quyidagilar baholanadi |
ballar |
1. |
Har bir talabalar tomonidan bajarilgan loyihaning alohida (mavzular bo’yicha) qismlari |
Eng yuqori 5 ball |
2. |
Hisobot |
Eng yuqori 5 ball |
3. |
Ko’rgazmali vositalar taqdimoti |
Eng yuqori 5 ball |
4. |
loyiha himoyasi |
Eng yuqori 5 ball |
Darsliklar
“Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari”