Formal mantiqning asosiy qonunlari (prinsiplari) to’liq malumot oling
Formal mantiqning asosiy qonunlari (prinsiplari)
Reja:
1. Tafakkur qonunlarining umumiy tavsifi.
2. Ayniyat qonuni.
3. Nozidlik qonuni.
4. Uchinchisi istisno qonuni.
5. Yetarli asos qonuni.
1. Olamdagi narsa va xodisalar xarakati o‘ziga xos ichki qonunlar asosida yuzaga keladi. Bu xarakatning inson ongidagi in’ikosi, ya’ni tafakkur jarayoni xam o‘ziga xos obyektiv qonuniyatlar asosida amalga oshadi.
Falsafada qonun tushunchasi narsa va xodisalarning muxim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlarini ifodalaydi. Formal mantiqda ilmida qonun tushunchasi fikrlash elementlari o‘rtasidagi ichki, muxim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi.
Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga bo‘ysunadi. Ular dialektika qonunlari va formallashgan mantiq qonunlaridir. Dialektika qonunlari obyektiv olam va bilish jarayoniga xos bo‘lgan eng umumiy qonunlar bo‘lib, dialektik mantiq ilmining o‘rganish soxasi xisoblanadi. Formallashgan mantiq qonunlari esa, faqat tafakkurdagina amal qiladi. Dialektika qonunlari mantiqiy tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, formal mantiq qonunlari esa, fikrning to‘g‘ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va asoslangan bo‘lishini e’tiborga olgan xolda o‘rganadi.
Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deyilganda fikrlashga xos muxim, zururiy bog‘lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari obyektiv voqelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan.
Bu qonunlar fikrlashning to‘g‘ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo‘lgan tushunchalar, muloxazalar (xukmlar) xamda xulosa chiqarishning shakllanishi va o‘zaro aloqalarini ifodalaydi.
Tafakkur qonunlari yuzaki qaraganda subyektiv qonunlardek bo‘lib tuyulsa xam, aslini olganda, obyektiv mazmunga egadir. Bu qonunlar xamma kishilarning fikr yuritishida bir xil amal qiluvchi umuminsoniy qonunlardir. Ularni buzish, almashtirish, o‘zgartirish, yangilash mumkin emas.
Tafakkur qonunlariga amal qilish to‘g‘ri, tushunarli, aniq izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bo‘lish va isbotlilik (asoslanganlik) to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy qonunlarning asosini tashkil etuvchi belgilar bo‘lganligi uchun ularning xar birini aloxida-aloxida ko‘rib chiqamiz.
Inson tafakkuriga xos bo‘lgan muxim xislatlardan biri fikrning aniq bo‘lishidir. Ma’lumki, obyektiv voqelikdagi xar bir buyum, xodisa o‘ziga xos belgi va xususiyatlarga ega. Bu belgi va xususiyatlar buyum va xodisalarni bir-biridan farqlashga, ularning o‘ziga xos tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, buyum va xodisalarning inson tafakkurida aniq aks etishini, xar bir fikr, muloxazaning aniq, ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Fikrning noaniqligi fikrdagi mantiqning sayozlashuviga, mantiqsizlikka olib keladi. Masalan, obyektiv va subyektiv sabab tushunchalarining moxiyatini aniqlab olmasdan birorta xodisaning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida aniq fikr yuritib bo‘lmaydi. Shu sababdan fikrdagi aniqlik to‘g‘ri tafakkurlashning asosiy belgilaridan biri xisoblanadi.
Obyektiv voqelikdagi buyum va xodisaning joylashishi, o‘zaro munosabati va bog‘lanishida muayyan tartib, izchillik, ketma-ketlik mavjuddir. Buyum va xodisalarning bu xususiyatlari fikrlash jarayonining izchil amalga oshishida o‘z ifodasini topgan. Tafakkurga xos bo‘lgan izchillik belgisi xar bir fikrning muayyan tartibda o‘zaro bog‘langan xolda bayon etilishini talab qiladi. Fikrdagi izchillikning buzilishi, fikr ma’nosining o‘zgarishiga olib keladi va bunday fikrni tushunib olish qiyinlashadi. Masalan, birorta faylasuf — mutafakkirning umumfalsafiy qarashlarini o‘rganmasdan turib, uning ijtimoiy yoki axloqiy ta’limotining moxiyatini to‘liq tushunib bo‘lmaydi.
Tafakkurga xos bo‘lgan belgilardan yana biri fikrlash jarayonining ziddiyatsizlik xususiyatiga ega bo‘lishligidir. Bu belgi xam obyektiv asosga ega. Ma’lumki, obyektiv voqelikda xar bir buyum yoki xodisa bir vaqtning o‘zida biror sifatiga ko‘ra ikki zid belgiga ega bo‘lmaydi. Masalan, biror buyum bir vaqtning o‘zida xam bor, xam yo‘q bo‘la olmaydi yoki inson xam e’tiqodli, xam e’tiqodsiz bo‘la olmaydi. Fikrda mantiqiy ziddiyatlarning mavjud bo‘lishi uning noaniq, chalkash, tushunarsiz bo‘lishiga olib keladi.
Buyum va xodisalar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishlar tafakkurga xos bo‘lgan asoslilik belgisining obyektiv negizidir. Inson fikr yuritish jarayonida iloji boricha chinligi asoslangan muloxazalarni bayon qilishga intiladi.
Yuqorida bayon qilingan belgilar tafakkur qonunlarining mazmunini tashkil etadi.
Ayniyat qonuni
Biror buyum yoki xodisa xaqida fikr yuritilganda ularga xos bo‘lgan barcha muxim belgilar, tomonlar qamrab olinadi. Predmet xaqidagi fikr necha marta va qanday xolatlarda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, o‘zgarmas va qat’iy mazmunga ega bo‘ladi. Tafakkurga xos bo‘lgan bu aniqlik xususiyati ayniyat qonunining moxiyatini tashkil etadi.
Ayniyat qonuniga ko‘ra ma’lum bir predmet yoki xodisa xaqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muxokama doirasida ayni bir vaqtda o‘z-o‘ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq ilmida « A-A dir» formulasi bilan ifodalanadi.
Ayniyat qonuni simvolik mantiq ilmida, ya’ni muloxazalar mantig‘i va predikatlar mantig‘ida o‘ziga xos ko‘rinishda ifodalanadi:
Muloxazalar mantig‘ida a a va a a. (Bunda a — xar qanday fikrni ifodalovchi belgi, implikatsiya belgisi, ekvivalentlik belgisi).
Predikatlar mantig‘ida (x(R(x)R(x)). Bu ifoda quyidagicha o‘qiladi: xar qanday X uchun, agar X R belgiga ega bo‘lsa, X shu belgiga ega, degan fikr to‘g‘ri bo‘ladi.
Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash jarayonida turli fikrlarni aynanlashtirish va aksincha, o‘zaro aynan bo‘lgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. Bu mantiqiy tafakkurning muxim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayonida bu qonunni, bilib yoki bilmasdan, buzish qolatlari uchraydi. Ba’zan, bu xolat bir fikrning tilda turli xil ifodalanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan: «dialektika qonunlari» va «tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy qonunlari» tushunchalari shakliga ko‘ra turlicha bo‘lsa xam mazmunan aynandir.
Tilda mavjud bo‘lgan omonim va sinonim so‘zlarning qo‘llanishi xam ba’zan turli fikrlarning o‘zaro aynanlashtirilishiga, ya’ni noto‘g‘ri muxokamaga olib keladi. Masalan: falsafiy nuqtai nazardan «sifat» tushunchasi, o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lsa, biror xunarmand tomonidan bu tushuncha, boshqa mazmunda (yaroqli, foydali) qo‘llaniladi.
Shuningdek u, bir tushunchaga kasb-xunari, xayotiy tajribasi va dunyoqarashi turli xil bo‘lgan shaxslar tomonidan turli mazmun yuklatilishida xam namoyon bo‘ladi.
Baxs-munozara jarayonida qanday qilib bo‘lsa xam raqibni aldash va yutib chiqish maqsadida ayniyat qonunining talablarini ataylab buzuvchilar sofistlar deb ataladi; ularning ta’limoti esa sofistika deyiladi.
Ba’zan turli ma’nodagi bir xil so‘zlarni moxirlik bilan ishlatish orqali ajoyib she’riy misralar yaratiladi. Sharq adabiyotida «tuyuq» nomi bilan ma’lum bo‘lgan bu she’riy misralar go‘zalligi, insonga o‘ziga xos zavq berishi bilan ajralib turadi. Bunga Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining quyidagi misralari misol bo‘la oladi:
qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot,
Nasixatim yod qilib ol farzandim,
Yolg‘iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot.
Yuqoridagi to‘rtlikda «ot» tushunchasining turli ma’nolarda qo‘llanilishi, ayniyat qonuni talabining buzilishini emas, balki unga rioya qilinganligini ifodalaydi.
Shuningdek, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan askiya san’atida ayniyat qonunlari ataylab buzilishini, tushunchalarning o‘z ma’nosida emas, balki ko‘chma ma’nolarda qo‘llanilishini kuzatish mumkin. Bu o‘ziga xos so‘z o‘yini bo‘lib, unda qo‘llaniladigan nozik qochirimlar askiya aytuvchining maxoratini ko‘rsatadi va tinglovchilarning kulgusiga sabab bo‘ladi.
Demak, xayotda, amaliyotda tushunchaning turli ma’nolarda qo‘llanilishidan g‘arazli yoki beg‘araz, yaxshi yoki yomon maqsadlar uchun foydalanish mumkinligini ko‘ramiz.
Ayniyat qonuni predmet va xodisalarning nisbiy barqarorligini ifoda etgan xolda, tafakkurning rivojlanishini, tushunchalar va bilimimizning o‘zgarib, boyib borishini inkor etmaydi. Bu qonun fikrning mazmuni predmet va xodisalarni to‘laroq bilib borishimiz bilan o‘zgarishini e’tirof etadi va uni xisobga olishni taqozo qiladi.
Ayniyat qonuni tafakkurga, uning barcha elementlari, shakllariga xos bo‘lgan umumiy mantiqiy qonundir. Bu qonunning talablari tafakkurning xar bir shakliga xos bo‘lgan konkret qoidalarda aniq ifodalanadi. Tafakkurning tushuncha, muloxaza (xukm), xulosa chiqarish shakllari, ular o‘rtasidagi munosabatlar shu qonunga asoslangan xolda amalga oshadi.
Nozidlik qonuni
Inson tafakkuri aniq, ravshan bo‘libgina qolmasdan, ziddiyatsiz bo‘lishi xam zarur. Zidiyatsizlik inson tafakkuriga xos bo‘lgan eng muxim xislatlardan biridir. Ma’lumki, obyektiv voqelikdagi buyum va xodisalar bir vaqtda, bir xil sharoitda biror xususiyatga xam ega bo‘lishi, xam ega bo‘lmasligi mumkin emas. Masalan, bir vaqtning o‘zida, bir xil sharoitda inson xam axloqli, xam axloqsiz bo‘lishi mumkin emas. U yo axloqli, yo axloqsiz bo‘ladi.
Bir vaqtning o‘zida bir predmetga ikki zid xususiyatning taalluqli bo‘lmasligi tafakkurda nozidlik qonuni sifatida shakllanib qolgan. Bu qonun fikrlash jarayonida ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi va tafakkurning ziddiyatsiz xamda izchil bo‘lishini ta’minlaydi.
Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki xodisa xaqida aytilgan ikki o‘zaro bir-birini istisno qiluvchi (qarama-qarshi yoki zid) fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bo‘lishi mumkin emasligini, xech bo‘lmaganda ulardan biri albatta xato bo‘lishini ifodalaydi. Bu qonun «A xam V, xam V emas bo‘la olmaydi» formulasi orqali beriladi. Muloxazalar mantig‘ida bu qonun quyidagi formula orqali yoziladi: x (r (x) (x)), ya’ni xar qanday r (x) muloxaza uchun r (x) va uning inkori birgalikda chin bo‘lmasligi to‘g‘ridir.
Nozidlik qonuni qarama-qarshi va zid muloxazalarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunda qarama-qarshi muloxazalarning xar ikkalasi xam bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin; o‘zaro zid muloxazalar esa bir vaqtda xato bo‘lmaydi, ulardan biri xato bo‘lsa, ikkinchisi albatta chin bo‘ladi. qarama-qarshi muloxazalarda esa bunday bo‘lmaydi, ya’ni ulardan birining xatoligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi. Masalan: «Aristotel-mantiq fanining asoschisi» va «Aristotel-mantiq fanining asoschisi emas»-bu o‘zaro zid muloxazalardir. Bu zid muloxazalarning xar ikkalasi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Ulardan birinchisi chin bo‘lgani uchun, ikkinchisi xato bo‘ladi. o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan «Bu dori shirin» va «Bu dori achchiq» muloxazalarining esa ikkalasi bir vaqtda, bir xil nisbatda xato bo‘lishi mumkin. Chunki dori shirin xam, achchiq xam bo‘lmasligi, balki bemaza yoki nordon bo‘lishi mumkin.
Ba’zida ikki qarama-qarshi fikr aytilganda mantiqiy ziddiyat bo‘lmasligi mumkin. Bunda bir masala yuzasidan bayon qilingan qarama-qarshi fikrlar turli vaqtda va turli nisbatda aytilgan bo‘ladi. Masalan: Talaba A. mantiq fanidan imtixon topshirmadi» va «Talaba A. mantiq fanidan imtixon topshirdi». Bu zid muloxazalar turli vaqtga nisbatan chin bo‘ladi, ya’ni ular o‘rtasida ziddiyat bo‘lmaydi.
Demak, fikrlash jarayonida, vaqt, munosabat va obyekt birligining saqlanishi nozidlik qonunining amal qilishi uchun zaruriy shart-sharoit xisoblanadi. Nozidlik qonuni to‘g‘ri fikr yuritish jarayonida amal qiladi.
Mantiq ilmi umuman xar qanday zid muloxazalarni ta’qiqlamaydi, balki bir masala yuzasidan bir xil vaqt va munosabat doirasida o‘zaro zid, qarama-qarshi muloxazalarni bayon qilish mumkin emasligini ta’kidlaydi.
Formal mantiq dialektik ziddiyatlar bilan mantiqiy ziddiyatlarni chalkashtirib yuborishni qoralaydi. Mantiqiy tafakkurdagi ziddiyat bilan real xayot ziddiyatlarini, ya’ni dialektik ziddiyatni bir-biridan farqlash, ularni almashtirib yubormaslik zarur. Chunki bulardan birinchisi tafakkurda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan ziddiyat bo‘lsa, ikkinchisi buyum, xodisalar taraqqiyotining ichki manbaini tashkil qiladigan dialektik ziddiyatdir. Birinchisi subyektiv, ikkinchisi obyektiv ziddiyatdir.
Noziddlik qonunini bilish va unga amal qilish raqibning, suxbatdoshning fikrlaridagi mantiqsizlikni aniqlash, ilmiy taxlilni izchil va chuqur mantiqiy asosda olib borish imkonini beradi.
Uchinchisi istisno qonuni
Uchinchi istisno qonuni nozidlik qonunining mantiqiy davomi bo‘lib, fikrning to‘liq mazmunini qamrab olib bayon qilingan ikki zid fikrdan biri chin, boshqasi xato, uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligini ifodalaydi. Bu qonun «A V yoki V emasdir» formulasi orqali beriladi. Muloxazalar mantig‘ida bu quyidagi formula orqali ifodalanadi: rv . Bu formula quyidagicha o‘qiladi. r yoki r emas.
Uchinchisi istisno qonuni tushunchalar o‘rtasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi. Agarda zid munosabatlar tushunchaning to‘liq mazmunini qamrab olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning xam mavjudligi ma’lum bo‘lsa, unda uchinchisi istisno qonuni amal qilmaydi.
Masalan:
Talaba imtixonda»a’lo» baxo oldi.
Talaba imtixonda «ikki» baxo oldi.
Bu muloxazalar munosabatida nozidlik qonuni amal qiladi. Chunki bu muloxazalarning xar ikkisi xam xato bo‘lishi va talaba imtixonda «o‘rta» yoki «yaxshi» baxo olishi mumkin.
Agar, «Talaba imtixonda «a’lo» baxo oldi» va «Talaba imtixonda «a’lo» baxo olmadi», muloxazalarini taxlil qilsak, unda bu muloxazalardan biri chin, boshqasi xato, uchinchisiga o‘rin yo‘q ekanligi ma’lum bo‘ladi. Chunki «yaxshi», «o‘rta» va «ikki» baxolar-»a’lo» baxo emas.
Uchinchisi istisno qonuni quyidagi xolatlarda qo‘llaniladi:
1. Aloxida olingan yakka buyumga nisbatan bir xil vaqt va munosabat doirasida o‘zaro zid fikr bildirilganda. Masalan,
Toshkent-o‘zbekistonning poytaxti.
Toshkent-o‘zbekistonning poytaxti emas.
Bu muloxazalar birgalikda chin xam, xato xam bo‘la olmaydi. Ulardan biri chin, ikkinchisi xato, uchinchi muloxazaga o‘rin yo‘q. Uchinchisi istisno qonuni o‘zaro zid umumiy muloxazalar doirasida amal qilmaydi. Chunki umumiy muloxazalarda buyumlar sinfiga va shu sinfga mansub xar bir buyumga nisbatan fikr bildiriladi.
Masalan:
xamma faylasuflar notiqdir.
xech bir faylasuf notiq emas.
Bu muloxazalardan, birining xatoligidan ikkinchisining chinligi xaqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Bunday xolatda «Ba’zi faylasuflar notiqdir» degan uchinchi bir muloxaza chin xisoblanadi.
2. Son va sifatiga ko‘ra o‘zaro zid muloxazalar bayon qilinganda, buyum va xodisalarning sinfi xaqida tasdiqlab bayon qilingan muloxaza bilan shu sinf buyum va xodisalarining bir qismi xaqida inkor etib bayon qilingan muloxazalardan biri chin, ikkinchisi xato, uchinchisiga o‘rin bo‘lmaydi.
Masalan:
xamma faylasuflar tabiyotshunosdir.
Ba’zi faylasuflar tabiyotshunos emas.
Bu ikki muloxaza bir vaqtda chin xam, xato xam bo‘la olmaydi. Ulardan biri (Ba’zi faylasuflar tabiyotshunos emas) albatta chin, ikkinchisi xato, uchinchi muloxazaga o‘rin yo‘q.
Demak, Uchinchisi istisno qonuni:
1. Ikki zid yakka muloxazalarga nisbatan;
2. Umumiy tasdiq va juz’iy inkor muloxazalarga nisbatan;
3. Umumiy inkor va juz’iy tasdiq muloxazalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Uchinchisi istisno qonunining amal qilishi uchun olingan zid munosabatlarni ifodalovchi muloxazalardan biri tasdiq, ikkinchisi inkor bo‘lishi yoki tushunchalardan biri ijobiy va boshqasi salbiy bo‘lishi shart emas. Olingan ikki tushuncha yoki muloxazaning bir-birini xajm jixatdan to‘liq inkor etishi kifoya. Masalan, erkak va ayol tushunchalarining xar ikkisi ijobiy bo‘lib, inson tushunchasining to‘liq mazmunini qamrab oluvchi zid belgilarni ifodalaydi.
Uchinchisi istisno qonunida xam, nozidlik qonunidagi kabi vaqt, munosabat, obyekt aynanligiga rioya etish shart, aks xolda bu qonun o‘z kuchini yo‘qotadi, fikrning izchilligiga zarar yetadi va mantiqsizlikka yo‘l qo‘yiladi.
Uchinchisi istisno qonuni boshqa mantiqiy qonunlar singari ziddiyatli muloxazalarning chin yoki xatoligini aniqlab berolmaydi. Buning uchun voqea va xodisalarni, ularning rivojlanish qonuniyatlarini bilish talab qilinadi. Inson o‘z bilimlariga asoslangan xolda o‘zaro zid muloxazalardan qaysi biri chin yoki xato ekanligini aniqlaydi. Bu qonun o‘zaro zid muloxazalar bir vaqtda chin bo‘lmasligini tasdiqlaydi.
Uchinchisi istisno qonunini bilish muxokama yuritishda to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun muxim bo‘lib, o‘zaro zid qarashlarni aralashtirib yuborishga yo‘l qo‘ymaydi.
Yetarli asos qonuni
To‘g‘ri fikrlashga xos bo‘lgan muxim xususiyatlardan biri isbotlilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida buyum va xodisalar xaqida chin muxokama yuritibgina qolmasdan, bu muxokamaning chinligiga xech qanday shubxa bo‘lmasligi uchun, uni isbotlashga, asoslashga xarakat qilinadi. Bunda chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan va o‘zaro mantiqiy bog‘langan muloxazalarga asoslaniladi, ya’ni bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma’lum bo‘lgan, tasdiqlangan boshqa bir fikr, muloxaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati yetarli asos qonuni orqali ifodalanadi.
Inson tafakkuriga xos bo‘lgan bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi va matematigi G. Leybnis ta’riflab bergan. Uning ta’kidlashicha, barcha mavjud narsalar o‘zining mavjudligi uchun yetarli asosga ega. xar bir buyum va xodisaning real asosi bo‘lgani kabi, ularning in’ikosi bo‘lgan fikr-muloxazalar xam asoslangan bo‘lishi kerak. Yetarli asos qonunining bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: «Agar V mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida A xam mavjud».
Yetarli asos qonunida to‘g‘ri tafakkurning eng muxim xususiyatlaridan biri bo‘lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda bog‘lanib kelish xususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi ko‘rib o‘tilgan qonunlar bilan o‘zaro bog‘liq xolda amal qiladi. Fikrlash jarayonida berilgan muloxazaning chinligini asoslash uchun keltirilgan chin muloxazalar mantiqiy asos deb, berilgan muloxazaning o‘zi esa mantiqiy natija deb yuritiladi.
Mantiqiy asos bilan obyektiv, xaqiqiy real asosni aralashtirib yuborish mumkin emas. Asos va natija orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni sabab va oqibat aloqadorligidan farqlash zarur. Masalan, «Bu kishi bemor» degan muloxazani «U shifoxonada davolanayapti» degan fikr bilan asoslash mumkin. Aslida shifoxonada davolanish dastlabki muloxazaning sababi emas, balki oqibatidir. Ko‘rinib turibdiki, mantiqiy asos xamma vaqt xam xodisaning sababi bilan mos kelmaydi. Fikrlarning yetarli asosga ega bo‘lishligining obektiv manbai faqat sabab-oqibat munosabatinigina emas, shuningdek, fikrning izchilligi, asoslanganligini, isbotlangan bo‘lish xususiyatlarini xam, ya’ni obyektiv mazmuni sabab-oqibat munosabatlaridan tashqarida bo‘lgan boshqa munosabatlarni xam o‘z ichiga oladi.
Fikr – muloxazalarni asoslash murakkab mantiqiy jaryon bo‘lib, unda bir yoki undan ortiq o‘zaro bog‘langan muxokamalar sistemasidan foydalaniladi. Keng ma’noda biror muloxazani asoslash deganda, shu muloxazaning chinligini tasdiqlovchi ishonchli va yetarli dalillarning mavjudligini aniqlash tushuniladi. Bu ishonchli va yetarli dalillarni shartli ravishda ikki guruxga: empirik va nazariy asoslarga bo‘lish mumkin. Bulardan birinchisi asosan xissiy bilish, tajribaga asoslansa, ikkinchisi aqliy bilish, tafakkurga tayanadi. Empirik va nazariy bilimlarning chegarasi nisbiy bo‘lgani kabi, empirik va nazariy asoslar o‘rtasidagi farq xam nisbiydir.
Insonning shaxsiy tajribasi makon va zamonda chegaralangan bo‘lib, sezgilari bergan ma’lumot esa xamma vaqt xam to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan, muloxazalarni empirik asoslashning axamiyati katta, chunki bilish jonli xissiy mushoxadadan, bevosita kuzatishdan boshlanadi. Xissiy tajriba insonni tashqi olam bilan bog‘lab turadi. Nazariy bilim esa empirik bazisning ustqurmasi xisoblanadi.
Nazariy asoslashda keng foydalaniladigan usul-deduktiv xulosa chiqarish usuli, ya’ni umumiy chin muloxazalarga tayanib fikr yuritishdir. Berilgan muloxazani mantiqiy usul orqali boshqa chin muloxazalar yordamida asoslash mumkin bo‘lsa, unda berilgan muloxaza chin, ya’ni asoslangan bo‘ladi. Bunda fikrlar o‘rtasidagi bog‘lanish umumiylik, xususiylik va yakkalik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalaydi. Masalan, to‘g‘ri tafakkur qonunlarining obyektiv xarakterga ekanligini, barcha ilmiy qonunlarning obyektiv xarakterga ega ekanligi xaqidagi umumiy chin muloxaza yordamida asoslash mumkin.
Umumiy chin muloxazalar sifatida fanlarning qonun-qoidalaridan, tushunchalarning ta’riflaridan, shuningdek aksiomalardan foydalaniladi. Bularning barchasi nazariy asoslashning ratsional yoki demonstrativ usullari bo‘lib, ular umumilmiy axamiyatga ega bo‘lgan isbotlash metodlarining asosini tashkil etadi.
Shuningdek, asoslashning subyektiv xarakterda bo‘lgan va bevosita tajriba natijalariga yoki nazariy fikr yuritishga taalluqli bo‘lmagan usullari mavjuddir. Intuitsiyaga, e’tiqodga, avtoritetlarga va urf-odatlarga asoslanish shunday usullar jumlasiga kiradi. Bu usullardan ko‘proq kundalik ong darajasida foydalanildi.
Intuitsiya xech qanday muxokama va isbotlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaqiqatga erishish qobiliyatini ifodalaydi. Intuitsiya — lotincha intutio so‘zidan olingan bo‘lib, «diqqat bilan tikilib qarayman», degan ma’noni bildiradi. Intuitsiya bilish jarayonida sezilarli axamiyatga ega bo‘lib, xissiy va aqliy bilishdan o‘zgacha bir ko‘rinishini tashkil etmaydi; o‘ziga xos fikr yuritish, tafakkur qilish usulini ifodalaydi. Intuitsiya orqali inson murakkab xodisalarning moxiyatini, uning turli qismlariga e’tibor bermagan xolda, fikran yaxlit qamrab tushunib oladi. Bunda tafakkur jarayonining aloxida qismlari u yoki bu darajada anglanmaydi va asosan fikr yuritish natijasi-xaqiqatgina anglangan xolda aniq, ravshan qayd etiladi. Intuitsiya xaqiqatni aniqlashda yetarli asos xisoblansa-da, lekin bu xaqiqatga boshqalarni ishontirish uchun yetarli xisoblanmaydi.
E’tiqod-kishining ishonchini qozongan va shuning uchun xam uning faoliyatida xatti-xarakatlarini belgilab beradigan, uning dasturi bo‘lib xizmat qiladigan qarashlarning majmuasidan iborat. E’tiqod chinligi isbotlangan muloxazalarga yoki tanqidiy taxlil qilib ko‘rilmagan, chinligi noma’lum boshlang‘ich bilimlarga asoslangan bo‘lishi mumkin. Intuitsiya kabi e’tiqod xam subektiv xarakterda bo‘lib, davr o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. «Anglash uchun e’tiqod qilaman» — degan edi Avliyo Avgustin va Anselm Kenterberiyskiylar (1033-1109).
Frunsuz faylasufi va teologi Per Abelyar (1079-1142) esa aql va e’tiqodning o‘zaro nisbatini xaqqoniy ko‘rsatgan xolda «E’tiqod qilish uchun tushunaman», deydi. Albatta e’tiqod xaqida fikr yuritganda ko‘r-ko‘rona e’tiqod bilan tarixiy va xayotiy tajriba natijasi bo‘lgan, bilimga asoslangan e’tiqodni farqlash zarur. Faqat ilmiy bilimga asoslangan e’tiqodgina fikr va muloxazalarning chinligini aniqlashda yetarli asos bo‘ladi. Shuning uchun xam ular inson qalbida mustaxkam o‘rnashib qoladi. Prezidentimiz I.A. Karimov: «Milliy mafkura – bu xalqning, millatning o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan o‘lmas e’tiqodidir» , deganda aynan shuni nazarda tutgan edi.
Avtoritet (autoritas — xokimiyat, ta’sir) — keng ma’noda ijtimoiy xayotning turli soxalarida biror shaxsning yoki tashkilotning ko‘pchilik tomonidan tan olingan norasmiy ta’siridir. Yetarli asos qonuni bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni xal qilishda avtoritet tushunchasi obro‘li, e’tiborli, nufuzli manba ma’nosida qo‘llaniladi. Avtoritetlarga asoslanish deganda esa, biror fikr, muloxazaning chinligini asoslashda obro‘li, e’tiborli, nufuzli manbalarga murojaat qilish tushuniladi. Nufuzli manba sifatida aloxida shaxslarning fikr va muloxazalari, muqaddas diniy kitoblarda yozilgan sura va oyatlar, xalq maqollari va xikmatli so‘zlaridan foydalaniladi.
Avtoritetlarning amal qilish doirasi va davomiyligi turli xil bo‘ladi. Tor doirada amal qiladigan, qisqa muddatli avtoritetlardan fikr muloxazalarni asoslashda xamma vaqt xam foydalanib bo‘lmaydi. Chunki, vaqt o‘tishi yoki amal qilish doirasining o‘zgarishi bu avtoritetlarning mavqeini tushirib yuborishi mumkin.
Keng doirada amal qiladigan va doimiy, muntazam bo‘lgan avtoritetlargina fikr-muloxazalarning chinligini aniqlash uchun yetarli asos bo‘ladi. Bunday avtoritetlar tarixiy sharoitning, siyosiy o‘zgarishlarning ta’sirida o‘z qadr-qimmatlarini yo‘qotmaydilar, vaqt sinoviga bardoshli bo‘ladilar. Umuminsoniy ma’naviy madaniyat xazinasidan joy olgan buyuk mutafakkirlarning xikmatli so‘zlari, umuminsoniy axloqiy qadriyatlar, xalqlarning ijtimoiy-tarixiy tajribasini aks ettirgan maqollar fikr-muloxazalarning chinligini asoslashda yetarli dalil xisoblanadi. Masalan, «Ilm olish uchun tinimsiz izlanish zarur» ekanligi xaqidagi fikrni xazrat Alisher Navoiyning «Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim» so‘zlari bilan, shuningdek xadislarda keltirilgan «Beshikdan to qabrgacha ilm izla» kabi fikr-muloxazalar yordamida asoslash mumkin.
Avtoritetlarga asoslanish bilan avtoritar tafakkurni o‘zaro farqlash zarur. Avtoritarlik — asoslanganlikning o‘zgargan, buzilgan ko‘rinishi bo‘lib, unda muloxaza yuritish va uning chinligini aniqlash vazifasi avtoritetlar zimmasiga yuklanadi.
Avtoritar tafakkur biror muammoni o‘rganishdan avval o‘zini «asosiy muloxazalar yig‘indisi» bilan cheklab qo‘yadi. Bu muloxazalar yig‘indisi tadqiqotning asosiy yo‘nalishini belgilab beradi va ko‘pincha avvaldan ma’lum bo‘lgan natijani keltirib chiqaradi. Dastlabki asos bo‘lgan fikrlar sistemasi namuna sifatida qabul qilinadi va boshqa fikrlar unga bo‘ysundiriladi. Agar asosiy muloxazalarning deyarli barchasi avtoritetlar tomonidan aytilgan bo‘lsa, uning davomchilariga bu fikrlarni tushuntirish va izoxlash qoladi, xolos. Bu yangiliklardan va ijodiylikdan maxrum bo‘lgan fikr yuritish usuli bo‘lib, dialektik tafakkurga ziddir. Avtoritetlar, nufuzli manbalar, jamiyat a’zolari, xususan yoshlarda milliy mafkura va milliy g‘oyani shakllantirishda asosiy omillardan biridir. Shu o‘rinda matbuotning, ayniqsa radio va televideniyaning u yoki bu manbaning avtoritet deb tan olinishidagi roli e’tiborlidir. Bu xaqda Prezidentimiz I. Karimov: «Bizning matbuotimiz, televideniyemiz xam tarixga oid maqolalar chop etganda, ko‘rsatuvlar tayyorlaganda bir kishining fikrini yagona xaqiqat sifatida qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi darkor. Muayyan masalada turli fikrlarni berish, baxs orqali xaqiqat oydinlashuviga erishish lozim» , – deb ta’kidlagan.
Avtoritetlar masalasi murakkab va ko‘p qirralidir. Shu sababdan fikr-muloxazalarning chinligini asoslashda avtoritet xisoblangan fikrlardan konkret sharoitga mos ravishda, meyorga amal qilgan xolda foydalanish zarur.
Urf-odat avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tadigan va muayyan jamiyat yoki ijtimoiy gurux tomonidan qabul qilingan bir xil shakldagi xatti-xarakat, xulq-atvor usuli bo‘lib, kishilarning turmush tarzi va fikr yuritishiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Urf-odatlarga asoslangan xolda fikr yuritish va xarakat qilish ko‘pincha kishilarning turmushi, axloqiy me’yorlar va xalq marosimlari doirasida namoyon bo‘ladi. Milliy g‘oya va milliy mafkura urf-odatlar orqali xam jamiyat a’zolarining ongiga singib boradi. Jamiyat yoki ijtimoiy gurux tomonidan biror shaxs yoki voqea-xodisaga nisbatan bo‘lgan munosabat muayyan urf-odatlar bilan asoslanadi. Bunda biror xatti-xarakatni asoslash uchun «urf-odatlarimizga ko‘ra…» — deb fikr yuritiladi.
Fikr-muloxazalarni asoslash murakkab mantiqiy jarayon bo‘lib, unda bir yoki undan ortiq o‘zaro bog‘langan muxokamalar sistemasidan foydalaniladi. Muloxazalarning chinligini asoslash tafakkurning eng muxim xususiyatlaridan biri bo‘lib, fikrlarimizning mantiqli, tartibli, ishonarli bo‘lishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, to‘g‘ri tafakkurning yuqorida ko‘rib o‘tilgan qonunlarining xar biri chin bilimga erishish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlar tafakkur jarayonida aloxida-aloxida yoki birin-ketin emas, balki bir vaqtda, birgalikda fikrlar bog‘lanishining xarakteriga qarab amal qiladi. Ayniyat qonuniga ko‘ra fikrlash jarayonida xar bir muloxaza qat’iy mazmunga ega bo‘lishi, aynan shu fikr doirasida o‘zgarmasligi talab qilinadi. Bu talabning buzilishi fikrda mantiqiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Zid muloxazalarning chin yoki xatoligini aniqlash ularni mantiqiy asoslashni taqozo etadi.
Demak, bu qonunlarning talablari bir-birini to‘ldirgan xolda, yaxlit mantiqiy tafakkurning chin bo‘lishini ta’minlaydi.
Adabiyotlar
1. Islom Karimov. o‘zbekiston buyuk kelajak sari. — T.: «o‘zbekiston», 1998.
2. Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. «Muloqot», 1998, №5.
3. Islom Karimov. Barkamol avlod-o‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. /Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida: T.6-T.: «o‘zbekiston», 1998.
4. Islom Karimov. o‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: «o‘zbekiston», 1999.
5. I.A. Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir: «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga javoblar. T., o‘zbekiston, 2000.
6. M. Xayrullayev, M. xaqberdiyev. Mantiq, 4-bob.
7. Yu.V. Ivlev. Logika, 3-bob, 3-paragraf.
8. I. Raximov. Logikadan amaliy mashg‘ulotlar va metodik tavsiyalar, 4-bob.
9. N.I. Kondakov. Logicheskiy slovar-spravochnik. Mavzuga oid maqolalar.
Darsliklar
Formal mantiqning asosiy qonunlari (prinsiplari)