MA’MURIY JAZONING QANDAY TURLARI BOR to’liq malumot oling
MA’MURIY JAZONING QANDAY TURLARI BOR
⚡️ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 23-moddasiga asosan, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun shaxsga quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:
❗️1) jarima;
❗️2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;
❗️3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish;
❗️4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
❗️5) ma’muriy qamoqqa olish.
❗️6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.
Yuridik
MA’MURIY JAZONING QANDAY TURLARI BOR