Adabiy asar qahramoni to’liq malumot oling

Adabiy asar qahramoni to’liq malumot oling

Adabiy asar qahramoni

Badiiy adabiyotda aks ettirilgan inson obrazi adabiy asar qahramoni deb yuritiladi. Yozuvchi maqsadi, usul va ramziylikdan kelib chiqib, hayvonot va o‘simlik dunyosi namunalari, umuman, voqelik va xayolotdagi moddiy va nomoddiy tushuncha ham shartli ravishda qahramon sifatida tasvirlanishi mumkin. «Qahramon» tushunchasi, mohiyatan, yetakchi obrazlarga nisbatan qo‘llanilsa-da, bu atama ostida asardagi barcha ishtirokchilar ham nazarda tutiladi. Shu ma’noda, uning muqobili sifatida “personaj» atamasi ham ishlatiladi. Adabiy asarlardagi obraz « qahramon» deb atalishi uchun u chindan ham qahramon yoxud ijobiy sifatlar egasi bo‘lishi shart emas. Xususiyatlardan qat’iy nazar, adabiy asarda tasvirlanuvchi shaxsni adabiy qahramon deb atash qabul qilingan.

Adabiy asar qahramoni sifatida hayotdagi, xayoldagi kishi ham, yozuvchining o‘zi ham ishtirok etishi mumkin.

Sho‘ro davrida adabiy asar qahramonini ijobiy, salbiy, ideal qahramonlarga ajratish deyarli qonun darajasiga ko‘tarilib, biryoqlamalikka yo‘l qo‘yildi. Mafkura iskanjasidan xoli, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan jahondagi erkin adabiyot ilmi bu masalaga boshqacharoq qaraydi: adabiy asardagi qahramon ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin, biroq uni qonuniy talab darajasiga aylantirmaslik kerak. Adabiy asar qahramonining goh yaxshi, goh yomon, ijobiy va salbiy fazilatlar bilan qorishiq tarzda, murakkab ravishda namoyon bo‘lishi hayot haqiqatiga to‘laroq mos tushadi.

Darsliklar
Adabiy asar qahramoni