Quloq teshish to’liq malumot oling

Quloq teshish to’liq malumot oling

Quloq teshish

Xalqimizda qaldirg’och ketdi endi bahorgacha qulog’iga zirak taqib olishimiz kerak degan gap bor. Qizaloqlarimiz yoshiga to’lar to’lmas qulog’iga zirak taqishga oshiqamiz. Ko’pchilik aqlini tanimasdan turib teshdirib olish kerak deb hisoblaydi. Mitti qizchaning quloqchasidagi kichkinagina zirak yarashib turishi aniq. Lekin bu masalaga tibbiyot nuqtai nazaridan yondashsak, Gurvits dermatologiya bobida quloq teshish bolaga nisbatan zo’ravonlik sifatida keltirilgan.

Bola qo’g’irchoq emas. Uni xohishisiz majburlab yig’latib qulog’ini teshish bolaga psixologik travma bo’ladi.

Shuningdek teshilgan quloqda yara, chandiq, xatto yiringlash kabi ko’ngilsiz holatlar yuzaga keladi. Ayrim vaziyatlarda bolada biror metallga nisbatan allergiya kuzatilishi mumkin. Shuning uchun mening fikrimcha quloq teshishni bolada jins haqida ilk tasavvurlar paydo bo’ladigan yosh — 5-6 yoshlarga qoldirish kerak. Bu yoshda bolalar qiz va o’g’il bola orasidagi farqlarni anglay boshlaydi va qizaloqqa to’g’ri tushuntirilsa u qarshilik qilmaydi. Ba’zida dugonalarida ko’rib o’zi istak bildirishi ham mumkin.

Zirakka kelsak, kumush yoki oltin eng kam allergiya chaqiruvchi metall hisoblanadi.

Yarim aylana shakldagi, yengil, quloq solinchagiga yopishib turuvchi, taqiladigan joyi uchi botmaydigan bo’lsa soch va kiyimga ilashib tortishib qolmaydi.

Boshqa mavzular
Quloq teshish