Bolalarni chaqaloqlik davridanoq chiniqtirish kerak. to’liq malumot oling
💪Chiniqan bola har tomonlama sogʻlom, va kasalliklarga chidamli boʻlishini hammamiz bilamiz. Har birimiz dilbandimizni ana shunday sogʻlom va baquvvat boʻlishini hohlaymiz albatta. Buning uchun bolani chiniqtirib borish kerakligini ham bilamiz.
👶Bola dunyoga kelar ekan tabiat uning uchun notanish boʻlgan dunyoga moslashishi uchun unga turli moslashuvchanlik va kurashuvchanlik mehanizmlarini tuhfa etadi.👪 Biz ota onalar esa ana shu tabiat inom etgan moslashuvchanlik va kurashuvchanlik mehanizmlarini shakillantirib borishimiz yaʼni chiniqtirishimiz kerak boʻladi.
Oddiy misol:
chaqaloqlarda haddan tashqari issib ketish yoki sovuq qotishini oldini olish uchun termoregulatsiya mexanizmlari mavjud. Agar siz chaqalogʻingizni shamollab qolishidan qoʻrqib muntazam ravishda uyingizda «issiqxona sharoiti» yaratib, bolani issiq kiyintirib, faqat issiq honada olib oʻtirsangiz, bu harakatingiz bilan chaqalogʻingiz organizmini oʻzini himoya qilish mexanizmidan mahrum qilasiz. Organizmdagi himoya mehanizmi oʻzini keraksiz his qilgach, asta-sekin oʻz ishini toʻxtatadi. Termoregulatsiya himoyasisiz chaqalog’ingiz yengil shabadada ham tez shamollaydigan boʻlib qoladi.
💪Shuning uchun bolani chaqaloqlik davridanoq chiniqtirib borish kerak.
Bolani chiniqtirish juda foydali protsidura boʻlib, chiniqtirish:
✔️turli kasalliklarga jumladan virusli kasalliklarga qarshi immuniteti oshiradi
✔️termoregulyatsiya mexanizmlari takomillashtiradi
✔️Organizmda modda almashinuvi yaxshilaydi
✔️ bolaning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi
✔️organizm fasllar almashinuviga osson moslashadigan boʻladi
✔️Bolaning uyqusi yaxshilanadi
Ayniqsa chaqaloqlik davridan chiniqqan bolalar bogʻchaga borganlarida bogʻcha sharoyitoga tez koʻnikadilar. Chiniqtirilmagan boshqa bolalardan farqli ravishda koʻp kasal boʻlmaydilar.
Boshqa mavzular
Bolalarni chaqaloqlik davridanoq chiniqtirish kerak.