Mumtoz Mahal Begim to’liq malumot oling
Yuqorida aytilganidek, Mumtoz Mahal Shoh Jahonning eng sevimli malikasi bo‘lib, uning asl ismi Arjumandbonu edi. Uning otasi Asafxon eronlik Mirzo G‘iyosbekning o‘g‘li bo‘lib, Jahongirshoh va Shoh Jahon saroyida otasi bilan bir qatorda obro‘li lavozimlarda xizmat qilgan, umrining oxiriga kelib bosh vazir darajasiga ko‘tarilgan edi. Arjumandbonu 1594 yilda tug‘ilgan bo‘lib, otasi uning mukammal bilim olishi uchun barcha sharoitni yaratib bergan edi. U arab, fors va hind tillarini mukammal bilar, o‘tkir zakovati tufayli Qur’oni karimni yod olgan edi. U madaniyatli va o‘ta odobli qiz bo‘lib yetishgan, shu bilan bir qatorda, u noyob go‘zallik va iffat sohibasi edi. Hind adibasi Nina Eptonning yuqorida nomi zikr etilgan asarida aytilishicha, u balog‘at yoshiga yetgach, turmushga uzatilitsі arafasida unga Sattiniso ismli musulmon qiz shaxsiy xizmatkor (oqsoch) qilib tayinlab berilgan edi. Ushbu asarning asosiy qahramoni o‘sha Sattiniso bo‘lib, asardagi voqealar uning tilidan Arjumandbonuning eng kichik qizi (o‘n to‘rtinchi farzandi) Gavharoro Begimga hikoya qilib berilgan.
Sattiniso Arjumandbonuni birinchi ko‘rishdagi taassu? rotini shunday ta’riflaydi: «Mening diqqatimni tortgan birinchi narsa uning Jamna daryosi ustida erta tongda paydo bo‘ladigan tumanni asta tarqatib yukori ko‘tarilayotgan kuyosh nurlaridek ilik va mayin jilmayishi bo‘ldi. Unga tabiat kishining havasini hayratomuz tarzda ko‘zg‘otadigan kamtarona go‘zallik hadya etgan edi. Xar kanday odamni maftun eta oladigan jozibasi borligidan uning o‘zi ham xabardor emasga o‘xshardi, nazarimda. Unga go‘zallik baxsh etadigan narsalarning eng muximi — yonib turgan katta-katta ko‘zlariyu yuzining mayin ifodasi, beligacha tushib turgan kopkora yaltirok sochlari, kalin kip-kizil lablari edi. Uning badani mayin yetilib pishgan o‘rik rangida bo‘lib, iyagi bir oz cho‘ziqroq, uning ostidan sezilar-sezilmas baqbaqasi ko‘zga tashlanib turardi. Ung yonog‘ida chiroyli kuldirgich chuqurchasi bo‘lib, bu uning ikki xislatidan: birinchisi, nozik kalbida yashirinib yotgan kuchli irodasidan, ikkinchi tomondan, kulgi shinavandaligi va xayot ne’matlaridan lazzatlana olish kayfiyatidan guvoxlik berib turardi. Ko‘llari kichikrok, barmoklari kalta va baquvvat bo‘lib, bu hol egasining saxovatli va mahoratli ekanidan dalolat berib turar edi. Xarakatlari oxunikidek nozik va yokimli, ovozi esa mayin va serohang edi .
1611 yilning 26 iyunida Arjumandbonuni Jahongirshoxning ikkinchi o‘gli shaxzoda Xurramga katta tantanalar bilan kuyovga uzatdilar.
Hindistonda keng tarkalgan odatga ko‘ra, Fotexpur Sekri (Foliblar shahri)da istiqomat qiluvchi mashhur munajjim muysafid cholga Arjumandbonuning kelajagini bashorat kilib berishlarini so‘rab murojaat etishganda, bu avliyo chol: «Sen juda mashxur bo‘lasan, birok boshka nom bilan ma- degan edi. Sattinisoning fikricha, o‘shanda bu avliyo yana nimalardir demokchi bulgan-u, ammo qandaydir andishalarga borib fikrini ochiq aytmagan edi.Haqiqatan ham, Arjumandbonu turmushga chiqqandan keyin kup utmay uzining betakror guzalligi, axloku odobi, ayollik iffati, xayosi va nazokati bilan, shuningdek, eriga bo‘lgan sof sevgisi va sadokati, farzandlariga mexru muhabbati, atrofdagilarga samimiy munosabati va mexrshafkati tufayli saroy a’yonlari, xaram ahli va ayniksa, kaynotasi Jahongirshoh nazarida katta obru kozongan edi. Arjumandbonu tabiatan juda kamtar va xudojuy aël bulib, musulmonchilikning barcha udum, e’tikodlarini sadokat va ixlos bilan ado etar, bu borada eriga ham katta ta’sir kursatar edi. (Chunki shaxzoda Xurramning onasi mahalliy hind rojasining qizi bo‘lib, Budda diniga sig‘inar edi.)
Saroydagi hayotining dastlabki davrida maxsus ajratilgan tarbiyachilar va xizmatkorlari bo‘lishiga qaramay, farzandlari tarbiyasi bilan shaxsan o‘zi shug‘ullanar, to‘ng‘ich chaqaloq qizi Chamaniyni o‘zi cho‘miltirar, ikkinchi qizi Jahonoro ikkalasiga kechalari erinmay ertaklar va topishmoqlar aytib berishga juda mohir edi.
Shoh Jahonning bizga ma’lum bo‘lgan barcha farzandlari Arjumandbonudan tug‘ilgan. U uncha uzoq bo‘lmagan umrining oxirigacha jami o‘n to‘rtta farzand ko‘rgan, biroq ularning yettitasi go‘dakligidayoq turli kasalliklarga chalinib olamdan o‘tgan. Eng katta qizi Chamaniy vafot etganda, u juda qattiq iztirob chekkan va bir necha kungacha tuz totmay aza tutgan edi. Bo‘sh paytlarida jajji nabirasini suyub erkalatish podshoh bobosi Jahongirning ham sevimli matsіg‘ulotlaridan bo‘lib qolgan edi. Nabirasi Chamaniyning vafoti haqida u o‘z xotiranomasida «Uning jon qushi nozik qafasdan uchib chiqib jannat bog‘lariga borib qo‘ndi», deb yozgan edi. Kelini Arjumandbonuni har ko‘rganda uning qayg‘usidan yuragi ezilib, ko‘ngli buzilavergach, u hovli o‘rtasidan devor oldirib qo‘ygan edi.
Arjumandbonu shahzoda Xurramning barcha harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilar, uning quvonchli va tashvishli kunlarida unga sherik bo‘lar, zarur o‘rinlarda oqilona maslahatlari bilan erining muvaffaqiyatlariga sababchi bo‘lar edi. Eri jangga otlangan kezlarda uning sovuti ichidan kiyiladigan kiyimlariga Qur’oni karimdan olingan oyatlarni yozib tumor qilib berar, eri qaytguncha kechalari mijja qoqmay unga Allohdan panoh tilab tilovat qilib chiqar edi.Ana shunday kutishlardan toqati toq bo‘lib o‘tirgan kunlardan birida Arjumandbonuning bir oz ko‘nglini yozish niyatida qaynotasi Jahongirshoh O‘limga mahkum etilgan bir mahbus bilan fil o‘rtasida bo‘ladigan jangni tomosha qilishga taklif qilib qoladi. Arjumandbonu o‘sha kezlarda homilador bo‘lib, yaqinda ko‘z yorishi kutilayotgan edi. O‘shanda tabiatan o‘ta irimchi bo‘lgan malika bunday holatda fildek badbashara maxluqqa uzoq tikilib turish unga mumkin emasligini, aks holda tug‘ilajak chaqalog‘i hindlar xudosi Ganeshga o‘xshab filbashara bo‘lib tug‘ilishidan cho‘chishini aytib, bu mudhish tomoshaga bora olmasligini bildirgan va qaynotasidan uzr so‘ragan edi. Aytishlaricha, o‘sha dahshatli jang shartlariga binoan, fil bilan bo‘lgan jangda o‘limga mahkum etilgan mahbus fildan g‘olib chiqib, o‘z jonini asrab qolgan edi.
Tabiatan jasur va g‘ayrat-shijoatli ayol bo‘lishiga qaramay, Arjumandbonu hayvonot olamiga nisbatan juda mehrshafqatli va rahmdil ayol bo‘lgan. Xizmatkori Sattiniso bilan bo‘lgan suhbatlarning birida ushunday degan edi: «Men bir paytlar shikorda ona kiyikni mo‘ljalga olib, otib yiqitgan edim. Uning oldiga yetib borgach, jon talvasasida yotgan yuziga tikilib turib ichki kechinmalarini uqqanday bo‘ldim: u uyasida qoldirib kelgan yosh bolalarining tashvishida ko‘zyoshi to‘kayotgan edi. Shu-shu bo‘ldiyu, o‘zimni yirtqich hayvondan himoya qilish zarurati bo‘lmasa, tirik maxluqotni o‘ldirgim kelmaydi».
Unga otasi bir turk savdogaridan sotib olib sovg‘a qilgan Vanna ismli mushugi va Baxti ismli fili bor edi. Malika barcha yurish va safarlarida ularni ham o‘zi bilan birga olib yurar edi. Uning eriga bo‘lgan sadoqati cheksiz edi. Harbiy yurishlardan biriga jo‘nashdan oldin shahzoda Xurram Arjumandbonudan bu safargi jang xavfli ekanini aytib, uning xavfsizroq qasrlardan birida qolishini so‘raganda, «Men sizning qayerda va qay ahvolda ekaningizni bilolmasam, menga shohona hayotning nima keragi bor? Bundan mening halovat topishimga ishonasizmi? Tangrim asrasinu, bordiyu zindonga tushsangiz, men ham siz bilan birga bo‘laman. Mening taqdirim yaxshimi, yomonmi faqat siz bilan. Sizdan ajralmayman», deb javob bergan edi. U kanizaki Sattinisoga ham ko‘pincha «Xurramsiz hayot men uchun hayot emas», deb takrorlar edi.
1614 yilda Ajmor va Rajactonga, 1617—1618 yillarda Dekkon o‘lkasiga, 1620 yilda Kashmir vohasiga qilingan safarda u eriga hamrohlik va hamdardlik qilgan. Quvg‘inlikning og‘ir kunlarida changalzor o‘rmonlarda va g‘orlarda qo‘pol etik kiyib yurishga rozi bo‘lgan, daryolardan kechib o‘tishda hayotini ko‘p marta tahlika ostida qoldirgan va o‘zining qat’iy irodali ayol ekanini namoyish qilgan.
Ana shunday og‘ir kunlarning birida Orissa viloyatidagi daryoni kechib o‘tishda kuchli to‘fon ko‘tarilib, soldan o‘tayotgan filning oyog‘i toyilib ketishi natijasida fil ustidan uchib, shiddat bilan oqayotgan daryoga qulab tushgan va suvga g‘arq bo‘lishiga bir bahya qolgan edi. Sattinisoning abjirlik bilan qilgan harakati tufayligina zo‘rg‘a omon qolgan. Ushanda bir oyog‘ining son suyagi qattiq lat yeb, anchagacha o‘ziga kelolmay yurgan edi.
1623-1627 yillarda Jahongir va Shoh Jahon o‘rtasiga Nur Jahonning nayranglari tufayli sovuqchilik tushib qolganda, Arjumandbonuning oqilona maslahatlari bilan ota-bola o‘rtasidagi munosabat yumshagan, isyonkor o‘g‘ilning otasidan uzr so‘rashiga erishilgan edi. 1628 yilda Shoh Jahon taxtni egallagach, bir necha yillab o‘zining sargardonlik yillarida erining quvonch va tashvishlariga sherik bo‘lib, unga hamdardlik qilgani va sadoqati uchun minnatdorchilik belgisi sifatida Shoh Jahon Arjumandbonuga «Mumtoz Mahal» (Saroyda tengi yo‘q) degan unvon berdi va keyingi hayotida u ana shu nom bilan atala boshladi. Ushanda Sattiniso Fotehpur Sekridagi bashoratchi avliyo cholning «Sen boshqa nom bilan mashhur bo‘lasan», degan so‘zini eslatganda, Arjumandbonu kulib, «Xo‘p, o‘sha avliyo bashoratining bir qismi ro‘yobga chiqdi, endi mashhur bo‘lishim uchun nima qilishim kerak?», degan edi…
Uo‘ta xudojo‘y musulmon bo‘lganidan boshqa dinlarga nisbatan sovuqroq muomalada bo‘lar, hindlarning musulmonchilikni qabul qilishlarini olqishlar, iyezuitlar butxonalarining ta’mirlanishi va yangitdan qurilishiga unchalik ra’y bermas, bu dinlarning yakka tartibda uylarda e’tiqod qilinishini talab qilar edi. Uning sa’y-harakati bilan Makkai mukarramadagi aziz-avliyolarga ham ko‘plab xayr-ehson yuborib turilar edi. Saroydagi shoirlar, san’atkorlar va tarjimonlar ham uning gamxurligidan baxramand bo‘lar edilar. Podshox davlat ahamiyatiga molik ishlarni faqat unga ishonar va harbiy yurishlarga ketganda davlat ishlarining borishini Mumtoz Mahal o‘zi nazorat kilardi. Malikaning sa’y-xarakatlari bilan saroyda giybat va igvogarliklarga chek qo‘yilgan. Har bir xodimning anik vazifasi bo‘lib, ularning ijrosi Mumtoz Maxal nazoratida turar edi.Shox Jahon yetib kelgach, ular anchagina xonada yolgiz koldilar. Nihoyat, Sattiniso xona eshigini asta ochib ichkariga muralaganda Mumtozning oppok jonsiz qo‘llarini tutgancha shox Jahon yerda bexush yotardi. Mumtoz Mahal bu yorug olamdan kuz yumgan edi.«Ey parvardigor, inson chidab bo‘lmaydigan bu musibatga bardosh berish uchun menga o‘zing madad bergin». Ancha vaqt o‘tgach O‘ziga kelgan podshoxning birinchi bor aytgan so‘zlari ana shu bo‘ldi. Keyinchalik aynan ana shu so‘zlar malikaning qabr toshiga ham o‘yib yozdirildi.Mumtoz Maxalning jasadi Agraga keltirilib, so‘lim bir bog ichiga dafn etildi. Suyukli malikasining vafotidan iztirobga tushgan Shoh Jahon sakkiz kungacha bir xujraga kamalib olib tuz totmadi. Uning bu ahvolini kurib barcha iztirobga tushar, lekin uning oldiga kirishga xech kim botina olmas edi. Uning soch-soqoli xamdan oppoq oqarib ketgan edi. Shundan so‘ng qizi Jahonoro huzuriga kirib, uni ovqat yeyishga, suv ichishga ko‘ndirdi.Oqila bu qiz otasini bu ahvoldan qutqarish va ko‘nglini ko‘tarish uchun uning boshqa xotinlari va kanizaklari podshohning atrofida parvona bo‘lib, ko‘nglini olishga, shu yo‘l bilan uni yana avvalgi hayot tarziga qaytarishga undar edi. Biroq, o‘sha davr tarixchilarining guvohlik berishicha, Shoh Jahonning boshqa xotinlariga bo‘lgan munosabati uning Mumtoz Mahalga bo‘lgan muhabbatining mingdan bir qismicha ham emasdi. Bir necha kunlik sa’y-harakatlardan keyingina podshoh bir oz o‘ziga kelib, vazirlarni va saroy a’yonlarini qabul qila boshladi.Maxsus farmon chiqarilib, saroyda ikki yilgacha motam e’lon qilindi. Ko‘ngil ochar marosimlari, musiqa va ashula aytish, mushk-anbarlar sepish, serhasham liboslar kiyish, qimmatbaho taqinchoqlar taqib yasanish taqiqlandi. Shoh Jahonning keyingi yigirma yillik umri sevimli malikasi Mumtoz Mahalning sof muhabbati va sadoqati ramzi sifatida uning xotirasiga bag‘ishlab qurilajak noyob mo‘’jiza — Toj Mahal maqbarasini bunyod etishga baxsh etildi. Dunyoning barcha burchaklaridan manaman degan mashhur ustalar, hunarmandlar va me’morlar keltirildi. Ushbu buyuk obidani barpo etishda yigirma mingdan ortiq odam mehnat qildi va eng noyob qurilish mollari ishlatildi.
Bu obida go‘zalgina emas, balki muqaddas hamdir. Unda vafodor yorning sof sevgisi va sadoqati kuylanadi. Sattinisoning ta’biri bilan aytganda, bu muhtasham yodgorlikka tikilib turib Arjumandbonuning kuyovga chiqish oldidan uning kelajak taqdirini bashorat qilib bergan Fotehpur Sekridagi avliyo cholning, «Sen boshqa ism bilan mashhur bo‘lasan», degan so‘zlari ijobat bo‘lganday tuyuladi kishiga. O‘shanda, ehtimol, avliyo chol qandaydir andisha bilan: «Biroq sen mashhur bo‘lish uchun bu dunyo bilan vidolashuving kerak bo‘ladi. Sening shon-shuhratingga ering ham sherik bo‘ladi. Sizlarning sevgingiz va o‘limingiz dunyoga buyuk bir yodgorlik obidasi hadya etadi. Bunga nima deysan? Shunga tayyormisan? demoqchi bo‘lgandir. Agar o‘shanda avliyo Arjumanddan bu savolni so‘raganda, u hech ikkilanmay, «Men bu shartni qabul qilishga tayyorman», deb javob bergan bo‘lar edi.
Biografiya
Mumtoz Mahal Begim