Emizish paytida ko’krakning ikki hil bo’lib qolishi. to’liq malumot oling
🤱🏻Emizish paytida ko’krakning ikki hil bo’lib qolishi.
Emizish davrida ayol ko’kragi razmeri kattalashishi tabiiy holat.
Bolaning ehtiyojlarini qondirish uchun ko’kraklar muntazam ravishda sut bilan to’lib turadi.
Ba’zida bu davrda ko’kraklar ikki hil ko’rinishga kelib qoladi.
💁🏻♀️Bunga sabab:
✔️ Bola faqat bir ko’krakni emizishga odatlanib qolgan;
✔️Onaning o’ziga qulay bo’lgani uchun yoki boshqa ko’kragida og’riq borligi uchun faqat bir ko’krak bilan emizadi;
✔️ Emizishda bolaga ikkala ko’krak bir maromda berilmaydi.
✔️ Bir ko’krak uchi kichikligi yoki noqulayligi tufayli bola bu ko’krakdan bosh tortadi.
✔️ Bir ko’krak uchi yorilgan bo’lib, bolaga berilmaydi
Uzoq davr mobaynida yuqoridagi holatlar davom etaversa, ko’kraklarning razmeri har xil bo’lib ketadi.Eng muhimi buni emizish davom etayotgan payti to’g’rilab olish kerak
Aks holda, bola emishdan chiqgach, ko’krakdan sut qaytganda ko’kraklar razmeri turlicha bo’lib qolib ketadi
Ayollar uchun
Emizish paytida ko’krakning ikki hil bo’lib qolishi.