2oylik chaqaloq to’liq malumot oling
2oylik chaqaloq
Ikki oylik chaqaloq 1 oylikdan ko’ra ancha katta desak adashmaymiz. Oradan bir oy o’tgan bo’lsada, uning rivojlanish darajasi keskin ortib boradi. Bu davrdan boshlab iloji boricha bola bilan ko’proq gaplashing, unga tabassumingizni ayamang. Bolangiz uchun yoqimli qo’shiqlarni ayting, ota yoki ona ovozi bilan aytilgan mayin qo’shiq bola uchun butun umrga esdalik bo’lib qoladi. Bolaning ko’rish qobiliyati ham keskin kuchayib boradi.
Shuning uchun bola ko’zidan 50-70 sm uzoqlikda rangli o’yinchoqlarni ilib qo’ying, ularni vaqti vaqti bilan qimirlatib qo’ying, bolaga bu ham yoqimli, ham foydali bo’ladi.
✅Demak 2 oylik chaqaloq:
1. Ota-ona ko’zlariga qaray boshlaydi;
2. Qo’l-oyoqlari biroz bo’shashib, tanaga yopishib turmaydi;
3. Boshini 45′ ga ko’taradi;
4. Bolani o’tqazib ushlab tursa boshi likillab turadi;
5. Qo’l barmoqlari biroz ochiladi;
6. Qo’llari bilan hilpillatib yotadi;
7. O’yinchoqni bir oz ushlab tura oladi;
8. Gugulaydi, qichqiradi;
9. Tabassum qiladi;
10. Emotsiya: xursandchilik yoki xafagarchilikni namoyon qiladi;
11. Ota-ona kayfiyatini taqlid qiladi, agar ota-ona xafa bo’lsa, u ham xafa bo’ladi;
12. Katta barmog’ini so’radi;
13. Yuzingizni o’rganadi;
14. Yuzingiz mimikasini qaytarishga harakat qiladi;
15. Harakatdagi odamlarni kuzatadi;
16. Yotqizsangiz yig’laydi;
17. Ko’tarib yurishingizni xohlaydi;
18. Musiqali karusellarni kuzatishni xush ko’radi;
19. Qora-oq naqshlarni yaxshi ko’radi;
20. Klassik qo’shiqlarni yaxshi ko’radi;
21. Massajni xush ko’radi;
22. Kenguru tarzida (ota yoki ona ko’kragida) yotishni xohlaydi.
Boshqa mavzular
2oylik chaqaloq