Diatez davosi to’liq malumot oling

Diatez davosi to’liq malumot oling

Diatez davosi

🔴Diatezning nomedikomentoz davosiga

✅bola parvarishi,

✅ovqatlanish tartibini va ratsionini to‘g‘irlash,

✅fizioterapevtik muolajalar kiradi.

✅ diatezli chaqaloqlar ona suti bilan boqilishi kerak, kattaroq yoshdagi bolalar esa diyetaga rioya etishlari, ta’sirlovchi mahsulotlardan cheklanishlari kerak.

🔴Diatezda mahalliy qo‘llash uchun:

✅ romashka (moychechak), dub ildizi bilan vannalar qilish tavsiya etiladi.

✅Zararlangan teri sohasiga yallig‘lanishga qarshi nogormonal mazlar qo‘llaniladi.

✅Umumiy ultrabinafsha nurlari bilan davolash ham yaxshi natija beradi. ✅Allergolog mutaxassis nazorati ostida giposensibilizatsiya muolajalari o‘tkaziladi.

❗️Diatez bilan og’rigan

bolalar ovqatlanish ratsionidan puringa boy bo‘lgan mahsulotlarni qat’iyan cheklash zarur.

👉🏻Bunday mahsulotalarga kakao, shokolad, no‘xat, jigar va yog‘li mahsulotlar kiradi.

🔴Kompleks davo sifatida:

✔️ o‘t haydovchi preparatlar va sedativ vositalar,

✔️B guruh vitaminlari hamda gimnastik mashqlar buyuriladi.

✔️Ayollar homiladorlik vaqtida jinsiy a’zolar kasalliklari va toksikozlardan himoyalanishlari,

✔️gipoallergik ovqatlanish tartibini tanlashlari kerak.

✔️Emizikli bolalar faqatgina sut bilan oziqlanishlari,

✔️katta yoshdagi bolalar esa allergik mahsulotlardan cheklanishlari zarur.

✔️Bolalarni emlashda ham diatezli bolakaylar alohida grafik asosida olib boriladi.

🔴Diatezda to‘g‘ri qo‘yilgan diagnoz va to‘g‘ri tanlangan davo choralari olib borilsa, oqibati ijobiy bo‘ladi. Ko‘p hollarda diatez pubertat davrda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.

Kasalliklar
Diatez davosi