YOSH OILALARGA IMTIYOZ to’liq malumot oling

YOSH OILALARGA IMTIYOZ to’liq malumot oling

YOSH OILALARGA IMTIYOZ

✅ 30 yoshdan oshmagan va yangi turmush qurgan (Turmush qurganiga 3 yildan oshmaganlarga xam) yoshlarga 33 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi.

📃 Hukumat 12.10.2021 yil kungi 637-son qarori bilan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan va ushbu nizomga asosan mazkur kreditni ajratish tartibi va shartlar belgilangan.

❗️Bu kredit xammaga beriladimi ?

✅ Yo‘q, kreditlar yoshlarning alohida toifalariga garovsiz asosda ajratiladi.

❗️Buning uchun ish xaqisi bor shaxs bo‘lishi kerakmi ?

✅ Yo‘q bunda sizga “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” jamg‘armalari kafillik beradi

❗️Aynan kimlar u aloxida toifa deganingiz ?

✅ ular 👇

1) 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan;

2) yangi (ikkala tomon xam birinchi marta) turmush qurgan;

3) ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka krediti olmagan shaxslar

❗️Bankka xujjat topshirib qo‘yib bir yil kutmaymizmi ishqilib ?

✅ Yo‘q tegishli hujjatlar to‘liq taqdim qilingandan so‘ng bank 3 ish kunida ariza beruvchiga kredit berish bermaslik masalasini xal etadi.

❗️Bu kredit qancha muddatga beriladi va imtiyozli davri bormi ?

✅ Bu kredit 6 oy imtiyozli davri bilan 20 yilgacha muddatga beriladi.

Boshqa mavzular
YOSH OILALARGA IMTIYOZ