LIDAZA haqida haqida to’liq ma’lumot oling

LIDAZA haqida haqida to’liq ma’lumot oling

DO`STLARGA ULASHING:

Lidaza

#Лидаза

💊DORI SHAKLI : 👇

Ineksiya uchun va mahalliy qo’llash uchun eritma tayyorlash uchun liofizilat.

💊TARKIBI : 👇

1 ampula gialuronidaza saqlaydi — 1280 XB .

💊TA’SIRIGA KO’RA 👇

Ferment preparat

💊QO’LLANILISHI 👇

— To’qimalar shishini kamaytiradi va chandiqlarni yumshatadi va kamaytiradi.

— To’qimalar faoliyatini yaxshilaydi.

— Bo’g’imlarda xarakatlar xajmini oshiradi.

— Kuyish , travmatik va opertsiyadan keyingi chandiqlarda .

— Uzoq vaqt bitmaydigan yaralarda.

— Nurlanish xolatlarida .

— Dyupyuitren kontrakturasida .

— Bo’g’imlarning kam xarakatliligida .

— Bo’g’imlarning jarohatlar va yallig’lanish jarayonlaridan keyingi holatlarida qo’llaniladi.

— Osteoartroz va ankilozlovchi spondiloartritda qo’llaniladi.

— Bel disklarining og’ir kasalliklarida.

— Surunkali tendovaginitda va sklerodermiyada (teri kuyishida).

— Yumshoq to’qimalarning yuza joylashgan gematmasida ,ya’ni qon quyilishida.

— Chandiqli tortishishlar yuzasidan teri plastik operatsiyasiga tayyorlash uchun.

— O’pka tuberkulyozida ( silida ) qo’llash mumkin.

— Yuqori nafas yo’llarida va bronxlarda obstruksiya ko’rinishlari bilan kechuvchi yallig’lanish holatlarida.

— Nerv chigallari va periferik nervlarning travmatik shikastlanishida ( pleksit va nevrit kabi kasalliklarda ).

— Gifema , gemoftalmda va turli retinopatiyalarda qo’llash mumkin.

💊QO’LLASH USULI 👇

Qo’llanilishiga kelsak teri ostiga va mushak orasiga yuborish mumkin.

Mushak orasiga 2 ml novokainga eritib yuborish mumkin. Teri ostiga esa 0,9 % 1 ml natriy xlor eritmasida eritib yuborish mumkin.

Vena ichiga yuborib bo’lmaydi.

🔴NOJO’YA TA’SIRI 👇

— Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

— Uzoq qo’llanganda mahalliy teri reaksiyasi dermatit kuzatilishi mumkin.

QO’LLASH MUMKINMAS 👇

— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.

— O’tkir infeksion yallig’lanish kasalliklarida mumkin emas.

— Yaqinda yuz bergan qon quyilishlarda mumkin emas.

— Xomiladorlik va emizish davrida mumkin emas.

— 18 yoshdan kichik bolalarda mumkin emas.

🔰ADMIN MASLAHATI 👇

▶Infeksion yallig’lanish soxasiga va o’smalarga yuborish mumkin emas.

▶O’tkir qon ketishlarda lidazani qo’llash mumkin emas.

Lidaza juda yaxshi preparat hisoblanadi. Shaxsan o’zim bu preparatni juda yaxshiligini tan olaman.

💉Qo’llash — Retsept bilan

💉Ishlab chiqaruvchi— Rossiya

@FARMAKOLOGIYA_TTA

@KANAL_MUNDARIJASI

,,ТАБЛЕТКА » kanali

Malumotlar
LIDAZA haqida