BENYAMINOV Sason Gavrilovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BENYAMINOV Sason Gavrilovich haqida malumot bilib oling.

BENYAMINOV Sason Gavrilovich (1929.23.4, Buxoro) — opera xonandasi (lirik bariton), Oʻzbekiston xalq artisti (1973). Toshkent konservatoriyasshsh tugatgach (1954), Navoiy nomidagi opera va balet teatri yakkaxoni (1962—85). 1960 — 79 y. lar Toshkent konservatoriyasida, 1979-y. dan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida pedagog va xonandalik (anʼanaviy ijrochilik) kafedrasi mudiri (198086). Oʻzbek, Gʻarbiy Yevropa, rus kompozitorlari operalarida 40 dan ortiqpartiya ijro etgan: Boʻron (M. Ashrafiy, S. Vasilenko, «Boʻron»), Hamza (S. Boboyev, «Hamza»), Shoh Bahrom, Nuʼmon (M. Ashrafiy, «Dilorom»), Hoji dargʻa (S. Yudakov, «Maysaraning ishi»), Robert, Onegin (P. Chaykovskiy, «Iolanta», «Yevgeniy Onegin»), Figaro (J. Rossini, «Sevilya sartaroshi») va b. Repertuaridan oʻzbek kompozitorlarining asarlari oʻrin olgan. Ijrochilik uslubida milliy va Gʻarb opera xonandalik anʼanalari uzviy ifodasini topgan. 1995-y. dan Isroidda yashaydi.

Ensiklopediya.uz
BENYAMINOV Sason Gavrilovich