BULOQLAR haqida malumot bilib oling.
BULOQLAR, chashmalar — yer osti suvlarining tabiiy holatda yer yuzasiga chiqishi (quruqlikda yoki suv ostida). Buloqlar suvli qatlamlarni daryo vodiylari, jarliklar, koʻl choʻkmalari kesib oʻtishidan, tektonik yoriklar, otqindi va choʻkindi jinslar kontakt zonalari mavjudligidan, suvli jinslar filtratsiya xossasining bir xil emasligidan paydo boʻladi. Buloqlar 2 ga boʻlinadi:
1) qaynar Buloqlar — yer ostidan gidrostatik bosim, gaz va bugʻlar taʼsirida yer yuzasiga chiqadi. Fargʻona vodiysida (Shoʻrsuv, Jalolobod), Tojikistonda (Obigarm, Issiqbuloq) koʻp. Qaynar Buloqlar paydo boʻlish sharoitiga qarab erozion va gaz bosimliga boʻlinadi. Bu B. artezian suvli qatlamlarning erozion kesilishi, tektonik yoriklardan otilib chiqishi hamda jarlik, soy va daryo vodiylarining suvli qatlamlarni kesib oʻtishi natijasida paydo boʻladi. Bunday Buloqlar Buxoro va Qoraqum neftgazli r-nlarida uchraydi;
2) sokin Buloqlar — sizot suvli katamlarning oldini suv oʻtkazmaydigan jinslar toʻsib qolishi yoki ochilib qolishi, karst buloklarining yer yuzasiga chiqishidan hosil boʻladi. Karst Buloqlarning kattalari koʻp suvli (voklyuz). Ayrim karst Buloqlardan sek. iga 200—250 l suv chiqadi. Bunday Buloqlar Fargʻona vodiysi jan. da, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida koʻp, ulardan aholi keng foydalanadi. Bulardan tashqari sek. iga 1000—1100 l suv beradigan yirik Buloqlar ham bor. Oʻzbekistonda bunday Buloqlar lardan Qorabuloq (Qashqadaryo), Nurota va Deytbaland (Samarqand viloyati) da mavjud. Buloqlardan chiqayotgan suvning oʻzgarishiga kura doimiy, davriy va oʻzgaruvchan, t-rasi boʻyicha sovuq (0°— 20°), issiq (20°—42°), qaynoq (40°— 100°), juda qaynoq (100° dan ortiq) Buloqlarlar boʻladi. Buloqlardan ekinlarni sugʻorishda, sanoatda, aholini suv bilan taʼminlash va davolanishda (Xoʻjaipok bulogʻi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida) foydalaniladi. Suvi ichiladigan va sugʻorishda foydalaniladigan B. Fargʻona, Zarafshon, Qashqadaryo, Nurota, Toshkent vohalarining togʻ oldi joylarida koʻp. Bu yerlarda ayrim Buloqlarning byoradigan suvi sek. iga 10—15 l ga yetadi. Shifobaxsh Buloqlar Tojikiston (Garmchashma, Xoʻjaobigarm), Qirgʻiziston (Jalolobod, Issiqota, Jetioʻgʻuz, Oqsuv), Oʻzbekiston (Shohimardon) va b. yerlarda bor. Toshkent sh. Chorsu maydonida ham 1960-y. lar oxirlarigacha «Chorsu» mehmonxonasi oʻrnida Ukkosha bulogʻi mashhur boʻlgan. Sanoat ahamiyatiga ega shoʻr (tarkibida yod, bor, brom va b. elementlar boʻlgan) Buloqlar togʻ oldi, togʻ orasidagi botiq, artezian xavzalar (Fargona, Buxoro, Qarshi, Qoraqum)da uchraydi. Oʻzbekistonda Buloqlardan toʻgʻri foydalanish maqsadida buloqli joylarning gidrogeologiya sharoitlari, Buloqlarlar paydo boʻlishi jarayoni, suv t-rasi, tarkibi va chiqadigan miqsori oʻrganiladi.
Ensiklopediya.uz
BULOQLAR