BUJUMBURA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUJUMBURA haqida malumot bilib oling.

BUJUMBURABurundi poytaxti. Tanganika koʻlining shim. sohilidagi port. Aholisi 236 ming kishi (1990). Mamlakatning eng yirik shaxri, savdotransport va iqtisodiy markazi. Sement, pivo, paxta tozalash z-dlari, bir qancha toʻqimachilik fkalari, GES bor. Baliq ovlash va uni qayta ishlash sanoati rivojlangan. Hunarmandchilikda sopol buyumlari ishlab chiqariladi. Mamlakatning deyarli hamma tashki savdosi Bujumbura orqali olib boriladi. Chetga kofe, paxta, teri xom ashyosi, metall konsentratlari va b. chikariladi. Muhim transport yoʻllari tuguni. Shahar chekkasida xalqaro aeroport bor. Bujumburada maxsus oʻquv yurtlari, unt (1960-y. dan) mavjud. Shaharga 1897-y. da asos solingan. 1922-y. dan Belgiyaning mandati ostidagi, 1946—62 y. larda esa Belgiyaning vasiyligidagi hududning maʼmuriy markazi boʻlgan. 1962-y. dan mustaqil Burundi davlatining poytaxti.

Ensiklopediya.uz
BUJUMBURA