BRYUKVA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRYUKVA haqida malumot bilib oling.

BRYUKVA (Brassica napus rapifera) — krestguldoshlar oilasiga mansub ildizmevali ikkd . yillik oʻt oʻsimlik, xashaki ekin (qisman oziq-ovqatga ham ishlatiladi). Yevropa, Shim. Amerika, Avstraliya, Rossiyaning noqoratuproq zonasida yetishtiriladi. Ekilganidan keyin birinchi yili yirik ildizmeva va yirik ( uz. 60 sm dan ortiq) savatcha barglar hosil qiladi, keyingi yili gulpoyalar chiqaradi. Mevasi — urugʻli qoʻzoq, urugʻi mayda. Naviga qarab ildizmevasi uzunchoqyumaloq, yumaloqkonussimon, silindrsimon. Pusti va eti sariq yoki sargʻimtiroq. Ildizmevasi tarkibida 5—10% qand, 0,6—2% oqsil, karotin, askorbin kislota, mineral moddalar, gorchitsa (xantal) moyi bor. 100 kg ildizmevasida 13 ozuqa birligi, 100 kg bargida 12,5 ozuqa birligi bor. Ildizmevasi xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda, shuningdek oziq-ovqatga ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
BRYUKVA