BRASHOV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRASHOV haqida malumot bilib oling.

BRASHOV — Ruminiyaning markaziy qismidagi shahar, Brashov judetsining maʼmuriy markazi. Aholisi 324 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). T. y. tuguni. Mamlakatning muhim sanoat markazi. Mashinasozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yogochsozlik, koʻn poyabzal, kimyo, qurilish materiallari, poligrafiya sanoati korxonalari; intlar, muzey va teatrlar bor. 15—16a. larda Transilvaniyaning bosh shahri boʻlgan. Shahar devori (13—17-a. lar), ratusha (13—17-a. lar), gotika cherkovlari (1385—1477) saqlangan.

Ensiklopediya.uz
BRASHOV