BOYIRQU haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOYIRQU haqida malumot bilib oling.

BOYIRQU — qad. turkiy qabila. Bargʻudjin (Barguzin) daryosi havzasi (chegarasi — shim. gʻarbda Baykal koʻli, gʻarbda Sayan togʻlari)da yashab, chorvachilik, ovchilik va temirchilik b-n shugʻullangan. 5-a. da Tedi (Tele) qabilalari birlashmasiga, keyinchalik turk va uygʻur xoqonliklari tarkibiga kirgan. 8-a. boshida Gʻarbiy Turk xoqonligining soʻnggi hukmdorlariga qarshi ketmaket yurishlar qilgan. 9 — 10-a. larda bir qismi Sharqiy Turkistonga kelib joylashib, u yerda yangi tashkil topgan uygʻur xonliklarining oʻzaro urushlarida ishtirok etgan. Boyirqu xususidagi soʻnggi maʼlumotlar 14-a. ga doir yozma manbalarda uchraydi.

Ensiklopediya.uz
BOYIRQU