BLEFARIT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BLEFARIT haqida malumot bilib oling.

BLEFARIT (yun. blepharon — qovoq) — kipriklar asosining yalligʻlanishi. Koʻzning taʼsirlanishi, surunkali konyunktivit, moddalar almashinuvining buzilishi, meʼdaichak kasalliklari, sil, kamqonlik; koʻzning optik nuqsonlari, yaqindan koʻrish, astigmatizm, uzoqsan koʻrish, shuningdek noqulay tashqi sharoit omillari: chang, shamol, tutun va b. sabab boʻlishi mumkin. Blefaritning oddiy, poʻstloqchali, yarali, burchakli, Meybomiyev va «kosmetik»xillari farkdanadi. Oddiy Blefaritda qovoq chetlari qizaradi, qichishadi, shishadi, kiprik tagida oqishsargʻimtir qazgʻoqqa oʻxshash tangachalar hosil boʻladi, koʻz tez toliqadi. Poʻstloqchali Blefaritda ushbu belgilar kuchayib, kipriklar ostidagi terida oqishkulrang qazgʻoqqa oʻxshash tangachalar hosil boʻladi. Yarali Blefaritda qovoq chetlari shishib, qalinlashadi, qizaradi, qotib qolgan yiring bilan kipriklar bir-biriga yopishib qoladi, ular koʻchirilganda qonaydi, tagida yiringli, qon aralash yarachalar koʻrinadi, kipriklar toʻkilib ketadi, koʻz qovogʻi agʻdarilishi mumkin. Burchakli Blefaritda koʻz tirqishining tashqi burchagidagi teri va shilliq parda qizaradi, koʻz yoshlanadi, koʻpiksimon ajralma chiqadi. Meybomiyev B. Meybomiyev bezlarining koʻp sekret chiqarishidan paydo boʻlib, bunda qovoq chetlari xuddi moylangandek yaltirab turadi. «Kos metik» B. koʻproqayollargaxos boʻlib, turli krem, boʻyoq qalamlardan foydalanishi tufayli roʻy beradi. Blefaritning oldini olish uchun noqulay gigiyenik sharoitlarni bartaraf etish, bekamu koʻst ovqatlanish, koʻzdagi optik nuqsonlarni toʻgʻrilash zarur. Blefaritga chalinganda darhol vrachga murojaat etish kerak. Davosi: B. ga sabab boʻlgan omillarni yoʻqotish zarur. Antibiotiklar, sulfanilamidlar, desensibilizatsiyalovchi dorilar, glyukokortikosteroidlar ishlatiladi; qovoqlar massaj qilinadi.

Ensiklopediya.uz
BLEFARIT