BESHARCHASOY haqida malumot bilib oling.
BESHARCHASOY — Jizzax viloyati Zomin tumanidagi soy. Molguzar togʻlarining shim. sharqiy yon bagʻridan (Ingichka dovonidan 1 km sharqda) boshlanadi. Uz. 10 km boʻlib, ikkita irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Besharchasoy qor, yomgʻir hamda buloq suvlaridan toʻyinadi. Bahor va yoz boshlarida sersuv, baʼzan sel keladi. Qolgan paytlarida esa B. Achchisoyga stmasdan qurib qoladi. Besharchasoydan chorva mollarini va qisman ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi.
Ensiklopediya.uz
BESHARCHASOY