BERILLIYLASH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BERILLIYLASH haqida malumot bilib oling.

BERILLIYLASH — metall yoki qotishmalarning sirtqi qatlamini 1100° gacha trada oksidlanishdan saqlash maqsadida Be bilan qoplash. Berilliylash uchun 98—99% Be (yoki ferroberilliy) va 2—1% NH4C1, yo boʻlmasa, 75% Be (yoki ferroberilliy), 23% A12O3 va 2% NH4C1 kukunlari aralashmasi ishlatiladi. Metall (yoki qotishma) ana shu aralashmada 950—1050° trada 4—10 soat qizdiriladi, berilliy metall (yoki qotishma)ning sirtqi qatlamiga singib, uning korroziyaga va issiqqa chidamlilngini keskin oshiradi, boshqa xossalari ham yaxshilanadi. Berilliylash baʼzan, faqat muhim issiqlikka chidamli qotishmalar uchun qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
BERILLIYLASH