BEKJONOV Rahim Bekjonovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BEKJONOV Rahim Bekjonovich haqida malumot bilib oling.

BEKJONOV Rahim Bekjonovich (1930.5.3, Chimkent – 2000.23.2, Toshkent) — fizik olim. Oʻzbekiston FA akad. (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), fizikamat, fanlari dri (1966), prof. (1968). Oʻrta Osiyo davlat untini tugatgan (1953). Oʻzbekiston FA Fizika-texnika in-tida ishlagan (1952 — 54), Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi in-tida lab. mudiri (1958-y. dan). Bekjonov neytronlar oqimining energiya taqsimoti va issiqlik neytronlarining moddalar bilan toʻqnashish koʻndalang kesimini, koʻp yad-rolar uchun konversion elektronlar va gamma nurlar spektrlari hamda yadroning qoʻzgʻatilgan holatda yashash vaqtini, magnit momentlarini, yadroning yuqori energetik sathtari kengligi va gamma-nurlar tabiatini aniqlagan; yadro holatlarining yashash vaqtlarini oʻlchashning yangi uslublarini kashf etgan. Bekjonov oliy oʻquv yurtlari va oʻrta maktablar uchun oʻquv qoʻllanmalari va darsliklar, fizikadan ruscha-oʻzbekcha lugatlar muallifi. Be-runiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

As: Razvitiye yadernoy spektroskopii v Oʻzbekistone, T., 1993; Oʻzbekiston yadro fizikasi tarixi, T., 1994; Atom yadrosi va zar-ralar fizikasi, T., 1995; Modda tuzilishi, T., 1997.

Ensiklopediya.uz
BEKJONOV Rahim Bekjonovich