BEZOARLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BEZOARLAR haqida malumot bilib oling.

BEZOARLAR (fors, soʻzma-soʻz badi zahr — ziddi zahar) , be zo a r toshlar — qoʻy, echki, otlar, baʼzan qoramol, choʻchqalarning oshqozon-ichak yoʻlida chigʻallanib toʻplanib qoladigan hayvonlarning juni (pilobezoarlar) yoki oʻsimliklar tolasi (fitobezoarlar). Moddalar almashinuvi, hazm organlari faoliyati buzilganda, mollar da-gʻal tolali yem-xashak bilan boqilganda paydo boʻladi. Bezoarlar dumaloq shaklda boʻlib, baʼzan kattaligi yosh bola kallasidek keladi, sirti shilliq parda b-n_qoplanadi, ogʻirligi baʼzan 2,5 kg gacha yetadi. Bezoarlar paydo boʻlganda hayvonlarda tana harorati koʻtariladi, halloslaydi. Jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi.

Ensiklopediya.uz
BEZOARLAR