BARENS haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BARENS haqida malumot bilib oling.

BARENS Billem (taxm. 1550, Amsterdam — 1597.20.6, Novaya Zemlya oroli) — golland dengizchi sayyohi va qutb oʻlkalari tadqiqotchisi. 1594 — 97 y. larda Atlantika okeanidan Tinch okeanga boradigan Shim.-sharqiy suv yoʻlini qidirib topish maqsadida Shim. Muz okeaniga yuborilgan uchta ekspeditsiyaga rahbarlik qildi. 1596 — 97 y. larda Barens ekspeditsiyasi Medvejiy va Shpisbergen o. larini takror kashf etdi. Barens oʻz kuzatishlariga asoslanib Novaya Zemlya o. larining xaritasini tuzdi, birinchi marta oʻsha yerda yil davomida meteorologik kuzatishlar olib bordi, kema kursi boʻylab dengiz chuqurliklarini oʻlchadi. Barens kemasi suzib oʻtgan dengiz, Shpisbergen arxipelagidagi bir orol va Gʻarbiy Shpisbergen o. dagi shaharcha va port (Barensburg) Barens nomi bilan atalgan. Novaya Zemlya o. da dafn qilingan.

Ensiklopediya.uz
BARENS