BURGANSOY RASMLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURGANSOY RASMLARI haqida malumot bilib oling.

BURGANSOY RASMLARINurota togʻ tizmasining jan. yon bagʻridagi Tasmachisoyning chap irmogʻi qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar. Navoiy viloyati Xatirchi tumanы hududida. 1980-y. larda arxeolog M. Xoʻjanazarov tomonidan topilgan, oʻrganilmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, Burgansoy rasmlarining eng kad. lari mil. av. 2-ming yillikka mansub, mil. av. 6—1a. larga oidlari ham uchraydi. Rasmlar qattiq buyumlar bilan uriboʻyib, asosan soya, shakl koʻrinishi va oddiy chiziqlar usulida ishlangan; ularda odamlar, buqa, ot, tuya, toʻngʻiz, qoplon, boʻri va b. hayvonlar tasvirlangan (ayniqsa, sherlar tasviri diqqatni oʻziga tortadi); ovchilik, chorvachilik, qad. ajdodlarning turmushi bilan bogʻliq ayrim lavhalar mohirona ifodalangan. Burgansoy rasmlari shu yerdagi xalqning qad. madaniyati, tarixini oʻrganishda qimmatli manba hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
BURGANSOY RASMLARI