BREMSBERG haqida malumot bilib oling.
BREMSBERG (nem. Bremse — tormoz va Berg — tepalik) — 1) yuqori gorizontdagi foydali qazilma mexanik qurilma yordamida pastki gorizontga tushiriladigan kiya yer osti yoʻlagi;
2) yukni vagonetkalarda qiya t. y. dan pastga tushiradigan qurilma. Vagonetkalar sim arqon (kanat) ning ikki uchiga mahkamlab qoʻyiladi. Sim arqon tormozli shkivga kiydiriladi. Yukli vagonetkalar oʻz ogʻirligi bilan pastga tushganda boʻshagan vagonetkalar yuqoriga koʻtariladi. Bremsbergdan oʻrmon xoʻjaligida, kon ishlarida, qurilish va b. ishlarida foydalaniladi.
Ensiklopediya.uz
BREMSBERG