BOSHLANGʻICH MATERIAL haqida malumot bilib oling.
BOSHLANGʻICH MATERIAL (seleksiyada) — yangi nav yaratishda foydalaniladigan yovvoyi va madaniy oʻsimlik shakllari. Boshlangʻich material sifatida tabiiy va duragay populyatsiyalardan, mutant va poliploid nusxalardan, oʻzidan changlantirilgan liniyalardan foydalanish mumkin. Tabiiy populyatsiyalar — oʻsimliklarning yovvoyi shakllari, madaniy oʻsimliklarning mahalliy navlari, ekinning jahon kolleksiyasidagi namunalari koʻpincha kasallik va zararkunandalarga, suv tanqisligiga chidamli boʻladi. Q. x. ekinlari seleksiyasida asosiy Boshlangʻich material duragay populyatsiyalardir. Ular bir tur miqyosida (tur ichida) yoki turlar oʻrtasida (turlararo) har xil navlar va nusxalarni chatishtirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Duragayda turli belgilarni jamlash madaniy oʻsimliklarning qimmatli xususiyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Hoz. zamon seleksiyasida koʻpchilik ekin navlari duragay populyatsiyalar asosida yaratilgan.
Oʻsimliklar (urugʻ)ga turli mutagen omillar (radiatsiya, kimyoviy moddalar, tra) taʼsir ettirib olinadigan oʻzgargan nusxalar — mutantlar seleksiyada Boshlangʻich materialning yangi manbai hisoblanadi (mas, gʻoʻzaning AN402 navi chigitga radioaktiv fosfor taʼsir ettirib olingan). Bir-biridan geografik uzok, otatona nusxalarini tanlash turli sharoitlarda oʻziga xos eko/iillarning shakllanishiga asoslangan. Ularning ahamiyati chatishtirish natijasida yaxshilash yoki hosil qilish mumkin boʻlgan qimmatli belgi va xususiyatlarning genetik farqlariga qarab belgilanadi. Kasalliklarga chidami turlicha boʻlgan otaona nusxalarini tanlashda kasallik qoʻzgʻatuvchisining irqiy tarkibi hisobga olinadi. Bunda irsiylanish tabiatini oʻrganish, Boshlangʻich materialning kasalliklarga chidamliligi muhim ahamiyatga ega (q. Seleksiya).
Ensiklopediya.uz
BOSHLANGʻICH MATERIAL