BOLGʻABALIQ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOLGʻABALIQ haqida malumot bilib oling.

BOLGʻABALIQ (Sphurna zygaena) akulasimonlar turkumiga mansub baliq. Tanasining uz. 3,5 m cha, ogʻirligi 150 kg gacha (baʼzilari hatto 400 kg gacha). Atlantika va Tinch okeanning tropik hamda subtropik mintaqalarida tarkalgan. Dengiz tubida yashaydi, kambala, skat va har xil umurtqasiz jonivorlar bilan oziklanadi. Urgʻochisi 40 tagacha tirik baliqchalar tugʻadi. Kam ovlanadi. Boshining ikki yonidagi oʻsimtasi bolgʻaga oʻxshaydi. Nomi ham shundan olingan. Yirik koʻzlari boshidagi oʻsimtalar ustida joylashganidan Bolgʻabaliq ancha uzoqni koʻradi.

Ensiklopediya.uz
BOLGʻABALIQ