25 may tabriklari to’liq malumot oling

25 may tabriklari to’liq malumot oling

AZIZ SINFDOSHLARIM

Eslab yoshlik choĝlarim,

Kõzdan oqar yoshlarim,

Omonmisiz? Bormisiz?

Aziz! Sinfdoshlarim!

Kõz oldimda kõzingiz,

Quloĝimda sõzingiz,

Kõrgim kelar õzingiz,

Aziz! Sinfdoshlarim!

Shõxligimiz bir osmon,

Õynar edik shodumon,

Esingizdami? hamon,

Aziz! Sinfdoshlarim!

Salom sinfdosh qizlar!

Xusni oy gõzal yuzlar,

Xali ham õshasizlar,

Aziz! Sinfdoshlarim!

Har kun yõlingiz kutib,

Sochlaringizdan tortib,

Yurardim gaplar otib,

Аziz! Sinfdoshlarim!

Kõngli quchoĝidan keng,

Biri yoqa, biri yeng,

Yaqinimsiz meni eng,

Aziz! Sinfdoshlarim!

G’animatmiz õylaylik,

Bir-birimiz yuqlaylik,

Oqibatli bõlaylik,

Aziz! Sinfdoshlarim!

Sherlar
25 may tabriklari